Masalaning qo`yilishi va uning amaliy ahamiyati
Download 21.14 Kb.
|
masalani quyilishi
Masalaning qo`yilishi va uning amaliy ahamiyati Menga berilgan kurs ishida “Multisim 14.0 dasturidan foydalanib Demultipleksorlar sxematexnikasini tahlil qilish va uni hisoblash masalasi qo‘yilgan. Bunda biz Multisim 14.0 komponentalar imkoniyatidan foydalanamiz. Bunda biz demultipleksorlar sxemasini qurishda Multisim 14.0 dasturi xaqida quyidagi ishlari ko‘rib chiqamiz : Multisim dasturi imkoniyatlari Multisim kutubxonalar bilan ishlash. Multisim dasturida loyiha hosil qilish va unda biz yaratadigan sxema prototipini yaratish. Yaratilgan sxemani asosiy dasturda foydalanish va natijaga erishish. Yuqoridagi muamolarni loyihalashda quyidagi rejani tuzib olindi va har bir rejada quyidagilar bayon etiladi. Kirish – Analog va Raqamli sxematexnika fanlarining vujudga kelish tarixi, istiqbollari, fanlarga oid davlatimiz rahbarining qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, bugungi kundagi fanlarga oid yangiliklar hamda erishilayotgan yutuqlari haqida; Masalaning qo`yilishi va uning amaliy ahamiyati – Menga kurs ishi sifatida berilgan topshiriqlarni rejalashtirib, har bir reja bosqichida nimalarni yoritishim va amaliyotda foydalanish haqida; Asosiy qism. I BOB: Demultipleksorlar sxematexnikasi. Demultipleksorlar bo`yicha nazariy ma`lumotlar taxlili – bu bo’limda demultipleksorlar sxemasini yaratishda, demultipleksorlarni sxemalari foydalaniladigan nazariy va amaliy ma’lumotlar taxlili keltiriladi; Demultipleksor qo‘llash soxalari, asosiy turlari va ishlash prinsiplari – bunda yaratayotgan sxemani qurishda foydalanadigan dasturiy vositalar: demultipleksor sxemasini qo’llash sohalari, asosiy turlari, imkotiyatlari hamda ishlash prinsiplari; Demultipleksorning ME asosidagi sxemasi – bunda demultipleksorlar yordamida ME(Mantiqiy element) asosiqa qurilgan sxemalar. II-BOB. Demultipleksorlar sxematexnikasini tahlil qilish va uni hisoblash. Demultipleksor sxemasini qurishda foydalaniladigan Multisim 14.0 dasturi haqida umumiy ma’lumotlar. – Multisim dasturi xaqida malumotlar, menyulari bilan tanishish va qurilmalar bilan tanishish; Multisim 14.0 dasturida Demultipleksor loyixasini ishlab chiqish va uni hisoblash sxemasini loyihalash – bunda sxemani loyihalash, Multisim dasturidan kompanentlarni olish hamda sxemani qurish; Dasturdan foydalanish yo‘riq nomasi – Multisim 14.0 dasturida qurilgan demultipleksor sxemasini ishlatish yo‘riqnomasi; Xulosa – kurs ishini tayyorlash davomida o’rgangan, foydalanilgan dasturiy vositalar, usullar va ma’lumotlar haqidagi fikr mulohazalar; Foydalanilgan adabiyotlar – loyiha ishini yaratish davomida foydalangan ma’lumotlar aks etilgan adabiyotlar va internet saytlari ro’yhati; Ilova – loyiha ishini kompyuterda yaratilgan elektron nusxasini taqdim etaman. Yuqoridagi reja asosida kurs ishi ishlab chiqiladi va natija sifatida demultipleksor sxemasi dasturiy ta’minot yaratiladi. Download 21.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling