Mashg‘ulot turi: Amaliy -5 Mavzu: ishlatilgan moylarni qayta tiklash va tozalash. Ishning maqsadi


-rasm. Ishlatilgan moylarni tozalash PUOM-100 qurilmasining sxemasi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana09.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1181843
1   2   3   4
Bog'liq
5-Amaliy (1)

 
6.3-rasm. Ishlatilgan moylarni tozalash PUOM-100 qurilmasining sxemasi. 
 
Qurilmaning tuzilishi. Qurilma harakatlanuvchan tipda tayyorlangan 
bo‘lib, uning telejkasi (1) 4 ta g‘ildirakka o‘rnatilgan. Telejka (1) ga ishlatilgan 
moy baki 
(2), tozalangan moy baki (3), dag‘al tozalash filtri (4), manometr (5), 
mayin tozalash filtri 
(6), uch pozitsiyali kranlar, elektrodvigatel (8), shesternyali 
nasos 
(9) va nazorat-o‘lchov asboblari o‘rnatilgan.
Ishlatilgan moy baki 
(2) ning ustki qismiga moy quyish bo‘g‘zi 
joylashtirilgan. Moy quyish bo‘g‘zining ichki qismiga esa dag‘al filtr vazifasini 
o‘tovchi setka joylashtirilgan. Bakning ichiga quvvati 1,1 kVt bo‘lgan elektr 
qizdirgichi o‘rnatilgan. Bakning qopqog‘iga ikkita tirqish qo‘yilgan bo‘lib, 
bittasiga termometr joylashtiriladi, ikkinchisi esa suv va yonilg‘i bug‘larini 
atmosferaga chiqarish uchun xizmat qiladi.
Tozalangan moy baki 3 ning ustki qopqog‘i germetik yopilgan, pastki 
qismiga esa to‘kish ventili (V3) o‘rnatilgan. 
Dastlabki va mayin tozalash filtrlari metallokeramikadan tayyorlangan 
bo‘lib, dag‘al tozalash filtrining mayinligi 60 mkm, mayin tozalashniki esa 3 mkm 
ni tashkil etadi. 
Qurilma ikki dona uch pozitsiyali kran bilan jihozlangan. Uch pozitsiyali 
kranlar quyidagicha ishlaydi.



6.4-rasm. PUOM-100 qurilmasinida moy tozalash tartibi. 
1- moy idishi; 2-qizdirgich; 3-termometr; 4-termoregulyator; 5-nasjs; 6-
dastlabki tozalash filtri; 7-mtmbranali filtir; 8-moy idishi. 
(V2) kran dastasi o‘rtadagi holatda – yopiq. Agar dasta chap tomonga 
buralsa nasos haydayotgan suyuqlik dastlabki tozalash filtri orqali ishlatilgan moy 
bakiga yo‘naltiriladi. 
Dasta o‘ng tomonga buralsa, nasos haydayotgan moy mayin filtr orqali 
tozalangan moy bakiga tushadi. 
(V1) va (V2) kranlarining holatlari moyni hohlagan tomonga yo‘naltirishga 
va uni tizimda aylanib turishga imkon beradi. 
Agar (V1) krani dastasi chapga, (V2) krani dastasi ham chapga buralsa 
ishlatilgan moy bakidagi suyuqlik nasos yordamida dastlabki tozalash filtriga, 
so‘ngra yana qaytib ishlatilgan moy bakiga tushadi. Bunda moy dastlabki tozalash 
jarayonidan o‘tadi. 
Agar (V1) krani dastasi chapga, (V2) krani dastasi esa o‘nga buralsa 
ishlatilgan moy bakidagi suyuqlik nasos yordamida mayin tozalash filtriga va 
so‘ngra tozalangan moy tozalangan moy bakiga tushadi. Bunda ishlatilgan moy 
bakidagi suyuqlikni tozalangan moy bakiga haydash imkonini beradi. 
Agar (V1) va (V2) kranlari dastalari o‘nga buralsa tozalangan moy bakidagi 
suyuqlik nasos orqali mayin tozalash filtriga so‘ngra yana tozalangan moy bakiga 
tushadi. Bu mayin tozalash jarayonini amalga oshirish imkonini beradi. 
Agar (V1) krani dastasi o‘ngga, (V2) krani dastasi esa chapga buralsa 
tozalangan moy bakidagi suyuqlik ishlatilgan moy bakiga haydaladi. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling