Mashg’ulot №5 bolalarni operatsiyaga tayyorlashni asosiy tamoyillari. Xirurgik kasalliklar bilan kasallangan bolalarni operatsiyadan oldingi va keyingi davrda parvalishlash


SHoshilinch operatsiya o’tkazilishiga olib kelingan bemorlar oshqozini ko’pincha to’la bo’ladi


Download 48.04 Kb.
bet4/8
Sana05.01.2022
Hajmi48.04 Kb.
#214379
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mashg’ulot №5

SHoshilinch operatsiya o’tkazilishiga olib kelingan bemorlar oshqozini ko’pincha to’la bo’ladi. Bemorni operatsiya xonasiga olib kirishdan oldin oshqqozonga zond qo’yiladi va oshqozon bo’shatiladi. Bu asosan ovqatlangandan keyin kam vaqt o’tgan bo’lsa juda zarur hisoblanadi. Ushbu qoidani buzish operatsiya stolida bemorni ovqat massaliri bilan aspiratsiya bo’lishiga va xavfli asoratlarni yuzaga kelishiga olib keladi.

Ko’pincha bolalarda shoshilinch operatsiya yiringli xirurgik infeksiya (appenditsit, peritonit, osteomiyelit, dest­ruktiv pnevmoniya va h.o), har xil turdagi ichak tutilishlari (tug’ma, chandiqli, invaginatsiya), travmatik shikastlanishlar (bosh miya shikastlanishi, qorin bo’shlig’i yopiq jarohati), qon ketish sababli o’tkaziladi.

Og’ir ahvolda kelgan bemorga operatsiya oldi tayyorgarligi qabul bo’limidan boshlanadi. Bunda quyidagi tekshiruvlar amalga oshiriladi: tana harorati, pul’s, arterial qon bosimini o’lchash, qon guruhi, rezus-faktor, gemoglobi­n, gematokritni aniqlash. Qon ketish, ichak tutilishi, travmatik shikastlanishlarda shoshilinch operatsiyaga kam vaqt qolgan bo’lsa maxsus tekshiruvlar o’tkazmasdan Ringer, glyukoza, plazma preparatlari v\i yuboriladi. Bu dezintoksikatsiya va buzilgan gidroion holatini tiklashga yordam beradi.

Klinikaga tashqi qon ketish bilan tushgan bemorlar alohida ahamiyatga ega. Qabul bo’limidayoq qon ketishini to’xtatishga qaratilgan muolajalar o’tkazilishi lozim (jgut yoki steril bosib turuvchi bog’lam qo’yish). SHu yerda qon bosim o’lchanadi, gemoglobin, gemotokrit aniqlanadi, ko’p qon yo’qotishda tezda qon o’rnini bosuvchi preparatlar quyiladi. Bolani tezda operatsiya xonasiga olib kiriladi.

Ichki qon ketishda, bemor qon aralash qusgan paytda oshqozon sohaga va ko’krak qafasiga muzli xalta qo’yiladi. SHundan keyingina bemor endoskopik tekshiruvga tayyorlanadi.

Og’ir xirurgik infeksiya bilan bemorlar uzoq operatsiya oldi tayyorgarligiga muhtoj. Operatsiyagacha bemorni og’ir holatdan chiqarish lozim, aks holda u operatsiyani ko’tara olmasligi mumkin. Bola peritonit, suvsizlanish, intoksikatsiya alomatlari bo’lsa, yurak-qon tomir sistemasi zararlansa 2-3 soat buzilgan funksiyalarni tiklashga va dezintoksikatsiyaga qaratilgan tayyorgarlik o’tkaziladi. Tomchi holda suyuqlik quyish boshlanadi va operatsiya xonasida davom ettiriladi.

SHunday qilib, operatsiya oldi tayyorgarligi bolalarni xirurgik davolashda katta o’rin tutadi. U bola holatiga va yoshiga, operatsiya turiga va vaqtiga bohliq bo’ladi. Kichik operatsiyalardan oldin klinik tekshiruvlar bilan cheklaniladi. Katta va travmatik operatsiyalardan oldin nafas olishni, gemodinamikani, suv-tuz almashinuvi balansini va boshqa xayotiy a’zolar funksiyasini korreksiyalashga qaratilgan tayyorgarlik o’tkaziladi.


Download 48.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling