Mashg‘ulot ʋ 1 Mavzu: Tibbiy psixologiyaga kirish, maqsadi va vazifalari. Tibbiyot psixologiyasida tekshirish usullari. Tibbiyot psixologiyasi yosh aspektida. Sezgi, idrok, hissiyot normada, tekshirish usullari
Download 446 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pe
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshirik ʋ4
- Shaxs
Shuningdek xotira farqlanadi:
A) xarakat (biror narsani bajarganda) V) ko‘ruv (sezish orqali) D) emotsiyali (afektiv) Atkinsonning uch komponentli xotira modeli: U xotirani bir biri bilan birgalikda ishlay oladigan bloklar degan 1.sensor buzilishlar bloki 2.qisqa vaqtli xotira modeli 3.uzoq vaqtli xotira modeli Malumot avval sensor tizimi orqali qabul qilinib keyin qisqa muddat saqlanadi agar keyinchalik doim kaytarilaversa uzoq muddatli xotiraga aylanadi. Xotira tekshirish metodlari: Suxbat metodi. Beton testi. 10 ta so‘zni yeslash metodi. «Piktogramma» usuli. Eshitgan xikoyasini gapirib berish. Eslab qolish uyini: «Tugmacha» o‘yini. 2 ta odam qatnashadi 2 ta list varog‘i kvadratga bo‘linadi. Bu o‘yin maydonidir. 2ta tuplam tugma olinadi. Birinchi boshlagan kishi 3ta tugmani uzining uyin maydoniga joylashtiradi. 2chi uyinchi yesa buni ko‘rib eslab va qanaqa tugmacha kayerda yotganini yeslab qolish kerak. Bundan keyin birinchi o‘yinchi o‘zinining maydon list kog‘ozi bilan yopadi. 2chi uyinchi esa tugmachalarni xudi shunday joylashishi kerak. Topshirik ʋ3 Berilgan: Missioner Afrika odam xurlari o‘rab olingan. U kozonda. Kanday oqibatlarga olib kelishi mumkin. Toshirik ʋ4Oddiy predmetlar (telefon, toster) qanday qilib kuchaytirish mumkin? Oddiy predmetlar bilan qanday muammolar kelib chiqishi mumkin. Topshirik ʋ54 xil so‘zdan gap tuzish: 4ta xarf beriladi ulardan 4ta so‘z o‘ylab xar xil gaplar tuzish. Vaziyatli masalalar. Kasal 70 yosh vrachning «kecha nima ish qildingiz» degan savoliga bundan 4 yil oldin bo‘lgan voqea «Oq qush» qo‘lida bo‘lganini javob berdi. Bu xotirani qanday patalogiyasi? Kasal aytishicha u Shizofreniya bilan kasallangan chunki u bolaligida manniy kashani yomon ko‘rgan. qanday taffakur buzilishi ketyapdi? Kasal «sizni familiyangiz nima» savoliga «Ivanov» deb javob berdi «kayerda yashisiz» desa yana «Ivanov» deb javob beryapdi. Kanday taffakur buzilishi ketyapdi? Bemor shikoyat qilishicha u doim daraxtlarni, uylarni, zinalarni, etajlarni sanayveradi. Bu uni qiynaydi va qalban noxushlikga olib keladi. Bundan qutila olmaydi. Bemor o‘zini judayam katta boylik egasi, katta-katta xarbiy unvonlar deb xisoblaydi. Ong – ob’ektiv borliqni aks ettirishning oliy shakli, unga o‘zini va atrof-muhitni anglash kiritiladi. Ong – odam miyasining funksiyasi bo‘lib, uning yordamida ob’ektiv borliq sub’ektiv aks etadi. Ong o‘z tabiatiga ko‘ra nihoyatda ko‘p qirrali, rang-barang, uning turli-tuman xossalari mavjud. Shu bois u taraqqiyotning oliy darajasida yuzaga kelib, faqat insondagina bo‘ladi. Hayvonlarda ong bo‘lmaydi. Odamda ong asta-sekin rivojlana boradi. Yangi tug‘ilgan bolada ong bo‘lmaydi, lekin u ruhan va jismonan ulg‘aygan sari rivojlanib boradi va takomillashadi. Ongga yuqori darajali izchillik xosdir. U doim jadalligi, chuqurligi va kengligi bilan boshqa bilish jarayonlaridan farq qiladi. Odam hayotining turli davrlarida – o‘smirlik, o‘rta yosh, qarilik chog‘ida ong turli ko‘rinishda bo‘lsa-da, u bir butundir. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, bilimsiz ong bo‘lmaydi, lekin ong va bilimni bir xil jarayon deb bo‘lmaydi. Bilimlar har doim xotirada to‘plansa-da, lekin hamma vaqt ham ongda aks etavermaydi. Faqat bilimlarimizning ayrimlari ushbu paytda ong maydonida bo‘lib, biz ularni fahmlaymiz. Bu erda quyidagi qiyosni keltiramiz: insonda xotira izlari, ya’ni, o‘tgan hayot izlari miya hujayralarida saqlanar ekan, ularni ko‘p sonli elektr chiroqlariga o‘xshatish mumkin. Ularning bir qismi yoqilganda tegishli ob’ektlar va kechinmalar ong nuri bilan yoritiladi. Biz bilamizki, bilimlar yaxshi va puxta bo‘lganda ham ong buzilishi mumkin. Xotira, fikrlash kabi odamning boshqa fazilatlariga baho berishda ongning ravshanligiga ishonch hosil qilish kerak. Aks holda, bemorda aslida bo‘lmagan kasallik haqida noto‘g‘ri taxmin paydo bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, ongga o‘zini-o‘zi anglash, «men» ongi kiradi. «Men» degan ong odatda, bizdan yo‘qolmaydi va ancha yaqqol ifodalangan bo‘ladi. Ong bizning ruhiy jarayonlarimiz va hayotiy vaziyatlar dinamikasini o‘zida aks ettiradi. Hozir siz – muallim, atrofdagilaringiz – o‘quvchilar, bugun siz – vrach, ertaga – bemor, bugun siz – mehmon, ertaga – mezbon va hokazo. Bir oz vaqt o‘tgach, xuddi shu jamoada o‘rin almashishi mumkin. Vaziyatni to‘g‘ri baholay olish va shunga muvofiq o‘zini to‘ta bilish – normal ong ta’rifiga mansub bo‘ladi. Ruhiy kasalliklarda esa vaziyatni anglash izdan chiqadi. Ko‘pincha, bemor kasalxonaga tushib qolib, rasmiy jihatdan u qaerda ekanini to‘g‘ri ayta oladi, ya’ni unda joyga nisbatan orientatsiya bo‘zilmagan bo‘ladi. Lekin shu bilan bir qatorda, vaziyatga noloyiq tarzda quvnoq bo‘ladi, hazil-ho‘zul qiladi, hatto xursandchilikka sabab bo‘lmasa ham qo‘shiq aytadi. Bu holat vaziyatni to‘g‘ri baholay olmaslikka kiradi. Ongda doimo turgan joyimiz va vaqt aks etib turadi. Es-hushi joyida bo‘lgan odam hamma vaqt qaerdaligini anglaydi, soat nechaligini, hech bo‘lmaganda, taxminan ayta oladi. O’zini qaerdaligini bilishning qo‘pol buzilishlarida bemor hatto taxminan qaerdaligini va qancha vaqtdan buyon shu erda ekanligini aytib berolmaydi. Atrofdagi narsalar va odamlarni tanish o‘z makonini bilishda muhim ahamiyatga ega. Taniy olishda mazkur hissiyotni o‘tmish izlariga solishtirish va o‘xshatish kerak bo‘ladi. Umuman taniy olmaslik mumkin. Goho taniy bilishda adashish ko‘zatiladi: bemor ayol vrachni o‘z otasi deb o‘ylaydi. O’zini qaerdaligini to‘g‘ri anglash, ko‘pincha, vasvasali va gallyutsinator kechinmalarga aloqador bo‘ladi. O’z tanasini his qilish ham ong funksiyasiga kiradi. Odam tanasi faqat tashqi olam (ko‘ruv, eshituv, hid bilish) dan emas, balki o‘zining ichki a’zolaridan ham retseptorlar orqali ma’lumot olib turadi, lekin ular ongda aks etmaydi. Tashqi olamdan axborot olish va o‘zini-o‘zi anglash doimo ongda aks etib turadi. Ana shu jarayonlar natijasida odam his-tuyg‘u, sezgi, xohish, ehtiyojlarini atrofdagi vaziyat bilan taqqoslaydi. Bu ongning eng muhim funksiyasidir. Psixofiziologlar ongga bosh miya po‘stlog‘ining funksiyasi deb ta’rif berishadi. Ularning fikricha, bosh miya po‘stlog‘i va birinchi galda ikkinchi signal sistemasi ong uchun, uning rivojlanishi hamda saqlanib qolishi uchun hal qiluvchi o‘rin to‘tadi. Miya ustuni retikulyar formatsiyasi ham ong jarayonida muhim o‘rin to‘tadi. Retikulyar formatsiya ongga ta’sir o‘tkazadi, uyqu va tetiklikni idora etadi. Ikkinchi signal sistemasi ongga xos bo‘lgan o‘z-o‘ziga hisobot berishni ta’minlasa, ong faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan po‘stloqning tetiklik holati retikulyar formatsiyaning faoliyati bilan o‘zluksiz bog‘langandir. ShaxsLeongard shaxsning 10 ta tipini ajratib o‘rgandi. Quyida ularning ta’rifini keltiramiz: 1. Namoyishkor shaxs. Bu tipga mansub shaxslarning xulq-atvorida namoyishkorlik doimo sezilib turadi, ular barcha xatti-harakatlarini namoyishkorona bajarishni xush ko‘rishadi. Atrofdagilar bilan tez va osonlikcha muloqotga kirishadi, ishchan va harakatchan bo‘lishadi. Hiyla va nayrangga usta, yolg‘on gapirishga moyil, olifta, makkor, xayolparast, o‘z shaxsini bo‘rttirib ko‘rsatuvchi va shu bilan birga boshqa birovlarni bir-biriga to‘qnashtirib janjalli vaziyatlarni yuzaga keltirishni xush ko‘rishadi. Maqtovtalab, manman bo‘lishadi. Har qanday ishga tavakkal qilib qo‘l urib ko‘rishadi, rahbarchilikka intilishadi, atrofdagilarning e’tiborida bo‘lishga intilib yashashadi. Odamlar bilan tez til topishib ketishadi, har qanday vaziyatga tez moslashib olishadi, agar ularning xatti harakatlari atrofdagilar tomonidan tan olinmasa yoki e’tibor qilinmasa, ularning kayfiyati tez bo‘ziladi va suhbatni boshqa yo‘nalishga o‘zgartirib yuborishadi. Mana shunday paytlarda ular o‘z foydasiga janjalli vaziyatlarni yuzaga keltirishga urinib ko‘rishadi va bunga erishishadi ham. Ular judayam egoist bo‘lishadi, doimo diqqat-e’tiborda bo‘lishni xohlashadi, maqtovga chanqoq bo‘lishadi, agar atrofdagilar uni maqtamasa, u o‘zini maqtay boshlaydi, yonidagi suhbatdoshini hayratda qoldiradigan uydirmalar o‘ylab topadi, o‘zining so‘zamolligidan faxrlanib yuradi. Uning oldida birovni maqtashning foydasi yo‘q, chunki bu uning kayfiyatini tushirib yuboradi, bunday paytlarda u suhbatni yana o‘z foydasiga burishga intilib ko‘radi yoki dialogni to‘xtatib qo‘ya qoladi. Mabodo u bilan avval og‘irroq vaziyatlar ro‘y bergan bo‘lsa, suhbat chog‘ida bu voqeani bo‘rttirib so‘zlab beradi, atrofdagilarda unga nisbatan hamdardlik va achinish hissini paydo qilishni xush ko‘radi. Agar uning so‘zlariga e’tibor qilinmasa, tez jahli chiqadi, biroq buni sezdirmaslikka harakat qiladi. U doimo atrofida odamlarni to‘plab va’zxonlik qilishni, jamoaga etakchilik qilishni yoqtiradi va o‘zi alohida ko‘zga tashlanib turishni istaydi. U yolg‘izlikni yoqtirmaydi. Shuning uchun ham u doimo mansabga intiladi, ichki tuyg‘ularini ro‘yobga chiqaruvchi, o‘zini ko‘z-ko‘z qilishga katta imkoniyatlar yaratib beruvchi yagona vaziyat – bu mansabdir. Shuning uchun ham u qanday bo‘lmasin biror bir mansabni egallashni orzu qilib yashaydi. Aslida uning xatti-harakatlari doimo ham haqiqatga mos kelavermaydi, agar kichikroq bir favqulodda vaziyat yuzaga kelsa, jamoani yig‘ib juda katta shov-shuv ko‘taradi, yig‘in paytida ataylab ziddiyatli vaziyat yaratadi, jamoa a’zolari ichidan aybdorni izlay boshlaydi, topa olmasa birovnibirovga to‘qnashtirib aybdorni topib oladi va uning obro‘sini hammaning oldida erga urib tashlaydi, o‘zini esa faol himoya qilishga intiladi. Janjalni ham o‘z foydasiga hal qilib, vaziyatdan «qahramon» bo‘lib chiqishga urinadi va aksariyat hollarda bunga erishadi ham. Unda siqib chiqarish xususiyati (psixoanalizda Freyd tomonidan taklif qilingan «siqib chiqarish» atamasi bor) kuchli bo‘ladi, ya’ni o‘ziga yoqmagan voqea va hodisalar tafsilotini xotirasidan o‘chirib tashlash qobiliyatiga ega bo‘lishadi. Yolg‘on gapirish uning uchun odatiy holdir, uning hayot tarzidayolo‘on va haqiqatlar shu darajada chalkashib ketadiki, keyinchalikgapirgan gaplarining qaysi biri yolg‘onu, qaysi biri haqiqatligini o‘zi ham anglay olmay qoladi. Shuning uchun ham ularga keyinchalik bo‘lib o‘tgan voqealar aytib berilsa eslay olishmaydi, biroq haqiqatdan ham eslay olmayaptimi yoki eslashni xohlamayaptimi, bilib olish o‘ta mushkuldir. Bunday odamlarni psevdolog, ya’ni yolg‘onchi deb ham atashadi. Shu asnoda ularning fikrlash doirasi kengligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim, ba’zan inson hayratda qoladigan ishlarga tavakkal qilib qo‘l urishadi va ishchanlik qobiliyati yuqoriligi uchun ancha yutuqlarga erishishadi ham. Download 446 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling