Mashg’ulot. Sudralib yuruvchilar (Reptilia) sinfi vakili ildam kaltakesakning tashqi tuzilishi va skeleti Ildam kaltakesakning ichki tuzilishi. Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi. Ilonlar va toshbaqalar skeletlarining tuzilishi


-mashg’ulot. Sudralib yuruvchilar skeleti


Download 1.31 Mb.
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1416525
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-labaratoriya

17.1-mashg’ulot. Sudralib yuruvchilar skeleti.

Kerakli materiallar: Echkemarning montaj qilingan skeleti; echkemarning bоlimlarga bоlingan skeleti, preparoval ninalar-2 dona.




Skeletning tuzilishi.
Umurtqa pog’onasi. Sudralib yuruvchilarning оq skeleti ëki umurtqa pog’onasining qismlari suvda va quruqda yashovchilarnikiga nisbatan aniqroq kоrinadi. U tоrtta bоlim: bоyin, kоkrak-bel, dumg’aza va dumga bоlinadi. Umurtqalar tanasining old tomoni botiq, orqa tomoni bоrtib chiqqan, yani protsel tipda bоladi. Uning yuqori tomonidan ustki ëylar (58-rasm, 3) chiqadi, bu ëylar aniq ajralib turadigan qiltanoq ostist оsimta (58-rasm, 4) bilan tugaydi.
Ustki ëylar old qirrasidan bir juft qisqa oldingi bоg’im оsimtasi (58-rasm, 6), orqa qirrasidan esa bir juft keyingi bоg’im оsimtasi (58-rasm, 7) chiqadi. Umurtqa pog’onasining ën tomonlarida, yuqori ëyning asosiga yaqin joyda, qovurg’aning birikishi uchun kichik chuqurcha bor. Voyaga etgan individlar оq skeletida xorda qoldig’i yоq.


58-rasm. Echkemarning umurtqalari:


A-atlant, B-epistrofey, V-kоkrak umurtqa, G-bоyiga kesilgan kоkrak umurtqasi.
1-epistrofeyning tishsimon оsimtosi; 2-umurtqa tanasi; 3-ustki ëy; 4-ostist оsimta; 5-orqa miya kanali; 6-oldingi qоshuvchi оsimta; 7-keyingi qоshuvchi оsimta.

Bоyin qismi bir qancha umurtqadan iborat. Bulardan oldingi ikkitasi оziga xos tuzilgan. Atlas ëki atlant (58-rasm, A) deb ataladigan birinchi umurtqa barcha amiotlar uchun xarakterli h’alqa shaklida bоladi. Old tomonni pastki qismida bitta bоg’im yuzasi bоlib, umurtqa shu yuza ërdami bilan bosh skeletga h’arakatchan tarzda ensa bоrtmasi orqali birikadi. Atlas оrtasidagi teshik pay bilan ikkiga-pastki va ustki bоlimlarga bоlingan. Ustki teshikdan orqa miya оtsa (58-rasm, 5) pastki teshikka tishsimon оsimta (58-rasm, B-1) kiradi, bu оsimta epistrofeya (58-rasm, B) deb ataladigan ikkinchi umurtqaga birikkan. Tishsimon оsimta birinchi umurtqaning ajralib chiqqan tanasidir. Shunday qilib, atlas оz tanasi atrofida aylana oladi. Birinchi bоyin umurtqasining bunday tuzilishi boshning h’arakatchan bоlishiga imkoniyat tug’diradi. Sоngra uchta bоyin umurtqasining h’ar birida bir juftdan yaxshi taraqqiy etgan bоyin qovurg’alari bor. Bu qovurg’alar umurtqa tanasiga h’arakatchan tarzda birikkan va sekin-asta kattalasha borib, uchi tоsh suyagiga etmasdan erkin h’olda tugaydi.


Kоkrak-bel qismi bir-biridan aniq ajralmaganligidan u umumiy bir bоlim h’isoblanadi. Kоkrak bel bоlimidagi umurtqalarning h’ammasida qovurg’alar bоlib, ular sekin-asta kichrayib boradi. Har qaysi qovurg’a ustki-suyak va pastki-tog’ay bоlimidan tashkil topgan. Kоkrak-belning beshta umurtqasidagi (chin kоkrak umurtqalarida) gi qovurg’alar, ayniqsa, uzun qovurg’alar tоshga birikib kоkrak qafasini h’osil qiladi.
Dumg’aza qismi ikkita umurtqadan iborat. Bu umurtqalarning kоndalang оsimtalari serbar bоlib, chanoq suyagi shu оsimtalarga birikadi.
Dum qismi umurtqalari juda kоp (bir necha оnta). Ularning oldingilari dumg’oza umurtqalariga оxshash, biroq tanalari uzun, kоndalang оsimtalari ingichkaroq, ostist оsimtalar esa uzunroq bоladi. Orqadagi dum umurtqalari sekin-asta kichrayadi, ostist оsimtalari yоqoladi va kalta-kalta suyakchalarga aylanadi.
Bosh skeleti. Suvda va quruqda yashovchilarga qarshi оloraq kaltakesakning bosh skeleti suyaklardan (faqat h’idlov va qisman eshituv bоlimidagina tog’ay saqlanib qolgan) iborat bоlib, suyaklarning soni juda kоpdir. Bosh skeletining оq neurokranium va yuz vistseral bоlimlari embrional rivojlanishda mustaqil tariqqiy etsa-da, voyaga etgan h’ayvonlarda ular birikib ketadi. Bosh skeletning tarkibiga barlamchi almashinuvchi va kоp sondagi ikkilamchi-qoplovchi suyaklar kiradi.
Miya qutisi (neuokrannum). Ensa bоlimida tоrtta: ikkita ën ensa (59-rasm, 6, 2), bitta ustki ensa (59-rasm, G-3) va bitta asosiy ensa (59-rasm, G-1) suyaklari bor (kelib chiqish jih’atidan birlamchi suyaklar). Bular katta ensa teshigi (59-rasm, G-4) ni оrab olgan. Ensa teshigining gstida bitta ensa bоrtma (59-rasm, 5)si bоlib, buning vujudga kelishida asosiy ensa suyagi h’amda ën ensa suyaklari ishtirok etadi. Sudralib yuruvchi h’ayvonlarning bitta ensa bоrtmasining bоlishi ular uchun xarakterlidir. Boshning bitta ensa bоrtmasi orqali birinchi bоyin umurtqasi-atlasga birikishi, sudralib yuruvchilar boshining h’arakatchanligini taminlaydi.
Eshituv bоlimida birlamchi suyaklardan faqat bir juft (h’ar tomonda bittadan) oldingi quloq suyagi (59-rasm, G-6) saqlanib qolgan, boshqa ikkitasi esa qоshni suyaklarga (ustki quloq suyagi ustki ensa suyagiga, keyingi quloq suyagi ën suyaklariga) qоshilib ketadi.
Sudralib yuruvchilarning kоpchiligida kоzlararo tоsiq yupqa parda kоrinishida bоlib, faqat timsoq va kaltakesaklardagina qisman mayda suyakchalar mavjud. Barcha sudralib yuruvchilarning h’idlov bоlimida suyaklar yоq. Bu bоlim tog’ayligicha qolgan. Asosiy ensa suyagiga serbargina asosiy ponasimon suyak (59-rasm, B-7) qоshiladi. Bu suyak sudralib yuruvchilar va boshqa barcha amniotalarda miya qutisining tag tomonini va butun bosh skelet asosini tashkil etadi. Miya qutisi tubining oldingi qismida qoplag’ich suyakdan faqat juft dimog’ suyaklari (59-rasm, B-8) yaxshi sezilib turadi.
Umurtaqali h’ayvonlar uchun xarakterli bоlgan tubandagi qoplag’ich suyaklar miya qopqog’i va miya qutisining ën devorlarini h’osil qiladi: toq tepa suyagi (59-rasm, V-9), bir juft manglay suyagi (59-rasm, V-10) va toq burun suyagi (59-rasm, V-11). Toq burun suyagi boshqa sudralib yuruvchilarda bir juft bоlib, echkemiarda ular qоshilib toq suyakka aylangan. Echkemarning manglay suyaklari oldida juft manglay oldi suyagi (59-rasm, V-12), kоz oldi suyagi (59-rasm, V-13) va kоz kosasining oldingi devorida juft kоz ësh (59-rasm, A-14) suyaklari joylashgan.

59-rasm. Echkemarning bosh skeleti: A-ën tomondan, B-ostidan. V-ustidan, G-orqasidan kоrinishi.


1-asosiy ensa suyagi; 2-ën ensa suyagi; 3-yuqori ensa suyagi; 4-ensa teshigi; 5-ensa bоrtmasi; 6-oldingi quloq suyagi; 7-asosiy ponasimon suyak; 8-dimog’ suyagi; 9-tepa suyagi; 10-manglay suyagi; 11-burun suyagi; 12-manglay oldi suyagi; 13-kоz oldi suyagi; 14-ësh suyagi; 15-yuqori chakka chuquri; 16-manglay orqa suyagi; 17-tangacha suyak; 18-jag’oldi suyagi; 19-ustki jag’ suyagi; 20-ënoq suyagi; 21-kvadrat ënoq suyagi (reduktsiyalanishi sababli pastki chakka ëyning uzilgan joyi); 22-kvadrat suyagi; 23-qanotsimon suyak; 24-tanglay suyagi; 25-pog’ona suyagi; 26-kоndalang suyak; 27-qоshuv suyagi; 28-tish suyagi; 29-burchak suyagi; 30-burchak usti suyagi; 31-toj suyagi;

Miya qutisi (оq skeleti) ning yuqorida aytilgan qoplag’ich suyaklaridan tashqari uning chakka ëylari tarkibiga kiruvchi suyaklar bor. Echkemarda ustki chakka chuqurchasi (59-rasm, 15) orqa manglay suyagi va ustki chakka ëy (tangachasimon suyakdan iborat) bilan chegaralangan (59-rasm, 16, 17). Pastki chakka ëy tarkibidagi kvadrat-ënoq suyagi reduktsiyalanganligi sababli ën chakka ëylari tashqi tomondan bekilmasdan ochiq qolgan (59-rasm, 20). Shuning uchun echkemar bosh skeletining pastki chakka ëyi reduktsiyalangan, yani diapsid (ikki ëylik) tipda tuzilgan deyiladi. Bazi tur kaltakesaklarda qisman ustki chakka ëylar, ilonlarda esa h’ar ikkala ëy h’am reduktsiyalangan (manglay orqa suyagi bilan tangachasimon suyaklarning оzaro birikmasligi natijasida h’ar ikkala chakka chuqurchasi h’am tashqi tomondan ochiq qoladi).


Vistseral skeleti. Echkemarda tanglay-kvadrat tog’ayi elementlaridan faqat kvadrat (59-rasm, 22) suyagi h’osil bоlgan. Bu suyak miya qutisiga ustki uchi bilan h’arakatchan tarzda birikib, uning pastki uchiga esa pastki jag’ qоshiladi. Kvadrat suyagining oldida qanotsimon suyak (59-rasm, 23) h’amda yuqori jag’ va dimog’ suyaklari bilan birlashuvchi tanglay suyak (59-rasm, 24) lar joylashgan. Bu suyaklarning h’ammasi juft bоlib, bulardan faqat kvadrat suyagi tog’aydan tashkil topgan. Qanotsimon suyakdan yuqoriga tomon pog’onasimon suyak (59-rasm, 25) chiqadi. Bu juft suyak qanotsimon suyak bilan tepa suyaklarni birlashtiradi va h’ozirgi zamon sudralib yuruvchilaridan faqat kaltakesaklar h’amda gatteriyalargagina xos. Bundan tashqari, qanotsimon suyakdan kоndalang suyak (54-rasm, 26) lar chiqib оzining oldingi uchi bilan yuqori jag’ suyaklariga birikadi. İkkilamchi yuqori jag’ tarkibiga jag’ oldi (59-rasm, 18) va yuqori jag’ (59-rasm, 19) suyaklari kiradi. Pastki jag’ning asosiy qismini makkel tog’ayiga gomolog bоlgan qоshuvchi suyak (59-rasm, 27) tashkil etadi va u kvadrat suyak bilan birikadi. Shuningdek, pastki jag’ tarkibiga tubandagi ikkilamchi suyaklar: tish suyagi (59-rasm, 28), burchak suyagi (59-rasm, 29), burchak usti suyagi (59-rasm, 30), toj suyagi (59-rasm, 31) kiradi Sudralib yuruvchilarning jag’aro, yuqori jag’ va tish suyaklarida (toshbaqalardan tashqari) mayda-mayda konussimon tishlar bоladi. Tishlar bazan bir oz orqaga qayrilgan bоlib, asosi suyaklarga qоshilib оsgan, ular faqat ovqatni tutish va ushlab turish vazifasini bajaradi.
Til osti ëyi suvda va quruqlikda yashovchi h’ayvonlarniki kabi ëylarning miya qutisiga birikishida ishtirok etmaydi, yani оz funktsiyasini butunlay yоqotgan. Uning ustki (giomandibulyar) elementi оrta quloq tarkibiga kirib, eshitiv suyakchasi-uzangiga aylangan. Til osti ëyining qolgan qismi (gioid) oldingi jabra ëylarining qoldiqlari bilan birgalikda til osti apparatini tashkil etadi. Til osti apparati bitta tana va uch juft shoxchadan iborat. Uning tog’ay tanachasi bir-biriga qоshilib ketgan kopulaga, oldingi shoxlari-gioidga, оrta va orqa shoxlari esa ikkita oldingi jabra ëylarining elementlariga gomologdir.



Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling