Mashg‘ulot turi: ma’ruza Mavzu: Islom dini va ta’limoti Mavzu rejasi


Download 114.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana02.11.2023
Hajmi114.6 Kb.
#1741010
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
\'2 ìàúðóçà ëîò (1)

 
Islom ta’limoti. Islom so‘zi arabcha – Allohga o‘zni topshirish, itoat etish
taslim bo‘lish, bo‘ysunish ma’nolarini beradi. Islom dini ta’limoti bo‘yicha, 
Muhammad payg‘ambar avvalgi payg‘ambarlar (O‘rta Er havzasi sivilizatsiyasi 
ichida ma’lum bo‘lgan) ishini davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, qiyomat 
oldidan yuborilgan oxirgi payg‘ambar (Xotam al-anbiyo’) – nabiy va rasul deb tan 
olinadi.
Islom dini ichidagi uch asosiy oqimlardan biri bo‘lgan sunniylikda IX asrga 
kelib besh arkon (rukn – arabcha «ustun» ma’nosini anglatadi) haqidagi ta’limot 
shakllanadi. Ko‘pchilik ulamolar fikricha, ular quyidagilar: 
1. 
imon; 
2. 
namoz (arabcha – salot); 
3. 
zakot; 
4. 
ro‘za (arabcha – savm); 
5. 
hajj; 
 
Imon. Imon masalasida islomda (ahl as-sunna, shi‘alar, xavorijlar ichida) 
avvalgi davrda turli maktablar vujudga kelib, ular shu kungacha rivojlanib 
kelmoqdalar. Ba’zi ta’limotlar (masalan, mu’tazila, murji’a) yo‘qolib, yangi 
teologik maktablar paydo bo‘lgan. SHuningdek, ko‘p hollarda alohida olingan 
mashhur mutafakkir-ulamoning shaxsiy yo‘li (mazhabi) ancha xususiyatlarga ega 
bo‘ladi. Ahl as-sunna va-l-jamoa ichida klassik davrda ikki asosiy maktab – 
moturidiylar va ash’ariylar kuchli mavqega ega bo‘ldilar. Masalan, moturidiylar 
nazdida aqida masalalarida quyidagicha fikr mavjud: 
«Imon» so‘zining lug‘aviy ma’nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo‘lib, istilohda esa 
Lo iloha illa-lloh, Muhammadun rasululloh («Allohdan o‘zga ilohiyat yo‘q va 
Muhammad – Allohning payg‘ambari») kalimasini til bilan aytib (al-iqror bi-l-
lison), dil bilan tasdiqlash (at-tasdiq bi-l-qalb) demakdir. Mazkur ta’limot 
boshqalaridan imon masalasida amalni alohidalashi bilan farqlanadi. Imonning etti 
sharti bor. Ular:



Allohning borligi va birligiga imon keltirish, ya’ni Allohning Qur’oni 
karimda va Muhammad payg‘ambar hadislarida bayon qilingan barcha ismlari va 
sifatlariga imon keltirish.
– Ibodat qilish va sig‘inishga undan o‘zga loyiq zot yo‘q deb bilish, uning 
barcha buyruqlarini qabul qilish va barcha qaytargan narsalaridan qaytish. 
Qur’onning «al-Ixlos» (112-) surasida Alloh taoloning yagonaligini shunday 
ta’riflanadi: «Aytgin (Ey, Muhammad payg‘ambar): Alloh yagonadir, beniyozdir 
(hech kim va hech narsaga muhtoj emas, balki barcha unga muhtojdir), tug‘magan, 
tug‘ilmagan va uning tengi yo‘qdir» (Qur’on, 112:1-4);
farishtalarning borligiga imon keltirish.
– Farishtalar (malo’ika) Allohning nurdan yaratgan, uning buyruqlarini so‘zsiz 
bajaruvchi, uning amridan tashqari chiqmaydigan xos bandalaridir. Ulardan 
Jabro’il (Jibril), Miko’il (Mikol) kabi buyuk farishtalarning nomlari Qur’onda zikr 
etilgan. Jabro’il farishtaning vazifalaridan biri payg‘ambarlarga Allohning 
vahylarini etkazish bo‘lgan. Farishtalardan ba’zilari odamlar bilan doim birga 
bo‘lib, ularning yaxshi va yomon ishlarini yozib boradilar. Qur’onda ular «Kirom 
kotibun» (mukarram kotiblar) deb zikr etilgan (Qur’on, 82: 10-12). Bundan 
tashqari, tafsir kitoblarida Isrofil, Azro’il nomli farishtalarning ismlari qayd 
etilgan. Qur’on va hadislarda farishtalar haqida juda ko‘p erda so‘z yuritilgan. 
Ularga ishonish imonning shartlaridandir; 
ilohiy kitoblarga imon keltirish. 
– Alloh Muhammad payg‘ambarga Qur’onni nozil qilganidek, boshqa 
payg‘ambarlarga ham kitoblar tushirgan. Ulardan bizga ma’lum bo‘lganlari: 
Ibrohim payg‘ambarga «Sahifalar», Muso payg‘ambarga «Tavrot», Dovud 
payg‘ambarga «Zabur» va Iso payg‘ambarga berilgan «Injil» kitoblaridir. Ulardan 
boshqa payg‘ambarlarga yuborilgan kitoblar haqida Qur’on va hadislarda xabar 
berilmagan. YUqorida nomlari zikr etilgan kitoblarning barchasi Qur’onda Alloh 
tomonidan nozil qilingan deb ta’kidlanganligi sababli ularga shunday deb ishonish 
imonning shartlaridan hisoblanadi. Islom ta’limotiga ko‘ra, oldingi ilohiy kitoblar 
buzilib ketganligi sababidan Qur’on ularning ta’limotini tiklab kelgan; 
payg‘ambarlarning haqligiga imon keltirish.  
– Alloh insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun payg‘ambarlar yuborgan. 
Barcha payg‘ambarlar bir zanjirning bo‘g‘inlari kabidirlar. Qur’onda 25 
payg‘ambarning nomlari zikr etilgan. Hadislarda payg‘ambarlarning umumiy soni 
124 ming ekanligi bayon qilingan. Musulmonlar uchun ulardan Qur’onda nomi 
zikr qilingan va zikr qilinmaganlarning barchasiga barobar imon keltirish shart;
Oxirat kuniga ishonish.
– Dunyoning ibtidosi bo‘lgani kabi uning intihosi ham bor. Islom ta’limotiga 
ko‘ra, bu dunyo bir sinov maydonidir. Bu dunyoda qilingan savob ishlar uchun 
mukofot, gunoh ishlar uchun jazo beriladigan oxirat hayoti mavjud. Qiyomat 
kuniga va oxirat hayotiga ishonish islomning asosiy g‘oyalaridan biridir; 
taqdirga – inson boshiga tushgan yaxshiligu yomonlik Allohdan ekaniga 

Download 114.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling