Mashg’ulot jarayonida asosiy yo’nalishni aniqlash Reja


Mashg’ulotlarning darsdan tashqari shakllari


Download 20.43 Kb.
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi20.43 Kb.
#1014963
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mashg\'ulot yo\'nalishlarr

4. Mashg’ulotlarning darsdan tashqari shakllari.
Maktabdagi darsdan tashqari ishlardan biri ommaviy jismoniy madaniyat bo’yicha o’tkaziladigan ommaviy tadbirlardir. Darsdan tashqari ishning vazifalari qo’yidagilardan iborat.
Maktab oldida turgan o’quv tarbiya vazifalarini hal etishga yordam berish. O’quvchilar sog’ligini mustahkamlashga organizmni chiniqtirishga, ularning har tomonlama jismoniy rivojlanishga yordam berish.
O’quvchilarning jismoniy madaniyat darslarida oladigan bilimlari, malaka va ko’nikmalarini chuqurlashtirish hamda kengaytirish. Maktab o’quvchilarida tashkilotchilik malakalarini tarbiyalash va rivojlantirish.
O’quvchilarning yaxshi dam olishlarini tashkil etish. O’quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga ishtiyoq uyg’otish.
Darsdan tashqari vaqtda gimnastika, yengil atletika, chang’ida yurish va turizm mashg’ulotlari shaklida seksiyalar, guruhlar jamoalarda o’tkaziladi.
Bolalar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarning asosiy mazmuni jismoniy tarbiyaga oid o’quv dasturlari materiali hisoblanadi. Bu material o’quvchilarning turli mashqlarni odatdagi va murakkab sharoitda, xususan dalada bajarish, malaka va ko’nikmalarini takomillashtirish maqsadida foydalaniladi.
O’yinlar sinfdan tashqari ishlarda katta o’rin egallaydi. Sinfdan tashqari ishlar, xususan o’yinlarni ham o’tkazishda asosiy e’tibor o’rganiladigan materialning darslarda o’tiladigan o’quv materialiga mosligiga qaratiladi. O’quv va sinfdan tashqari mashg’ulotlarning birga qo’shib olib borilishi bolalarning harakatlanish malaka va ko’nikmalarini takomillashtirishga yordam berish kerak.
Maktabda jismoniy tarbiya va sportga oid sinfdan tashqari ishning tashkiliy asosi qo’yidagilar hisoblanadi. Sakkiz yillik va o’rta maktablarda 3-8 yoki 3-10 sinf o’quvchilaridan tashkil topish mumkin bo’lgan jismoniy tarbiya jamoasi. Boshlang’ich maktablarda jismoniy madaniyat tugaraklari. Jismoniy tarbiya jamoasi ishga umumiy rahbarlik jismoniy madaniyat o’qituvchisi, to’garakga rahbarlik esa boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan biri zimmasiga yuklanadi.Maktabdagi barcha sinflarda jismoniy tarbiya tashkilotchilari saylanadi. Ular sinf rahbarlari boshchiligida ish olib boradilar. O’z sinfdoshlarining maktabda o’tkaziladigan turli ommaviy - jismoniy tarbiya va sport tadbirlarida qatnashishlarini uyushtiradilar


Xulosa.
Har bir ayrim holatda shakl mashg’ulot mazmuniga mos kelishi kerak. Bu esa mashg’ulotning yaxshi o’tishi uchun zarur asosiy pedagogik qoidalaridan biridir. Masalan, mashg’ulotning mazmuni jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo’lsa, u holda mashqlar ish bilan dam olish qat’iy bir izchillik bilan almashib turadigan muayyan tartibda bajarilishi kerak. Xuddi shuningdek, mashg’ulotning qanday natija berishi o’quvchilarni uyushtirish, mashg’ulot qay paytda o’tkazilishi, mashq o’tkaziladigan joydan to’g’ri foydalanish kabi holatlarga ham bog’liq. Binobarin, mashg’ulotlarning shakli ularning mazmuniga faol ta’sir etar ekan. Shakl bilan mazmun birligigina shug’ullanuvchi kishilar faoliyati zarur darajada muvaffaqiyatli chiqishini ta’min etadi, aks holda mashg’ulotlar natijasi tuzuk bo’lmaydi.
Hadeb bir xil mashg’ulot shaklidan foydalanaverish shug’ullanayotgan kishilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishni to’xtatib qo’yadi. Eski shakllardan kechib, ularni yangi shakllarga almashtira borish esa, jismoniy tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishga imkon beradi.


Download 20.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling