Mashg’ulot uchun ajratilgan soat: 2 soat. Laboratoriya jihozlari
Download 1.27 Mb.
|
LABORATORIYA ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Ishning maqsadi
- III. Topshiriqlar
LABORATORIYA ISHI № 1 Bajarish muddati: Bajarilish muddatiga dars jadvali asosida laboratoriya o'tkazilgan sana qo'yiladi Mashg’ulot uchun ajratilgan soat: 2 soat. Laboratoriya jihozlari: Microsoft Word va MS Exel dasturi Mavzu: Matnni qidirish va almashtirish. Avtomatn (Автотекст) elementlarini yaratish. Wordda grafika va jadval. Excelda ma'Iumotni statistik qayta ishlash va ularning diagrammasini qurish. I. Ishning maqsadi: Talabalarda Microsoft Word muharrirda matnljarni qidirish, almashtirish , avtomatn elementlari bilan ishlash va Excelda ma'Iumotni statistik qayta ishlash va ularning diagrammasini qurish ko’nikmalarini hosil qilish.
MS WORD - yordamida ixtiyoriy ko'rinishdagi xujjatni juda tez va yuqori sifatda tayorlash mumkin. Dasturning yana bir qulaylik tomoni shundan iboratki, unda bir nechta xujjatlar bilan, ya'ni ularni qo'shish, biridan ikkinchisiga kerakli joyni olib ko'chirish, matn oldiga tasvir tushirish, jadval tashkil qilish, turli shriftlar bilan ishlash, xarflarni istalgan shaklda yetarlicha katta formatda chop etish mumkin. Lekin MS WORD - ayrim "kamchiliklar" dan ham holi emas. Masalan: matematik ifodalar va kimyoviy formulalarni kiritishda katta qiyinchiliklar mavjud. Bundan tashqari, juda murakkab strukturali poligrafik (atlaslar, albomlar va jurnal muqovalari) materiallarini tayorlashda noqulaylik yuzaga keladi. Qayd ayetilgan ishlar ko’lami Excelning asosiy imkoniyatlarini belgilaydi.Excel electron jadvali 16384 ta qator va 256 ustundan iborat.Qatorlar 1da 16384 gacha raqamlangan ,ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari (A,B,….,AA,AB,…..IV) bilan belgilangan.Qator va ustunlar kesishmasida elektron jadvalning tarkibiy asosiy elementi-yacheyka joylashgan. Har bir yacheykaga son ,matn yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi.Ustun kengligini va qator balandligini o’zgartirish ham mumkin. Elektron jadvalning tanlangan yacheykasiga o’tish uchun aniq manzil ko’rsatilishi shart. Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minotining tarkibiy qismiga kiruvchi MICROSOFT OFFICE paketidagi asosiy vositalardan biri jadval protsessori deb ataluvchi EXCEL dastiridir.EXCEL WINDOWS operatsion qobiq boshqaruvida electron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov berishga mo’ljallangan .III. Topshiriqlar: 1.Microsoft Word muharriri asosiy oynagi bilan tanishing 2.Guruh talabalarining sotsio-psixologik portreti ma’lumotlarini Avtomatn elementlaridan foydalangan holda yarating. 3.Bir xil yo’l qo’yilgan xatoliklarni qidiring va almashtiring. 4. Вставка menyusi Иллюстрации bo’limi tarkibi va vazifalariga ta’rif bering.
5. Tanlangan grafik ob’ektni Формат menyusi elementlaridan foydalanib tahrirlang. 6. Вставка menyusi Таблица bo’limi tarkibi va vazifalariga ta’rif bering. 7. Jadval qo’yishning turli usullarini bajaring. 8. Exelda berilgan [a;b] oraliqda belgilangan 𝜀 aniqlikda 𝑦 = 𝑓(𝑥) funktsiyaning x argument qiymatlariga ko’ra y funktsiya qiymatlarini hisoblash jadvalini yarating. 9. Yaratilgan jadval qiymatlariga ko’ra Вставка menyisi Диаграммы bo’limidan Точечная с гладкими кривыми bandi orqali diagrammalar yasang.
Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling