Masalalarning yechilishida quyidagi bosqichiardan iborat ekanligini ko’rish mumkin


Download 13.05 Kb.
Sana31.12.2022
Hajmi13.05 Kb.
#1073365
Bog'liq
Masalalarning yechilishida quyidagi bosqichiardan iborat


Masalalarning yechilishida quyidagi bosqichiardan iborat ekanligini ko’rish mumkin:
1. Har bir masalada avval masalaning qo’yilishi, ya’ni masalada berilgan boshlang’ich qiymatlar va masalaning maqsadi (topilishi kerak bo’lgan natijaviy miqdorlar) aniqlanadi.
2. Masalani yechish uchun zarur bo’lgan formulalar, boshqacha aytganda matematik munosabatlar hosil qilinadi.
3. Masala yechimidagi amallar (formulalar, munosabatlar)ni bajarish ketma-ketligi aniqlanadi.
4. Natija olish va tahlil etish.
Yuqoridagi kabi boshqa masalalarni ham kompyuter yordamida hal etish mumkin va u yuqoridagi 4 bosqichga qo’shimcha amallarni kompyuter tushunadigan tilga o’girish va kompyuter xotirasiga kiritish kabi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1-BOSQICH: Masalaning qo’yilishi Masalaga mos boshlang’ich qiymatlar va natijaviy miqdorlar aniqlanadi.
2-BOSQICH: Masalaning modelini tuzish
Masala ko’rilayotgan sohaning ilmiy yutuqlaridan kelib chiqib, formulalar orqali ifodalanadi.
3-BOSQICH: Algoritm tuzish
Masalaning modelidan foydalanib, hal etishning ko’rsatmalar ketma-ketligi tuziladi.
4-BOSQICH: Dastur tuzish
Algoritmdagi ko’rsatmalar ketma-ketligini kompyuter tushuna­digan tilga o’tkaziladi.
5-BOSQICH: Dasturni kompyuter xotirasiga kiritish
Tuzilgan dastur kompyuter xotirasiga kiritiladi
6- BOSQICH: Natija olish va uni tahlil etish
Dastur ishlatiladi va natijasi tahlil qilingach, xato va kamchiliklar bartaraf etiladi.
Download 13.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling