Mashg‘ulot ʋ 1 Mavzu: Tibbiy psixologiyaga kirish, maqsadi va vazifalari. Tibbiyot psixologiyasida tekshirish usullari. Tibbiyot psixologiyasi yosh aspektida. Sezgi, idrok, hissiyot normada, tekshirish usullari


Download 446 Kb.
bet19/46
Sana24.04.2023
Hajmi446 Kb.
#1394687
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pe

Psixosomatika


O’tkir va doimiy salbiy ta’sirotlar (psixogen omillar) natijasida asab tizimi va ichki a’zolarning faoliyati buziladi. Bosh va tananing turli joylarida og‘riqlar va funksional xususiyatga ega bo‘lgan boshqa patologik simptomlar paydo bo‘ladi. Asab tizimi funksional faoliyatining buzilishi bilan kechuvchi va organiq xususiyatga ega bo‘lmagan nevrologik buzilishlarga psevdonevrologik sindromlar deb aytiladi. Ular nevrozlarning klinik ko‘rinishi sifatida ham o‘rganiladi. Ma’lumki, nevrozlarda nafaqat asab tizimi faoliyati, balki boshqa a’zolarning ham faoliyati buziladi. Bu buzilishlar o‘tgan asrda (ba’zi mamlakatlarda hozir ham)
«yurak nevrozi», «oshqozon nevrozi», «bo‘g‘im nevrozi» va shunga
o‘xshash nomlar bilan atalgan. Keyinchalik ichki a’zolar funksiyasining buzilishi bilan kechadigan funksional kasalliklar «psixosomatik sindromlar» deb atala boshlandi.
Psixosomatik kasallik haqida so‘z ketganda esa o‘tkir yoki doimiy stress sababli rivojlangan organiq kasalliklar tushuniladi, ya’ni xafaqon, bronxial astma, qandli diabet, yara kasalligi va hokazo.
Bu atamaning sinonimlari juda ko‘p va xilma-xildir:
«psixovegetativ sindrom», «somatogen depressiya», «niqoblangan depressiya», «vegetonevroz» va hokazo.
Biroq klinik amaliyotda «psixosomatik sindrom» atamasi keng qo‘llaniladi. Agar funksional buzilishlar somatik kasallik oqibatida rivojlansa, bunga somatopsixik sindrom deb ataladi. Bu atama klinik tibbiyotda juda kam ishlatiladi.
Psevdonevrologik va psixosomatik sindromlar deyarli barcha organiq kasalliklarda uchraydigan klinik belgilarga o‘xshash bo‘lganligi sababli ularning har biriga ta’rif berib chiqishni lozim deb topdik. Chunki bemorni klinik tekshiruvdan o‘tkazayotgan har bir vrach psevdonevrologik va psixosomatik belgilarga duch keladi va aksariyat hollarda ularni farqlash mushkullashadi. Buning natijasida klinik tashxis noaniq bo‘lib qoladi va davolash muolajalari qiyinlashadi.

Psixosomatika kasalliklaridagi “Mo`jizaviy yettilik”


  1. Essencialli gipertoniya

  2. Oshqozon-ichak yara kassalligi

  3. Bronxial astma

  4. Qandliy diabet

  5. Yarali kolit

  6. Revmoitliy artrit

  7. Neyrodermatit


Download 446 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling