Mashg‘ulot chog‘ida amal qilinadigan qoidalar Suzishni bilmaganda o‘zini tutish


Download 1.93 Mb.
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1504996
1   2   3   4   5
Bog'liq
Suzish

127-rasm.
Start va burilishlar. Chalqancha suzishdan tashqari, barcha startlar tumbochkadan bajariladi.
Start beruvchining hushtagi chalinishi bilan suzuvchi tumbochkaning orqa qismiga chiqib turadi, ikkinchi hushtakdan keyin tumbochkaning old qismiga keladi va dastlabki holatni egallaydi.
Bunda tizzalar parallel joylashadi, ular orasidagi masofa 10 — 15 sm, oyoq panjalari tumbochka chetiga tekis qo‘yiladi, tana oldinga egilgan, oyoqlar tizzadan taxminan 150° bukilgan, qo‘llar orqada, bosh sal ko‘tarilgan holatda bo‘ladi. Start berilgandan keyin suzuvchi tumbochkadan siltanib sakraydi, qo‘llari oldinga-yuqoriga kuchli siltanadi va suvga kelib tushadi. Uchayotganda tana to‘g‘rilanadi, bosh qo‘llar orasiga o‘tadi, oyoqlar birlashadi va oyoq kaftlari cho‘ziladi.
Burilishlarni bajarish. 25—50 metrli havzalarda musobaqa va suzishga o‘rgatish chog‘ida to‘g‘ri burilish yasashga alohida e’tibor beriladi.
Qulochkashlab suzish usulida suzuvchi devorga yaqin keladi, chuqur nafas oladi, devorga o‘ng qo‘lini tekkizadi, boshi bilan suvga kiradi, tezda oyoqlarini bukadi va qo‘li bilan devorga tayanib buriladi. Burilgandan keyin u oyoqlarini devorga tiraydi, boshini ko‘tarmay, qo‘llarini oldinga cho‘zadi va kuch bilan devordan itariladi. Itarilgandan keyin suv ostida harakat sekinlashganda suzuvchi suza boshlaydi (127-rasm).
„Brass“ usulida burilish texnikasi boshqacha bo‘ladi. Devorga suzuvchi har ikkala oyog‘i bilan tiralishi kerak, tizzalarini ko‘kragiga yig‘adi (shu payt nafas olish uchun boshini ko‘taradi), buriladi va har ikkala oyog‘i bilan devordan itariladi (128-rasm).

128-rasm.



1 Êaykovus. „Qobusnoma“. Òîshkent, „O‘qituvchi“ NMIU, 2006yil, 104—106- betlar.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling