Masalaning qo’yilishi va uning dolzarbligini asoslash


Loyihaning maqsadi va vazifalari (samaradorligini oshirish, sifatini yaxshilash)


Download 1.99 Mb.
bet2/9
Sana13.04.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1355587
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
HISOBOT TAYYOR

Loyihaning maqsadi va vazifalari (samaradorligini oshirish, sifatini yaxshilash). Keltirib o’tilgan bitiruv malakaviy ishi mavzusi, yahni Ma’lumotlar bazasini SQL yordamida boshqarish bo’yicha trenajor dasturiy mahsulot yaratish mazkur mutaxassislik bo’yicha bitiruvchi talabalarni bilim va saviyalarini oshirishda mustaqil tahlim sifatida hamda dars mashg’ulotlarini bajarish jarayonida qo’llash orqali maqsadga erishish nazarda tutiladi.
Masalaning noformal tavsifi (mazkur ishning maqsadi). Bitiruv malakaviy ishida tajriba va amaliy dars mashg’ulotlarida axborot kommunikatsiya texnologiyalari qo’llash, yahni mulg’timediali o’qitish tizimini qo’llab dasturiy vositalar imkoniyatlarini trenajor asosida tashkil etish hamda o’quv jarayonida mavzuga qo’llash orqali yetarli samaraga erishish asosiy maqsad hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Ma’lumotlar bazasini SQL yordamida boshqarish bo’yicha trenajor dasturiy mahsulot yaratish mavzusi bo’yicha tayyorlangan bitiruv malakaviy ishi asosan quyidagi qismlardan tashkil topgan. Bular, kirish, asosiy qism, hayot faoliyati xavfsizligi, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar bo’limlaridan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida trenajyor dasturiy mahsulotlarni yaratish va uni loyihalash jarayonlarini o’rganib chiqish muammolarining kundalik zarurligi va dolzarbligi, Xukumat tomonidan axborotlashtirish jarayonlarini faollashtirish, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tez surhatda rivojlantirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi islohotlar haqida tahlil, didaktik vositalarning turlari va ularni manbalarini tahlil qilish, mavzuning dolzarbligi hamda bitiruv malakaviy ishining tuzilishi bo’yicha zaruriy Ma’lumotlar keltirib o’tiladi.
Asosiy qism esa, 4 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan bo’lib, 1-bobda bitiruv malakaviy ishini bajarish maqsadi, masalaning dolzarbligi, shuningdek, trenajor dasturiy mahsulotlar yaratish bo’yicha mavjud manbalar tahlili, trenajor dasturiy mahsulotlarning amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishdagi samaradorligi hamda maxsus yaratiladigan trenajorlarga qo’yiladigan asosiy talablar keltirib o’tiladi.
2-bobda amaliy mashg’ulotlar uchun trenajor dasturiy mahsulotlarni yaratish talablari va vositalarini shakllantirish amalga oshirilib, ularni imkoniyatlari va talablar keltirib o’tiladi. Xususan, Trenajor dasturiy mahsulotlar yaratish vositalari tahlili va ularni mavzuga moslarini ajratish, MacroMedia Flash dasturi yordamida trenajor dasturiy mahsulot tayyorlash imkoniyatlari, trenajor dasturiy mahsulot yaratish uchun kompyuterning texnik ta’minotiga talablar hamda SQL yordamida boshqarish amaliy mashg’ulot mavzusi bo’yicha manbalarni shakllantirish ketma ketligi ham ushbu bobda keltirib o’tiladi.
Bitiruv malakaviy ishining 3-bobida amaliy mashg’ulotlar uchun mulg’timediali trenajor dasturiy mahsulot ishlab chiqish amalga oshiriladi. Xususan, MacroMedia Flash dasturida trenajor dasturiy mahsulot yaratish texnologiyasini ishlab chiqish, trenajor dasturiy mahsulotdan foydalanish yo’riqnomasi, o’qitish jarayoniga texnologik yondashish (pedagogik texnologiya) ning o’ziga xos xususiyatlari hamda “SQL yordamida boshqarish” mashg’ulotini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o’qitishni tashkil amalga oshiriladi. SHuningdek, o’quv mashg’ulotlarida dasturiy mahsulotdan foydalanish va uning samaradorligini baholash ishlab chiqiladi.
Hayot faoliyati havfsizligi bo’limida esa, trenajor mahsulot ishlab chiqish vaqtida kompyuterda ishlash qoidalari hamda tajriba mashg’ulotlarini tashkil etishda kompyuter xonasi va unga qo’yiladigan talablar ishlab chiqiladi.
Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar bo’limlarida esa, bitiruv malakaviy ishini bajarish bo’yicha umumiy xulosalar, takliflar va ishni bajarish jarayonida foydalanilgan adabiyotlar hamda tavsiya etiladigan qo’shimcha adabiyotlar keltirib o’tiladi. Ushbu tadqiqiot ishining izoh bo’limida yaratilgan yaratilgan trenajyorning dastur matni hamda ekran ko’rinishlari keltirib o’tiladi. SHuningdek, shu mavzuga tegishli bo’lgan internet Ma’lumotlari ham keltirib o’tiladi.


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling