Mashg’ulotlar uchun
Nafas olishning to‘xtashi, belgilari. Tez yordam, sun’iy nafas oldirish usullari
Download 0.61 Mb.
|
TIBBIY BILIM ASOSLARI
Nafas olishning to‘xtashi, belgilari. Tez yordam, sun’iy nafas oldirish usullari.
Ko‘p hollarda nafas olishning buzilishi terminal holatlarga olib keladi. O‘tkir etishmovchilik deganda, shunday holat nazarda tutiladiki, bunda organizmning hamma himoya kompensator sistemalarining yuqori kuchlanishi arterial qonning normal oksidlanishi va karbonat angidrid gazining chiqarilishini ta’minlay olmaydi. O‘tkir nafas olishning buzilishi sabablari: og‘riq, nafas olish biomexanikasining buzilishi, traxeobronxial tutilish sindromi, nafas markaziy regulyatsiyasining buzilishi, alveolalarda diffuziya jarayoni va o‘pkada qon almashishning buzilishidir. Tashqi nafas olishning buzilishi, uchta asosiy sindromlar bilan ko‘rinuvchi gaz almashinuvining buzilishiga olib keladi. Bular gipoksemiya, to‘qimalardagi gipoksemiya va gipoksiyalardir (O2 etishmasligi) nafas etishmovchiligining boshlang‘ich davrida klinik ko‘rinish kasalliklarning butunlay passivligi, tez-tez yuzaki nafas olish, kuchli terlash va yurak urushining kuchayishi bilan xarakterlanadi. Bunda yurak urushining kuchayishi, yurak faoliyatining etishmovchiligiga nisbatan, arterial bosim oshishi bilan namoyon bo‘ladi. Muhim simptomlardan kuchli xirillash, chala yo‘tal yoki butunlay yo‘talmaslik hisoblanadi. Keyinchalik giperkapniya rivojlanishi natijasida ikkilamchi yurak faoliyati etishmovchiligi yuzaga keldi: yurak urishi tezlashadi, arterial bosim tushib ketadi, nafas maromi buziladi, bemor alaxsiray boshlaydi va gipoksemik komaga tushib qoladi. Tashqi nafasning buzilishi oxir oqibatda yurak faoliyati va nafas olishning to‘xtab qolishiga olib keladi. Nafas olishning to‘xtashi - bu asorat. Nafas yo‘liga qattiq yoki suyuq yot jismlarning tushishida (suvga cho‘kish, qusganda, ovqatlanishda); astma (bo‘g‘ma) kasalligida, zahar bilan zaharlanishda va boshqa holatlarda yuzaga keladi. Sabablarga ko‘ra klinik ko‘rinishi har xil bo‘ladi. O‘pka sun’iy ventilyatsiyasi (O‘SV)
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling