Mashg’ulot mujassam


Download 16.47 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi16.47 Kb.
#1206762
Bog'liq
mashgulot ishlanma

MASHG’ULOT MUJASSAM


MAVZU:
1. Shakllarni to’g’ri joylashtirish.
2. Svatchada nima bor.
3. Suz yoz.
4. Xilini top
5. Musiqaviy tanaffus.
6. Qulfini top o’yini.
7. Inoq hayvonlar qo’g’irchoq teatri.
MAQSAD: Mantiqiy o’yinlar orqali bolalarni abztrakt tafakkurini rivojlantirish intelektual qobiliyatlarini o’s-tirish va o’qishi malakalarini mustaxkamlash. Predmet- ni xususiyatlarini umumlashtirish. Bolalalarni o’z fikrla-rini to’la bayon eta olishga o’yin qoidalariga rioya qilish-ga, do’stlik, o’rtoqlik munosabatlarini to’g’ri yo’lga qo’-yishga odatlantirish.
Kerakli materiallar:
Geometric figuralar, kubiklar, har xil narsalarning rasmi va qo’g’irchoq teatri o’yinchoqlari.
Mashg’ulotni borishi:
Mashg’ulot musobaqa tarzida olib boriladi. Tarbiya-chi bolalarni ikki guruhga ajratadi. Birinchi guruh “Lola’’ ikkinchi guruh “Olma”. Guruhga maymun kirib keladi.
-Assalomu alaykum bolalar.
-Bolalarning javobi.
-Men guruhingiz bilan o’ynagani keldim. Siz bilan o’ynagani turli topishmoqlar olib keldim.
Tarbiyachi : Maymun olib kelgan topishmoqlarni ko’raylikchi (konvertni qo’lga oladi).
-Bu kanvertda juda ko’p topishmoqlar bor ekan.Agar biz topishmoqlarni ajoyib mo’jizani guvihi bo’lamiz.Qani endi birinchi topishmoqni ko’raylik. Birinchi topishmoq shakilni to’g’ri joylashtirish. Ikkinchi guruhga shakllar yuqori qismga joylashtirilgan. Pastida esa ayrim shakllar tushirib qoldirilgan, shakilni chizib, o’sha rangga bo’yoq qo’yqo’yiladi.
Bunda to’rtta bola qatnashadi.Qolgan ishlarni tushun- tirib boriladi. To’g’ri bajarganlarga maymun sovg’a bera-di.
Ikkinchi topishmoq : stolga savatcha qo’yilgan unga har xil predmetlar, meva va sabzavotlar rasmi olingan ana shu rasmlardan bittadan olasiz va uni xususiyatlarini aytib berasiz. Masalan: Meva dumaloq, meva shirin, usti g’adir- budur, rangi olov rangda.
Uchinchi topishmoq : bunda har xil kubikchalardan foydalanamiz. Kubikchalarda mevalarnining rasmi bor. Shu mevalardan nechta berilgan bo’lsa shuni topib terib qo’yiladi. Masalan : oltita nok terilgan, topshiriq berilgan bola oltita nokni kubikchani aylantirib terib chiqadi.
To’rtinchi topishmoq: so’z- yoz o’yini: Bu topshiriq- da guruh boshliqlari ishtirok etadi. Guruh boshliqlari o’z guruhlarini nomini yozib o’qib beradilar.Bu topshiriq ham kubikchalar yordamida amalga oshiriladi.
Beshinchi topishmoq: Musiqali topshiriq .
Oltinchi topshiriq : “Qulfini top” o’yini. Bu topshiriq sehirli darvozada har xil shakllar bilan bezatilgan. Bir to- monida esa shu bezaklar yo’q, ana shu yo’q narsani topib o’rniga qo’ysa darvoza ochiladi va mo’jiza ro’y beradi.
Yettinchi topshiriq: “Inoq hayvonlar” qo’g’irchoq te-atri.
Darvoza ochilgandan so’ng qo’g’irchoq teatri bosh-lanadi. Bunga sher,ertakchi, tulki, quyon va ayiqlar qatna-shadilar. Qo’g’irchoq teatridan so’ng bolalar rag’batlanti-riladi.Musobaqa yakunlari aytiladi va maymun sovg’a be-radi.
Mashg’ulot yakunlanadi.
Download 16.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling