Mashg’ulot. Mavzu: Qog’oz varag’i sathida predmetlarning qanday joylashganligini aniqlash. Maqsad
Download 23,56 Kb.
|
mashg'ulot ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulot. Mavzu: Qog’oz varag’i sathida predmetlarning qanday joylashganligini aniqlash. Maqsad
- Mashg’ulotning borishi
- Mashg’ulotning maqsadi
- Mashg’ulot jihozlari
- Mashg’ulotni yakunlash
Maktabga tayyorlov guruhi bolalarida fazo haqida tushunchalarni shakllantirish bosqichida tarbiyachilarning maktabga tayyorlov guruhi bolalarida fazo bo’yicha mo’ljal olishga o’rgatishga pedagogik psixologik va metodik jihatdan tayyorgarlik darajasi, bolalarning tasavvurlari , qo’llash va darajalari o’rganildi. Tajriba-sinovning ta’limiy tarbiyaviy jihatidan quyidagi xususiyatlar kuzatildi. Tajriba-sinov boshida jalb etilgan bolalarning qiziqishlarini o’rganildi. Kuzatuvlar jarayonining tahlilidan shu narsa ma’lum bo’ldiki, ko’pchilik tarbiyachilarning pedagogik va psixoligik bilimlari hamda uslubiy malakalari yetarli darajada emasmish, mashg’ulotlarga ko’proq o’yin elementlarini qo’shish, bolalarda ro’y bergan ijobiy holatlarni o’z vaqtida rag’batlantirish va tanlash, qulay sharoitlardan oqilona va maqsadga muvofiq holda foydalanish borasida yo’l qo’yilgan kamchiliklari ijobiy siljishlarining sur’atiga nisbatan yuqori emasligiga sabab bo’ldi Mashg’ulot. Mavzu: Qog’oz varag’i sathida predmetlarning qanday joylashganligini aniqlash. Maqsad:
Mashg’ulotning borishi. Daftar sathida 5ta shakl quyidagi tartibda joylashtiriladi: o’rtaga uchburchak, yuqoriga kvadrat, pastga to’g’ri to’rtburchak, chapga oval shaklidagi shakl, o’ngga doira. Tarbiyachi topshiriqni tushuntiradi: Bugun biz naqshlarni ko’rib chiqib, qaysi shakl qayerda joylashganligini eslab qolishni o’rganamiz. Buning uchun ularni tartibi bilan aytib chiqish kerak: avvalo o’rta(markaz)da joylashgan shaklni, so’ngra yuqori va pastda, chap va o’ngda joylashganini. Bir bolani chaqiradi. U shakllarni tartibi bilan ko’rsatib, nomini, ularning o’rnini aytib beradi. Boshqa bola shakllarni xohlaganicha joylashtirish, ularning nomini va o’rnini aytib berishi taklif etiladi. So’ngra bola orqasiga o’girilib turadi, tarbiyachi esa chap va o’ng tomondagi shakllarning o’rnini almashtirib qo’yadi. Bola o’girilib qaraydi v anima o’zgarganligini topadi. Nihoyat hamma bolalar tarbiyachi ko’rsatmasiga binoan barcha shakllarning nomini aytib chiqadilar va ko’zlarini yumadilar. Tarbiyachi shakllarning o’rnini almashtirib qo’yadi. Bolalar ko’zlarini ochib, nima o’zgarganini topadilar. Mashg’ulotning maqsadi. Fazoviy tushunchalarni rivojlantirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash. Ertalab, kunduzi, kechqurun, kecha, bugun, ertaga kabi vaqt tushunchalari haqida ma’lumot berish. Mashg’ulot turi. Aralash, suhbat, savol-javob. Mashg’ulot jihozlari: qalam, daftar, geometrik shakllar, uy-ro’zg’or anjomlariga doir o’yincoqlar. Mashg’ulotning borishi.
Shundan so’ng dam olish daqiqasi o’tkaziladi: Derazamni ochaman, Toza havo kirsin deb. Badantarbiya qilaman, Tanam kuchga to’lsin deb.
Download 23,56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling