Mashg’ulot: Chala xordalilar va lichinka xordalilar kenja tiplari. Balanogloss


Download 0.57 Mb.
bet2/4
Sana12.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1265275
1   2   3   4
Bog'liq
1-Amaliy mashg\'ulot

Assidiyaning tuzilishi.
Turning sistematik holat
Tip. Xordalilar Chordata
Kenja tip. Lichinka xordalilar-Urochordata, yoki qobiqlilar-Tunicata
Sinf. Astsidiyalar-Ascidae.
Vakil. Yakka astsidiya-Ascidiae mentula

Jihozlar

  1. Eritmada fiksatsiyalangan Astsidiyaning ho’l preparati.

  2. Tablitsalar: Astsidiyaning tashqi ko’rinishi; ichki organlarining umumiy joylashishi; ichi ochilgan yakka astsidiya; qon aylanish sistemasi

  3. Mikroskoplar

  4. Lupalar

Ishning mazmuni:
Bu sinfga yakka-yakka, koloniya bo’lib o’troq holda yashovchi qobiqlilar kiradi. Koloniyali formalari ba’zan erkin suzib yurib hayot kechiradi. Voyaga yetgan yakka Astsidiya qo’sh og’izli banka shaklida bo’ladi. U tanasining asosi bilan suv tubiga yopishib oladi. Tanasining ustki tomonidan bittadan teshigi bo’lgan naysimon ikkita o’simtasi mavjud. Teshikchaning bittasi og’iz sifoni deb atalib xaltasimon halqum bo’shliqqa ochiladi. Xalqumni juda ko’p jabra yoriqlari ya’ni stigmalar kesib o’tgan. Bu stigmalar orqali suv aylanib turadi. Qizilo’ngach xaltasimon oshqozonga tutashadi. Kalta ichagi tashqi muhitga, kloaka sifoni deb ataladigan teshik orqali ochiladi. Ko’pchiligida voyaga yetgandavrda nerv naychasi va xordasi bo’lmasligi bilan boshqa xordalilardan farq qiladi, faqat appendikulyariyalar bundan istisno. Lichinkalik bosqichida tipga xos belgilar aniq ko’rinadi.
O’lchami va tana shakli: og’iz va kloaka sifoni; tunika va uning ahamiyati.




1-rasm
Astsidiyaning tashqi tuzilishi:
1-og’iz sifoni; 2-kloaka sifoni
2-rasm.
Astsidiyaning ichki tuzilishi:
1-og’iz sifoni; 2-kloaka sifoni; 3-tunika; 4-mantiya
ektodermasi; 5-mantiyaning muskul qatlami; 6-xalqum; 7-xalqum bo’shlig’i; 8-jabra yorug’lari; 9-endostil; 10-orqa egatcha; 11-jabra oldi bo’shlig’i; 12- jabra oldi bo’shlig’ining devori (ektoderma); 13-oshqozoni; 14-jigar o’simtalari; 15-anal teshigi; 16-urug’don; 17-tuxumdon; 18-jinsiy bezlarining kanallari; 19-yurak oldi xaltasi; 20-yurak; 21-ichak tutgich; 22-nerv tugunchasi.







Tashqi tuzilishi
Tana shakli xaltasimon yoki bochkasimon. Tanasi tashqi tomondan dirildoq yoki tog’ay moddadan iborat, alohida qalin qobiq-tunika bilan qoplangan. Tunika katta himoya ahamiyatiga ega bo’lib, o’troq yoki yarim o’troq holatga o’tishi natijasida hosil bo’lgan. Qobiqlilarning shunday sharoitga moslashuvi ularda ham jinsiy, ham jinssiz ya’ni kurtaklanish yo’li bilan ko’payish imkoniyatini yaratgan. Qobiqlilar yakka-yakka yoki koloniya bo’lib, o’troq hayot kechiradi. Dengizlarning pelagik qismlarida erkin yashovchi turlari ham bor.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling