Mashg’ulot turi: ma’ruza


Download 39.17 Kb.
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi39.17 Kb.
#1166655
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8-MAVZU


Mashg’ulot turi: ma’ruza.27.10.2021.
8-Mavzu: Pedagogik akmeologiyaning asosiy muammolari. Kasbiy kompetentlilik.
Mavzu rejasi:
1.Kasbiy kompetentlilik.
2. Kasbiy kompetentlilikni shakllantirish.
3. Kasbiy kompetentlikning mohiyati


Tayanch tushunchalar: refleksiv kompetentlik, autopsixologik kompetentlik, kasbiy kompetentlik, kasbiy muloqot, professionalizm, kichik “akme”, katta “akme”, novatorlik tajribasi, kasbiy “akme”.


VII. 1. Akmeologiyaning asosiy muammolari
Kasbiy rivojlanishdagi “akme” yoki kasbiy “akme” shaxsning kasbiy rivojlanish jarayonida muayyan vaqt oralig‘i uchun xos bo‘lgan u uchun eng yuqori daraja hisoblangan psixik holatdir. Kasbiy “akme” barcha kasbiy qobiliyatlarni safarbar etish, ro‘yobga chiqarish, imkoniyatlarini maksimal tarzda namoyon etish, hayotining muayyan bosqichida ortiqcha zo‘riqishlarsiz, inson imkoniyatlarining chegarasidan o‘tmagan holda yutuqlarga erishishni ta’minlaydigan psixik holatdir.
Inson tomonidan eng yuqori cho‘qqilarga erishishning shakli sifatida kasbiy “akme” B.G.Ananev, A.A.Bodalev, A.A.Derkach, Ye.A Zazikin, Ye.A.Klimov, N.V.Kuzmina, A.K.Markovalar tomonidan o‘rganilgan va tavsiflab berilgan.
Kasbiy “akme” muayyan vaqt oralig‘idagi shaxsning kasbiy rivojlanishining kulminatsiyasi, eng qaynoq nuqtasidir. B.G.Anaev kulminatsiya deganda, inson tomonidan o‘zi uchun eng qadrli narsalarni ijod qilishda yuksak samaradorlikka erishish davrini tushunadi. Kulminatsiyaning bosqichlari esa, B.G.Ananevning fikricha, vaqt, faoliyat, kasbiy tayyorgarlik metodlariga bog‘liq bo‘ladi.
Kasbiy rivojlanishdagi “akme” vaqtga ko‘ra kishining individ sifatidagi va shaxs sifatidagi “akme”siga mos kelmasligi mumkin. Insonning individ, shaxs va kasbiy faoliyat sub’ekti sifatidagi rivojlanishining “tig‘iz” payti turli davrlarda ro‘y berishi mumkin.
Har bir kishi o‘z hayoti davomida turlicha ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasbiy “akme”ga erishishi mumkin.
Ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega kasbiy “akme” alohida insonning eng yuqori darajadagi kasbiy muvaffaqiyatlari bo‘lib, hamkasblari va atrofdagilar tomonidan e’tirof etilgan, jamiyat uchun zarur bo‘lgan natija, me’yoriy darajani ortda qoldiruvchi ko‘rsatkichdir. Mehnatning bunday natijasi, odatda, kasbiy mahoratni va undan kasbiy ijodkorlikka o‘tishni ifodalaydi. Agar u kasbiy tajriba chegaralaridan chetga chiqsa, kasbiy faoliyatga yangi vazifa, usul, texnologiya, umuman, yangi natijalarni olib kirish bilan birga kasb tajribasiga o‘zining yangi individual ijodiy ulushini qo‘shadi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy “akme” o‘zida ilg‘or yutuqlar (nazariy g‘oyalar va kashfiyotlar), alohida ijodiy topilmalar, novatorlik tajribasi va boshqalarni aks ettirishi mumkin. Ba’zan esa yirik muvaffaqiyatlar bilan bir qatorda qo‘rsatkichlarning pasayishi, ijoddagi tanaffuslar, quyi darajadagi natija, faoliyatning sustlashishi va boshqalar kuzatilishi mumkin. Odatda insonlar haqida ular erishgan yutuqlarga qarab fikr yuritishadi.
Shaxsiy ahamiyatga ega kasbiy “akme” – alohida kishining kasbiy muvaffaqiyatining eng yuqori darajasi bo‘lib, avval erishilgan natijalarni sezilarli tarzda ortda qoldirishdir. Mazkur yutuqlar hamkasblari tomonidan e’tirof etilmasligi mumkin, ammo kishining o‘zi shu vaqt ichida professionalizm darajasiga erishishning maksimal imkoniyati sifatida anglanadi va baholanadi.
Individual sub’ektiv ahamiyatga ega kasbiy “akme” – kishining o‘z ustidan g‘alaba qozonishi, kuchlarini safarbar etishi, dastlab erishgan natijalaridan o‘zib ketishi, o‘zi uchun yangi hisoblangan professionalizm darajasiga ko‘tarilishi, kasbiy mahoratning rivojlanishi uchun ilg‘or shart-sharoit yaratishda namoyon bo‘ladi.
Sub’ektiv ahamiyatga ega kasbiy “akme” xamma vaqt ham kasbdoshlar jamiyati tomonidan e’tirof etilmasa ham, mutaxassis uning imkoniyat va yangi yutuqlarini qanday baholashlariga befarq emas.
Kasbiy “akme”ning yuqori cho‘qqilarning miqdori, “tig‘izliklar”, ko‘tarilish darajasiga bir necha turlarini farqlash mumkin:

  • katta “akme” – insonning butun hayoti davomida erishgan eng asosiy muvaffaqiyati, avvalgi ko‘rsatkichlardan o‘zib ketuvchi kasbiy natijalarning tig‘izlashuvi, kasbiy faoliyatdagi yutuqlardan iborat bo‘lib, u bir cho‘qqili “akme” deb nomlanadi;

  • kichik “akme” – mutaxassisning kasbiy faoliyatdagi bir necha marotaba takrorlanadigan, katta “akme”dan avval ro‘y beradigan muvaffaqiyat, ya’ni ko‘p cho‘qqili “akme”.

Kasbiy faoliyatdagi “akme”lar bir-biridan quyidagi xususiyatlarga ko‘ra farq qilishi mumkin:

  • muddati va vaqt chegaralariga ko‘ra (kunlar, haftalar, oylar, ba’zan yillar);

  • masshtabi yoki ko‘lamiga ko‘ra (bir yoki bir necha kasbiy va ijtimoiy faoliyatni qamrab olishi).

Kasbiy “akme” umumiy kasbiy rivojlanish jarayonidagi o‘rniga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin:

  • kasbiy “akme” pasayish yoki turg‘unlik davrlaridan keyin (yashirin rivojlanayotganga o‘xshab), ba’zan barqarorlashuvdan so‘ng namoyon bo‘lishi mumkin;

  • kasbiy “akme”ning o‘zi pasayishga, bo‘shliqqa, rivojlanishdagi inqirozga sabab bo‘lishi mumkin;

  • kasbiy “akme” yangi “akme”ning paydo bo‘lishiga, ko‘tarilish va innovatsiyalarga olib kelishi mumkin.

Kasbiy “akme” bir-biridan ichki tuzilishiga ko‘ra ham farq qilishi mumkin:

  • barqaror darajadagi kasbiy muvaffaqiyatlar, bir maromda davom etuvchi natijalar;

  • “sakrash”ga o‘xshagan bir necha faoliyatni faollashtirish bosqichlari.

Har bir kishida kasbiy “akme” mavjudligini va uning tabiatini baholash uchun mazkur kasb bilan shug‘ullanish jarayonida shakllangan professionalizm va kasbiy loyiqlik yoki kompetentlik ko‘rsatkichlarini inobatga olish zarur. Kasbiy “akme”ni aniqlash va baholash alohida ijtimoiy-tarixiy davrda mazkur kasbiy faoliyatda shakllangan professionalizm va professional kompetentlikning ko‘rsatkichlari qanday tushunilishiga bog‘liqdir.
Professionalizm – inson mehnat faoliyatining integral psixologik tavsifi bo‘lib, uning kasbni qanday o‘zlashtirganligi, shu kasbning zamonaviy bosqichiga xos namunalar asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘zida aks ettiradi.
Professionalizm o‘z ichiga kishining yuqori darajadagi mehnat samaradorligiga erishishi, boshqalar bilan o‘zaro ta’sir jarayonida kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli bajara olishi, mehnat kishisiga xos bo‘lgan muhim kasbiy sifatlarning mavjudligini qamrab oladi. Shuning uchun ham professionalizm mehnat faoliyatining uchta tomonini – kasbiy faoliyat, kasbiy muloqot va mutaxassis shaxsini o‘z ichiga oladi.
Kasbiy faoliyat – kishining ijtimoiy va shaxsiy, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ne’matlar yaratish uchun yo‘naltirilgan, mehnat predmetlarini qayta o‘zgartirishga qaratilgan faolligidir.
Kasbiy muloqot mehnat predmetlarini qayta o‘zgartirish jarayonida boshqalar bilan o‘zaro ta’sir etish va hamkorlik qilishga yo‘naltirilgan faolligidir. U kasbiy faoliyat samaradorligini oshirish vositalaridan biri sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.
Mutaxassis (professional o‘z ishining ustasi) shaxsi mehnat kishisining psixik xususiyatlari, sifatlari va holatlari yig‘indisidan iborat bo‘lib, u kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishi uchun imkoniyat yaratadi hamda mehnat jarayonida o‘zgaradi va takomillashib boradi.
Kasbiy “akme“ kasbiy faoliyatning yuqori darajasini, kasbiy muloqot va shaxs еtukligini egallashda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun shaxs, faoliyat va muloqot еtukligi ko‘rsatkichi kasbiy “akme”ning shakl va turlari mavjudligining mezoni sifatida qaralishi mumkin.
Kasbiy faoliyat samaradorligining ko‘rsatkichlari quyidagilar:


  1. Download 39.17 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling