Mashg’lotning maqsadi: Gazlamalar bilan ishlashga o’rgatish,, ijod qilishga o’rgatish. Dars uchun kerakli jihozlar


Download 137.58 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi137.58 Kb.
#1439638

1–Mavzu: Kvillingda ko’rgazmalar.
Reja:

  1. Ko’rgazmali qurollar haqida ma’lumot berish.

  2. Kvilling usulida ko’rgazmali qurollar tayyorlash texnologiyasi.

Mashg’lotning maqsadi: Gazlamalar bilan ishlashga o’rgatish, , ijod qilishga o’rgatish.
Dars uchun kerakli jihozlar: Gazlama qoldiqlari, bo’r va qalam, Qaychi, elim, igna-ip, ko’rgazmali qurollar, kitoblar.
Mashg’lotda foydalanadigan usul: Bu darsni musobaqa va tanlov tarzida o’tkazish mumkin.
Yangi mavzuni tushuntirish qismi. Yangi mavzu bo’yicha talabalar savollariga o’qituvchi javob berganidan so’ng amaliy ish qismiga o’tiladi. Boshlang’ich sinf mehnat darslarida asosan olti ish turlari mavjud bo’lib, bulardan biri gazlamalar bilan ishlashdir. O’quvchilar, talabalarda gazlamalar Bilan ishlash ko’nikma va malakalarini shakllantirish, gazlamalarning imkoniyatlari haqida tushunchalar berish, kashtado’zlik, zardo’zlik, sopolchilik,gilamdo’zlik kabi xalq Amaliy san`atlari va uning tarixini tanishtirish kabi ishlarni amalga oshiriladi.
Ushbu darsda gazlama qoldiqlaridan aplikatsiya usulida turli tasvirlar hosil qilish ishi bajariladi. Kartonga biror tasvir (gullar, manzara, hayvonlar, narsa va buyumlar va h.k.) chizib olinib unga rangli gazlamalardan yopishtirib chiqiladi. Darsda talabalar murakkabroq shakllar tayyorlaydilar. Ammo boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun oddiyroq shakllar tanlanadi.
Aplikatsiyaning yana bir usuli gazlama shakllarini gazlamaga elimlanadi yoki choklar bilan tikib chiqiladi va tasvirlar hosil qilinadi.
Talabalarga ko’rgazmali qurollar va ulardan darslarda unumli foydalanish metodikalari haqida ma’lumotlar beriladi.


Bugungi mashg’ulot oxirida talabalar bajargan ishlar baholanadi va tahlil qilinadi. eng yaxshi bajarilgan ishlar namuna sifatida tanlab olinadi va talabalarga ko’rsatiladi.
Uyga vazifa mavzuni mustahkamlash va ulgurmagan ishlarni yakunlab kelish.
Baholash qismi.
Dars so’ngida yaxshi ishlangan ishlarni talabalarga ko’rsatib tahlil qilinadi. So’ngra talabalar ishlari baholanadi.
Uyga vazifa berish.
Ushbu dars bo’yicha vazifa qilib bitmay qolgan ishlarni bitkazib kelish aytiladi.
Download 137.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling