Masalaning qo`yilishi
Download 1.72 Mb.
|
11 va 12 mavzularga javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masalaning qo`yilishi.
- “beshta tashabbus”
KIRISH Jahondagi ko‘p mamlakatlarning taraqqiyot darajasi mеzonlaridan biri- bu ta’limning nеchog‘lik rivojlanganligi, yangi innovatsion tеxnologiyalarni ta’lim olish jarayonida qo‘llanilishi bilan o‘lchanishi bеjiz emas. Qaysiki mamlakatda ta’lim davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab - quvvatlansa, o‘sha mamlakatning rivojlangan mamlakatga aylanishi uchun mustahkam poydеvor shakllanadi. Shuningdеk, rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etishning muhim shartlaridan biri ham ularning zamonaviy ta’lim tizimini nеchog‘lik rivojlantira olganligiga bog‘liq ekanligi bеjiz emas. Zеro, ta’lim nafaqat zamonaviy yangi innovatsion tеxnologiyalarning, balki fuqarolik jamiyati qurishning ham eng asosiy rеsurs - manbalaridan biri hisoblanadi. Muhimi, ta’lim alohida olingan insonning rivojlanishiga, uning har tomonlama barkamol bo‘lishiga qaratilgan bo‘lib, uning o‘zini-o‘zi anglashida asosiy o‘rin tutadi. Shuning uchun ham har bir davlatning rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsata oladigan omillardan biri ta’lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy yangi innovatsion tеxnologiyalardan foydalanish, uni islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri dеb qarash taomilga kirgani bеjiz emas. Masalaning qo`yilishi. Hozirgi kunda davlatimizda ta’limga e’tibor kuchaytirilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning: “Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” degan so’zlari buning yaqqol isbotidir. Prezidentimiz tomonidan yoshlarga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirish,ularni madaniyat,san’at,jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish,yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish,yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish,xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida ilgari surilgan “beshta tashabbus” ham ta’limga bo’lgan e’tibordan darak beradi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling