Mashg’ulot №5 bolalarni operatsiyaga tayyorlashni asosiy tamoyillari. Xirurgik kasalliklar bilan kasallangan bolalarni operatsiyadan oldingi va keyingi davrda parvalishlash


Bolalarni rejali operatsiyaga tayyorlash


Download 48.04 Kb.
bet3/8
Sana05.01.2022
Hajmi48.04 Kb.
#214379
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mashg’ulot №5

Bolalarni rejali operatsiyaga tayyorlash ko’p hollarda xirurgik kasallik turi va bola yoshiga bog’liq bo’ladi.

Operatsiyadan bir kun oldin vrach infeksiya xavfini kamaytiruvchi muolajalar o’tkazadi: ichki kiyim va yotoq choyshablarini almashtirib gigiyenik van­na qabul qilish, katta bolalarda operatsiya maydoni sochlarini olish. Operatsiyadan bir kun oldin kechqurun va ertalab tozalovchi ho’qna qilinadi. Asosan ho’qna oraliq va orqa teshikda o’tkaziladigan operatsiyalarda juda muhim hisoblanadi. Bunday holalatlarda operatsiyadan oldin to toza suv chiqquncha 2-3 martalab tozalovchi ho’qna qilinadi. Ertalab bolaga hech nima berilmaydi va ichirilmaydi.

Umumiy va maxsus operatsiya oldi tayyorgarligida hamshira asosiy o’rinni egallaydi. Bu vaqtda u hamma “mayda-chuydalarga” e’tibor qaratishi lozim. Masalan, balog’at yoshidagi qizda operatsiyadan bir kun oldin hayz sikli boshlansa hamshira bu haqda vrachga aytishi kerak, sababi hayz davrida rejali operatsiya o’tkazilmaydi.

CHaqaloqlarni operatsiyaga tayyorlash. CHaqaloqlar xirurgiyasi bo’limiga xar xil tug’ma kasallikli bolalarni (hazm qilish trakti, diafragma, o’pkalar, qorin oldingi devori va boshqalar) va yiringli kasalliklar yotqiziladi.

Operatsiyaga bola ma’lum operatsiya oldi tayyorgarligidan keyin olinadi. Bunda tayyorgarlik hajmi o’tkaziladigan operatsiya turi va og’irligiga bog’liq bo’ladi. SHuni unutmaslik kerakki, chaqaloqlar termoregulyatsiyasi to’liq shakllanmagan. CHaqaloqlar tez sovuq qotadi va sovuqni yomon qabul qiladi. SHuning uchun ham operatsiya xonasida maxsus isitkichli operatsiya stoli bo’lmasa isitkich olib kelib operatsiya davomida bolaga qo’yib qo’yiladi. Issiqlikni saqlash va sovuq qotishni oldini olish maqsadida bola oyoqlari paxta qo’yib bintlanadi.

YAna ma’lumki, yuqori haroratda bola operatsiyani yomon o’tkazadi. SHu sababli operatsiyadan oldin bola tana haroratini o’lchash va vrachga aytish lozim. Tana harorati 38°Sdan yuqori bo’lsa vrach haroratni tushiruvchi dorilar buyuradi.

Bolalarni shoshilinch operatsiyaga tayyorlash. Umumiy qoidalar. Bemorlarni shoshilinch operatsiyaga tayyorlaganda quyidagilarni inobatga olish kerak. CHo’zilgan har bir soat bola ahvolini og’irlashtiradi va hayotga xavf soluvchi asoratlar rivojlanishiga olib keladi. SHu sababli ham operatsiya oldi tayyorgarligi minimum darajada qisqartiriladi. Qisqa vaqt ichida operatsiya muvaffaqiyatli o’tishiga kerakli hamma narsa tayyorlanadi.


Download 48.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling