Mashg’ulotlar uchun


Tez yordam: bosuvchi bog‘lam, jgut qo‘yish, qo‘l yoki oyoqni baland holatga keltirish, maksimal bukish, arteriyalarni kesish joylari


Download 0.61 Mb.
bet82/104
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1059386
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   104
Bog'liq
TIBBIY BILIM ASOSLARI

Tez yordam: bosuvchi bog‘lam, jgut qo‘yish, qo‘l yoki oyoqni baland holatga keltirish, maksimal bukish, arteriyalarni kesish joylari.
Qon ketishini vaqtincha to‘xtatishda jgut qo‘yish, eng ishonchli va keng tarqalgan usul hisoblanadi. Qon ketishini to‘xtatuvchi 4 xil jgut mavjud: matodan burmali, enli rezinali lentasimon, esmarx naysimon, enli lentasimon jgut. To‘qimalarning kamroq shikastlanishi uchun enli lentasimon jgutlardan foydalanish yaxshiroq. Qon ketishi joyiga qarab, qon to‘xtatuvchi jgut qo‘ltiq osti sohasiga, elkaning yuqori qismiga, sonning yuqori va pastki qismiga qo‘yiladi.
Kollateral qon bilan ta’minlanish boldirda etarli rivojlanmaganligi tufayli, bu joylarga jgut qo‘yish tavsiya etilmaydi.
Jgut qo‘yishning quyidagi qoidalari mavjud:
a) qon ketishini vaqtincha to‘xtatish uchun tomirni barmoq bilan bosish;
b) markaziy yaralar va unga yaqin teriga, jgut qo‘yilishi lozim bo‘lgan joyga kiyim yoki yumshoq matodan yostiqcha (prokladka) qo‘yiladi (ro‘mol, bint, kiyim va boshqalardan), faqat ularning burishgan joylari bo‘lmasligi kerak;
v) qo‘l-oyoqlardan vena qonning oqib ketishini ta’minlash uchun ular 20-30 sekund yuqoriga ko‘tariladi;
g) jgut o‘ng qo‘l bilan zanjirga yaqin erdan ushlanib, chap qo‘l bilan uni 30-40 sm o‘rta qismigacha ushlab turiladi;
d) jgut qo‘l - bilan cho‘ziladi va birinchi tur aylantirib o‘ralgandan so‘ng, ikkinchisi uning o‘rnini bosib turishi kerak;
e) jgutning to‘g‘ri qo‘yilganini bilish yaradan qon ketishining to‘xtashi, pulsning yo‘qolishi, vena tomirlarining pasayishi, teri yuzasining oqarishi bilan aniqlanadi;
j) jgutni qattiq tortib, uning qolgan qismi spiral shaklida a’zoga qo‘yilib, ilmoqcha zanjirga ulab qo‘yiladi;
z) jgutga yoki bemor kiyimiga, jgut qo‘yilgan vaqt-soat va minuti yozib qo‘yiladi;
i) jgut qo‘yilgan a’zo transport shinalari yoki qo‘l ostidagi narsalar bilan yaxshilab taxtakachlanadi, jgut ustidan bint o‘ralmaydi, u yaxshi ko‘rinib turishi kerak.
k) jgut qo‘yilgan bemor birinchi galda evakuatsiya qilinadi;
l) qish paytida jarohatlangan a’zo muzlab qolmasligi uchun jgut qo‘yilgan joy yaxshilab o‘raladi.
Nekrotik o‘zgarishlar xavfi avj olmasligi uchun a’zolarni jgut bilan qonsizlantirish qisqaritirilib, 1 soat davom etadi, shuning uchun shikastlanganlarni iloji boricha tezlik bilan davolash muassasasiga yuborish lozim. Agar transportirovka qilish ko‘rsatilgan vaqtdan uzaysa o‘z vaqtida magistral tomirni barmoq bilan bosib 3-5 minut turib, jgut echiladi va yana, oldingi joydan bir oz yuqoriroqqa qo‘yiladi.
Rezina jgut bo‘lmasa, mavjud materiallar (kamar, arqon, bint, dastrumol, sharf, mato bo‘lagi) dan foydalanish mumkin. Bunda ular uchini tugib bog‘lanadi yoki yumshoq matodan qo‘lbola burama yasab, a’zolar (qo‘l yoki oyoq) shikastlangan joydan yuqoriroqqa lenta qo‘yilib tayoqcha bilan buraladi. Burama qon oqishini to‘xtaguncha davom ettiriladi, shu holda burama bog‘lam bilan bog‘lanadi.
Qon ketishini to‘xtatishda shimning kamari qulay vosita hisoblanadi, u buklanib ikki sirtmoqli qilinadi va jgutga o‘xshab tortiladi. Qon ketishini to‘xtatishda qo‘l ostidagi kiyim ostiga biror narsa qo‘yib bog‘lanadi, jgut o‘rnida ingichka qattiq narsalarni (sim, shnur) bog‘lash ruhsat etilmaydi, chunki ular to‘qimalarning shikastlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Амалий машғулот:№16
Мавзу: Сувда чўкиш, куйиш, совуқ олдириш ва электр токидан жарохатланганда дастлабки тиббий yoрдам кўрсатиш.
Режа:
1. Сувга чўкиш сабаблари, белгилари ва дастлабки тиббий yoрдам кўрсатиш.
2. Куйиш сабаблари, белгилари ва дастлабки тиббий yoрдам кўрсатиш.
3. Совуқ олдиришнинг сабаблари, белгилари ва дастлабки тиббий yoрдам кўрсатиш.
4. Электр токидан жароҳатланиш сабаблари, белгилари ва дастлабки тиббий yoрдам кўрсатиш.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling