Mashg‘ulot turi: ma’ruza Mavzu: Islom dini va ta’limoti Mavzu rejasi
Download 114.6 Kb. Pdf ko'rish
|
\'2 ìàúðóçà ëîò (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Allohning borligi va birligiga imon keltirish
- Oxirat kuniga ishonish
Islom ta’limoti. Islom so‘zi arabcha – Allohga o‘zni topshirish, itoat etish, taslim bo‘lish, bo‘ysunish ma’nolarini beradi. Islom dini ta’limoti bo‘yicha, Muhammad payg‘ambar avvalgi payg‘ambarlar (O‘rta Er havzasi sivilizatsiyasi ichida ma’lum bo‘lgan) ishini davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg‘ambar (Xotam al-anbiyo’) – nabiy va rasul deb tan olinadi. Islom dini ichidagi uch asosiy oqimlardan biri bo‘lgan sunniylikda IX asrga kelib besh arkon (rukn – arabcha «ustun» ma’nosini anglatadi) haqidagi ta’limot shakllanadi. Ko‘pchilik ulamolar fikricha, ular quyidagilar: 1. imon; 2. namoz (arabcha – salot); 3. zakot; 4. ro‘za (arabcha – savm); 5. hajj; Imon. Imon masalasida islomda (ahl as-sunna, shi‘alar, xavorijlar ichida) avvalgi davrda turli maktablar vujudga kelib, ular shu kungacha rivojlanib kelmoqdalar. Ba’zi ta’limotlar (masalan, mu’tazila, murji’a) yo‘qolib, yangi teologik maktablar paydo bo‘lgan. SHuningdek, ko‘p hollarda alohida olingan mashhur mutafakkir-ulamoning shaxsiy yo‘li (mazhabi) ancha xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ahl as-sunna va-l-jamoa ichida klassik davrda ikki asosiy maktab – moturidiylar va ash’ariylar kuchli mavqega ega bo‘ldilar. Masalan, moturidiylar nazdida aqida masalalarida quyidagicha fikr mavjud: «Imon» so‘zining lug‘aviy ma’nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo‘lib, istilohda esa Lo iloha illa-lloh, Muhammadun rasululloh («Allohdan o‘zga ilohiyat yo‘q va Muhammad – Allohning payg‘ambari») kalimasini til bilan aytib (al-iqror bi-l- lison), dil bilan tasdiqlash (at-tasdiq bi-l-qalb) demakdir. Mazkur ta’limot boshqalaridan imon masalasida amalni alohidalashi bilan farqlanadi. Imonning etti sharti bor. Ular: 7 – Allohning borligi va birligiga imon keltirish, ya’ni Allohning Qur’oni karimda va Muhammad payg‘ambar hadislarida bayon qilingan barcha ismlari va sifatlariga imon keltirish. – Ibodat qilish va sig‘inishga undan o‘zga loyiq zot yo‘q deb bilish, uning barcha buyruqlarini qabul qilish va barcha qaytargan narsalaridan qaytish. Qur’onning «al-Ixlos» (112-) surasida Alloh taoloning yagonaligini shunday ta’riflanadi: «Aytgin (Ey, Muhammad payg‘ambar): Alloh yagonadir, beniyozdir (hech kim va hech narsaga muhtoj emas, balki barcha unga muhtojdir), tug‘magan, tug‘ilmagan va uning tengi yo‘qdir» (Qur’on, 112:1-4); – farishtalarning borligiga imon keltirish. – Farishtalar (malo’ika) Allohning nurdan yaratgan, uning buyruqlarini so‘zsiz bajaruvchi, uning amridan tashqari chiqmaydigan xos bandalaridir. Ulardan Jabro’il (Jibril), Miko’il (Mikol) kabi buyuk farishtalarning nomlari Qur’onda zikr etilgan. Jabro’il farishtaning vazifalaridan biri payg‘ambarlarga Allohning vahylarini etkazish bo‘lgan. Farishtalardan ba’zilari odamlar bilan doim birga bo‘lib, ularning yaxshi va yomon ishlarini yozib boradilar. Qur’onda ular «Kirom kotibun» (mukarram kotiblar) deb zikr etilgan (Qur’on, 82: 10-12). Bundan tashqari, tafsir kitoblarida Isrofil, Azro’il nomli farishtalarning ismlari qayd etilgan. Qur’on va hadislarda farishtalar haqida juda ko‘p erda so‘z yuritilgan. Ularga ishonish imonning shartlaridandir; – ilohiy kitoblarga imon keltirish. – Alloh Muhammad payg‘ambarga Qur’onni nozil qilganidek, boshqa payg‘ambarlarga ham kitoblar tushirgan. Ulardan bizga ma’lum bo‘lganlari: Ibrohim payg‘ambarga «Sahifalar», Muso payg‘ambarga «Tavrot», Dovud payg‘ambarga «Zabur» va Iso payg‘ambarga berilgan «Injil» kitoblaridir. Ulardan boshqa payg‘ambarlarga yuborilgan kitoblar haqida Qur’on va hadislarda xabar berilmagan. YUqorida nomlari zikr etilgan kitoblarning barchasi Qur’onda Alloh tomonidan nozil qilingan deb ta’kidlanganligi sababli ularga shunday deb ishonish imonning shartlaridan hisoblanadi. Islom ta’limotiga ko‘ra, oldingi ilohiy kitoblar buzilib ketganligi sababidan Qur’on ularning ta’limotini tiklab kelgan; – payg‘ambarlarning haqligiga imon keltirish. – Alloh insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun payg‘ambarlar yuborgan. Barcha payg‘ambarlar bir zanjirning bo‘g‘inlari kabidirlar. Qur’onda 25 payg‘ambarning nomlari zikr etilgan. Hadislarda payg‘ambarlarning umumiy soni 124 ming ekanligi bayon qilingan. Musulmonlar uchun ulardan Qur’onda nomi zikr qilingan va zikr qilinmaganlarning barchasiga barobar imon keltirish shart; – Oxirat kuniga ishonish. – Dunyoning ibtidosi bo‘lgani kabi uning intihosi ham bor. Islom ta’limotiga ko‘ra, bu dunyo bir sinov maydonidir. Bu dunyoda qilingan savob ishlar uchun mukofot, gunoh ishlar uchun jazo beriladigan oxirat hayoti mavjud. Qiyomat kuniga va oxirat hayotiga ishonish islomning asosiy g‘oyalaridan biridir; – taqdirga – inson boshiga tushgan yaxshiligu yomonlik Allohdan ekaniga Download 114.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling