Mashg‗ulotlari uchun Ta‘lim berish texnologiyasining modeli


Download 5.01 Kb.
Pdf просмотр
bet1/26
Sana04.06.2018
Hajmi5.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ta‘lim texnologiyalari 
ishlanmasi 
Ma‘ruza  
 mashg‗ulotlari  uchun 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
1.1. Ta‘lim berish texnologiyasining modeli 
 
Mashg„ulot vaqti-2 soat 
Talabalar soni: 25 – 65 gacha 
Mashg„ulot shakli 
Ma‘ruza  
 
Ma‟ruza rejasi 
 
G‗oyalar falsafasining predmeti, maqsad va vazifalari 
 
Mustaqillikni 
mustahkamlashda  milliy  g‗oyadan 
ko‗zlangan maqsadlar 
O„quv  mashg„ulotining  maqsadi:  O‗zbekistonning  milliy  g‗oyasi  -  O‗zbekiston  xalqining 
asosiy  maqsad  va  muddaolarini  ifodalaydigan,  uning  o‗tmishi  va  kelajagini  bir-biri  bilan 
bog‗laydigan,  asriy  orzu-istaklarini  amalga  oshirishga,  mustaqillikni  mustahkamlashga  xizmat 
qiladigan  ezgu  maqsadlarga  undaydigan,  ma‘naviy-ruhiy  rag‗batlantirib,  o‗zaro  hamkorligini, 
hamjihatligini ta‘minlaydigan g‗oyalar tizimi ekanligi  haqida bilim va tushuncha berish  
pedagogik vazifalar
 
 G‗oyalar falsafasining predmeti,  maqsad 
va  vazifalari  Milliy  istiqlol  g‗oyasining 
mustaqillikni 
mustahkamlashdagi 
ahamiyati. 
 
Mustaqillikni  mustahkamlash  jarayoni  va 
mafkuraviy 
muammolar 
to‗g‗risida 
ma‘lumotlar berish; 
O„quv faoliyati natijalari: 
 
Milliy g‗oyaning asosiy maqsad va vazifalarini, 
G‗oyalar falsafasining predmeti, maqsad va 
vazifalari  hayotiy misollar bilan aytib berish 
ko‗nikmasiga ega bo‗ladilar; 
 
O‗zbekistonda 
mustaqillikni 
mustahkamlash 
borasida erishilgan natijalar haqida bilib oladilar; 
Ta‟lim berish usullari 
―Tarmoqlash‖,  ―Qanday‖,  ―FSMU‖,  ―Insert‖ 
texnologiyalarni  qo‗llagan  holda  gurux  bilan 
ishlash,  suhbat,  aqliy  hujum,  munozara,  namoyish 
qilish 
Ta‟lim berish shakllari 
Jamoaviy, guruxlarda 
Ta‟lim berish vositalari 
Ma‘ruza  matni,  o‗quv  materiallari,  slaydlar, 
tarqatma materiallar. 
Ta‟lim berish sharoiti 
Auditoriya  
Monitoring va baholash 
Og‗zaki nazorat: savol-javob  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MA‟RUZA MASHG‟ULOTLARINING TA‟LIM TEXNOLOGIYASI 
 
 
мавзу 
 
G‗OYALAR FALSAFASINING PREDMETI, MAQSAD 
VA VAZIFALARI 
 
 

 
 
MA‟RUZA MASHG„ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI 
 
Ish 
jarayonlari 
vaqti 
Faoliyat mazmuni 
 O„qituvchi 
Talaba 
1 bosqich. 
Kirish 
(10 daqiqa) 
1.1.  Ma‘ruzaning  mavzusi,  rejasini  e‘lon  qiladi,  o‗quv 
mashg‗ulotining  maqsadi  va  o‗quv  faoliyat  natijalarini 
tushuntiradi (1-ilova) 
Tinglaydi, mavzu 
nomini yozib 
oladi 
1.4. Mashg‗ulotni o‗tkazish shakli va baxolash mezonlarini e‘lon 
qiladi (2- ilova) 
Yozib oladi 
2 bosqich. 
Asosiy 
jarayon 
(60 daqiqa) 
2.1.  Mavzu  rejasining  birinchi  ‗unkti  rejasi  bo‗yicha  ma‘ruza 
qiladi  (3-ilova)  Ma‘ruza  bo‗yicha  ―Tarmoqlash‖  usulidan 
foydalangan  holda  talabalarga  quyidagi  savol  bilan  murojaat 
qiladi:  Nega  Mustaqillik  yillari  milliy  g‗oyaning  zaruriyati    va  
ahamiyatini oshirib yubordi?(4-ilova) 
2.2.  Mavzu  rejasining  ikkinchi  ‗unkti  bo‗yicha  ma‘ruza  qiladi 
(5-ilova).  Ma‘ruza  bo‗yicha  «Qanday‖  usulidan  foydalangan 
xolda  talabalarga  quyidagi  savol  bilan  murojaat  qiladi: 
Mustaqillikni  mustahkamlashda  milliy  g‗oyaning  namoyon 
bo‗lish jarayoni qanday xususiyatlariga ega? (6-ilova)   
Yozadi, savolga 
javob beradi. 
 
 
 
 
Yozadi, savolga 
javob beradi. 
2.2.  Mustaqillik  xalqimizning  buyuk  tarixiy  g‗alabasini 
aniqlashni  «Kichik  guruhlarda  ishlash»  orqali  amalga 
oshirilishini  e‘lon  qiladi.  ―FSMU‖  texnikasidan  foydalangan 
holda  guruhlarga  topshiriqlar    beradi  (7-ilova).  Guruhlarda 
ishlashga 
yordam 
beradi 
Qo‗shimcha 
ma‘lumotlardan 
foydalanishga  imkon  yaratadi.  Diqqatlarini  kutiladigan  natijaga 
jalb qiladi.  Har bir guruh topshiriqlarini    -  qog‗ozlarga tushirib, 
taqdimotini 
o‗tkazishga 
yordam 
beradi, 
bilimlarini 
umumlashtiradi, 
xulosalarga 
alohida 
e‘tibor 
beradi. 
Topshiriqlarning  bajarilishini  qay  darajada  to‗g‗ri  ekanligini 
diqqat bilan tinglaydi Fikrlarini tinglab, umumlashtiradi. 
Savollarga javob 
beradilar, erkin 
bahs-munozara 
yuritadilar. 
Guruhlarda 
ishlaydilar.  
 
 
 
 
 
3 bosqich. 
YAkuniy 
bosqich 
 (10 daqiqa) 
3.1 Mavzu bo‗yicha umumiy xulosa qilinadi.  
Tinglaydilar 
3.2. Talabalarning olgan baholarini e‘lon qilinadi 
Yozib oladi 
3.3. O‗z-o‗zini nazorat qilish uchun savollar beradi (8-ilova) 
Javob yozadi 
3.4.Navbatdagi  mashg‗ulotda  ko‗riladigan  mavzuni  e‘lon  qiladi 
va  ―Insert‖  usulidan  foydalanib  jadvalga  mustaqil  ta‘limga 
tayyorgarlik ko‗rishlarini so‗raydi (9-ilova) 
―Insert‖ usulida 
jadvalni 
to‗ldiradilar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

1-ilova 
 
MAVZU:   G‗oyalar falsafasining predmeti, maqsad va vazifalari 
 
Reja
1. G‗oyalar falsafasining predmeti, maqsad va vazifalari 
2. Mustaqillikni mustahkamlashda milliy g‗oyadan ko‗zlangan maqsadlar. 
 
O„quv  mashg„ulotining  maqsadi:  O‗zbekistonning  milliy  g‗oyasi  -  O‗zbekiston 
xalqining asosiy maqsad va muddaolarini ifodalaydigan, uning o‗tmishi va kelajagini bir-biri 
bilan  bog‗laydigan,  asriy  orzu-istaklarini  amalga  oshirishga,  mustaqillikni  mustahkamlashga 
xizmat  qiladigan  ezgu  maqsadlarga  undaydigan,  ma‘naviy-ruhiy  rag‗batlantirib,  o‗zaro 
hamkorligini, hamjihatligini ta‘minlaydigan g‗oyalar tizimi ekanligi tushuntirish 
 
O„quv faoliyatining natijasi: Talabalar O‗zbekistonda mustaqillikni mustahkamlash borasida 
erishilgan  natijalar,  Jamiyatda  milliy  taraqqiyot  va  yuksalishga  erishishda  milliy  g‗oya  va 
mafkuraning  ahamiyati,  Milliy  g‗oyaning  asosiy  maqsad  va  vazifalari,  Mamlakatimizda 
iqtisodiy  o‗sishni  ta‘minlash,  xalq  farovonligini  oshirishning  muhim  omillarini  hayotiy 
misollar bilan yoritib berish ko‗nikmasiga ega bo‗ladilar. 
 
2-ilova 
 
Baholash mezoni va ko‗rsatkichlari 
 
 
Guruhlar  
Savolning  to‗liq 
va aniq yoritilishi  
0-5 ball 
Misollar 
bilan 
muammoga  yechim 
to‘ishi 0-5 ball 
Guruh  a‘zolarining 
faolligi  
0-5 ball 
Jami ball 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5- ball – «a‘lo». 
4- ball – «yaxshi». 
3 ball – «qoniqarli». 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
3-ilova 
 
Mustaqillikni mustahkamlashda milliy 
g‗oyaning  zururati va ahamiyati 
Mustaqillik  yillarida  jamiyatimiz  ahzolarining  dunyoqarashi,  fikrlash  tarzida  teran 
o‗zgarishlar  yuz  bermoqda.  Ana  shunday  sharoitda  xalqimizni  birlashtiradigan, 
bunyodkorlik faoliyatiga safarbar etadigan, uning ezgu maqsadlari va hayotiy manfaatlarini 
o‗zida mujassam etadigan milliy g‗oya va mafkurani yaratish ijtimoiy-siyosiy va ma‘naviy 
taraqqiyotimizning muhim sharti hamda zaruratiga aylandi.  
Mustaqillikni  mustahkamlashda  milliy  g‗oyaning  zarurligi  va  uning  ahamiyati  ham 
ichki, ham tashqi siyosatimiz istiqbollari, samaradorligi bilan bog‗liq. Shu nuqtai nazardan 
milliy g‗oyaning zarurligi jamiyatimizni taraqqiy to‘gan demokratik mamlakatlardagi kabi 
erkin  va  farovon  hayot  bar‘o  etish  bilan  ham  bog‗liq.  Demak,  milliy  g‗oyaning  negizini 
ham biz uchun eng asosiy, eng muhim ustuvor maqsad,  tengsiz oliy nehmat - mustaqillikni 
bundan  buyon  ham  asrab-avaylash,  himoya  qilish    va  mustahkamlash  bo‗lib  qolaverar 
ekan, uning zarurligi hech bir davrda o‗z ahamiyatini yo‗qotmaydi. 
 
 
4-ilova 
 
“Tarmoqlash” texnologiyasi 
Nega Mustaqillik yillari milliy g„oyaning zaruriyati  va  ahamiyatini  oshirib yubordi? 
 
milliy g„oyaning zarurligi  va  
ahamiyati 
 
 
 
 
-
 
eski mafkuraviy asoratlardan 
batamom xalos bo‗lish; 
 
 
g‗oyaviy bo‗shliq ‗aydo 
bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaslik 
 
 
 
oldimizga qo‗ygan olijanob 
maqsad-muddaolarimizga, 
yahni ozod va obod Vatan, 
erkin va farovon hayot bar‘o 
etish 
 
-
 
uzoq davrlar mobaynida 
odamlar ongida hukmron 
bo‗lgan begona va yot 
g‗oyalarning yanada qaytadan 
tiklanishiga yo‗l qo‗ymaslik; 
 
 
 
 
-
 
xalqimiz tabiatiga zid bo‗lgan 
o‗zga g‗oyalardan, ayniqsa 
yosh avlodni himoya qilish; 
 
 
-
 
uzoq davrlar mobaynida 
odamlar ongida hukmron 
bo‗lgan begona va yot 
g‗oyalarning yanada qaytadan 
tiklanishiga yo‗l qo‗ymaslik; 
 
 
 
 
mustaqil davlatimizning har bir 
fuqarosida Vatan taqdiri uchun 
ma‘sullik tuyg‗usi bo‗lishi 
 
har qanday tajovuzkor 
g‗oyalarga qarshi tura 
oladigan, har tomonlama 
barkamol avlodni voyaga 
yetkazish 
 
 
 

 
 
 
5-ilova 
 
 
Mustaqillikni mustahkamlashda milliy g‗oyadan ko‗zlangan maqsadlar. 
Mustaqil  O‗zbekiston  milliy  istiqlol  mafkurasi  oldida  buyuk  maqsad-muddaolar,  o‗ta 
dolzarb vazifalar turibdi. Uning asosiy maqsadlaridan biri - O‗zbekiston hududida yashovchi har 
bir  fuqaroni,  har  bir  millat  va  elat  kishilarini  barkamol  inson  qilib  tarbiyalash  mustaqillikning 
ongli  fidoyisiga  aylantirishdir.  Negaki  jamiyat  taraqqiyotini,  mustaqillik  bilan  bog‗liq  bo‗lgan 
ulkan  vazifalarni  bajarishga  ommani  safarbar  etishni  milliy  g‗oyasiz  tasavvur  etish  mumkin 
emas.  insonning  faolligi  uning  ilg‗or,  bunyodkor,  o‗zimizga  xos  va  mos  milliy  g‗oyaga  qathiy 
amal va ehtiqod qilishiga bog‗liq. Demak, istiqlol mafkurasi butun O‗zbekiston xalqining milliy 
ruhini,  madaniy  merosini,  his-tuyg‗usini,  milliy  g‗urur  va  iftixorini,  kuch-qudratini,  orzu-
intilishlarini o‗zida mujassamlashtiradi.  
 
 
 
 
 
6-ilova 
1-o‗quv topshiriq 
«Qanday» organayzerini to‗ldiring 
 
Muhim muammoning yechimini to‘ishga yordam beradi va ―Qanday‖ savoli orqali 
muammo hal qilinadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
                   Qanday? 
 
                             Qanday 
 
 
 
 
 
         Qanday? 
                         Qanday? 
 
Qanday? 
           Qanday? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
           Qanday? 
Qanday? 
         Qanday?  
 
 
 
 
 
 
        Qanday? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mustaqillikni 
mustahkamlashda milliy 
g‘oyaning namoyon bo‘ 
lish jarayoni qanday 
xususiyatlariga эга? 

 
 
 
7-ilova  
2-o‗quv topshiriq 
FSMU texnologiyasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Jadvalni to‗ldiring 
 
8-ilova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
9-ilova 
Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi 
1. Ma‘ruza matnini o‗qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo‗yib chiqing: 
V – bilaman 
+ - men uchun yangi ma‘lumot 
-
 
- men bilgan ma‘lumotni inkor qiladi 
? – noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo‗shimcha ma‘lumot. 
2. Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring. 
Mavzu savollari 




1. 
 
 
 
 
2. 
 
 
 
 
3. 
 
 
 
 
Savol 
Mustaqillikni mustahkamlashda sizning 
shaxsiy ishtirokingizni belgilang 
(F) Fikringizni bayon eting 
 
(S) Fikringiz bayoniga sabab ko‗rsating 
 
(M)  Ko‗rsatgan  sababingizni  isbotlovchi  dalil 
keltiring 
 
(U) Fikringizni umumlashtiring 
 
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda xamda o‘quv jarayonini baxs-munozarali 
o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini ximoya qilishga, erkin fikrlash va 
o‘z  fikrini  boshqalarga  o‘tkazishga,  ochiq  xolda  baxslashishga  xamda  shu  bilan  birga  baxslashish 
madaniyatini  o‘ratadi.Tinglovchilarga  tarqatilgan  oddiy  qog‘ozga  o‘z  fikrlarini  aniq  va  qisqa  xolatda 
ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. 
F – fikringizni bayon eting 
S – fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating 
M – kўrsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring 
U – fikringizni umumlashtiring  
Umumlashtiruvchi savollar
1.  ―G‗oyalar  falsafasi‖,  ―G‗oyashunoslik‖,  ―Ideologiya‖,  ―Mafkura  nazariyasi‖  atamalari  
bayon qiling. 
2. Milliy g‘oya–mustaqillikni mustaҳkamlashda g‘yalar tizimi ekanligiga izoh bering 
3. Mustaqillikni mustaҳkamlashda milliy g‘oya qanday o‘rin tutadi? 
4.Hukmronlik qilishga intiluvchi qanday mafkura shakllari bor? 
 

4. 
 
 
 
 
5. 
 
 
 
 
6. 
 
 
 
 
 
MAVZU. «G‘OYaLAR FALSAFASI» FANINING PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI 
Reja: 
1)
 
G‘oyalar falsafasini o‘rganishning sabablari 
2)
 
Fanning predmeti, ob‟ekti, maqsadi va  vazifalari 
3)
 
G‘oyalar falsafasining asosiy tushunchalari va qonunlari  
 
Insoniyat          tarixiy          taraqqiyotning  tsivilizatsiyalashgan      davri    tajribasi  biron-bir 
jamiyatning  ezgu  g‘oyalarsiz  va  sog‘lom  mafkurasiz  rivojlana  olmasligini  tasdiqlamoqda. 
Mustaqillikka erishgan mamlakatimiz rahbarining tashabbusi bilan o‘zbek xalqi ham o‘z oldiga 
ozod va obod Vatan,  erkin  va farovon hayot  barpo etish kabi buyuk  ezgu maqsadlarni qo‘ydi. 
Ana  shu  ezgu  maqsadlarni  amalga  oshirish,  mamlakatimizda  demokratik  tamoyillarga 
asoslangan  jamiyatni  barpo  etishda,  bizga  yot  va  begona  mafkuralar  tajovuziga  qarshi  tura 
oladigan,  har  tomonlama  barkamol  insonlarni  voyaga  yetkazish,  g‘oyaviy  bo‘shliq  bo‘lishiga 
yo‘l  qo‘ymaslik  va  nihoyat,  yurtning  yuksak  taraqqiyotini  ta‘minlash  -  milliy    g‘oyasini 
shakllantirish ehtiyojini yuzaga keltirdi. 
Mustaqillik  tufayli   o‘zbekiston  xalqi  o‘zining  milliy-ma‘naviy  yangilanishda  milliy  
g‘oyasiga  tayanishga  alohida  e‘tibor  berdi.  Mustabid  tuzum  davrida  amal  qilib  kelingan, 
xalqimizning  milliy-ma‘naviy  ruhiyatiga  tamomila  zid  bo‘lgan  «kommunistik  g‘oya»dan  voz 
kechildi.  o‘zbekiston  xalqi  o‘z  milliy  g‘oyasi  negizlariga  tayangan  holda  rivojlanish  yo‘lini 
tanladi. Uning o‘ziga xos sabablari mavjud. Ular asosan quyidagilardan iborat:  
Birinchidan,  O‘zbekiston  xalqining  o‘z  mustaqilligini  qo‘lga  kiritishi  bilan  uzviy  bog‘liq. 
CHunki,  mustaqillik  tufayli  mamlakatimiz  xalqi  o‘ziga  xos  va  mos  rivojlanish  yo‘lini  tanlash 
huquqiga  ega  bo‘ldi.  Bu  esa  xalqimizning  tarixan  qaror  topgan  milliy-madaniy  meroslarini, 
qadriyatlarini,  ma‘naviy-ruhiy  olamini  qayta  tiklagan  holda  o‘z  kelajagini  ko‘rish  va  qurish 
imkoniyatini berdi.  
Ikkinchidan,  «mustabid»  totalitar  tuzum  davrida  jamiyatning  g‘oyaviy  asosi  bo‘lgan 
yagona  kommunistik  mafkura    mamlakatimiz  xalqlari,  xususan  o‘zbek  xalqi  turmush  tarzi, 
dunyoqarashi, tarixi, urf-odatlari, an‘analari va milliy xususiyatlarini hisobga olmaganligi hamda 
bizga  begona  va  yot  bo‘lgan  qadriyatlarni,  maqsadlarni  singdirishga  urinib  kelganligi  tufayli, 
uning asoratlaridan xalos bo‘lishga bo‘lgan ma‘naviy ehtiyojning mavjudligi bilan bog‘liq edi.  
Uchinchidan,  ma‘lumki  har  bir  xalq,  davlat  yohud  jamiyat  bor  ekan,  albatta  u  maqsadsiz 
yashay  olmaydi.  U  rivojlanish  uchun  ma‘naviy  asoslarni  beglilab  oladi.  Maqsad  esa  uning 
milliy-ma‘naviy g‘oyasi  orqali o‘z ifodasini topadi. SHu ma‘noda o‘zining mustaqil rivojlanish 
yo‘lini  tanlab  olgan  O‘zbekistonda  unga  tabiiy-ma‘naviy  ehtiyoj  sifatida  qarash  orqali  uning 
sabablarini to‘g‘ri tushunish mumkin;  
To‘rtinchidan,  jamiyat  tarixida  g‘oyalar  har-xil  bo‘lgan.  Bir-biriga  maqsadi  bilan  yaqin 
bo‘lgan  g‘oyalar  ham  ayni  paytda  bir-biriga  to‘g‘ri  kelmaydigan  g‘oyalar  ham  bor.  Ular  bir-
biriga  mutlaqo  teskari  bo‘lgan  maqsadlarga  yo‘naltirilganligi  tufayli  jamiyat  hayotiga  turli  xil 
ta‘sir ko‘rsatadi va turli xil oqibatlarni keltirib chiqaradi. Demak, g‘oya bilan g‘oyaning, maqsad 
bilan  maqsadning,  fikr  bilan  fikrning  farqini  bilish  va  anglash  uchun  ham  milliy    g‘oyasini 
o‘rganish zarur.  
Beshinchidan,  g‘oyalar  jamiyatdagi  turli  insonlar,  ijtimoiy  guruhlar,  qatlamlar,  xalqlar, 
millatlar  maqsadi,  orzu  intilishlari,  hayotni  idrok  etish  ko‘nikma  va  malakalari,  xulq-atvor 
ko‘rinishlari, qadriyatlari manfaati bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. U yoki bu g‘oya qaysi manfaatni 
qanday tamoyillarga asoslangan holda ifoda etishiga qarab bir-biridan farqlanadi. SHunga qarab 
uning maqsadiga va qanday g‘oya ekanligiga baho beriladi;  
Oltinchidan,  g‘oyalar  o‘z  oldiga  qo‘ygan  maqsadining  ko‘lami  bilan  ham  bir-biridan 
farqlanadi.  U  mutloqlikka,  yagona  to‘g‘ri  ekanligiga  da‘vo  qilishi  mumkin.  SHunday  ijtimoiy 

g‘oyalar  borki,  u  o‘z  maqsadlarini  butun  insoniyatga,  bashariyatga  daxldorlikni  uning  ongiga, 
ishonch  va  e‘tiqodiga  aylantirishni  da‘vo  qiladi.  o‘ziga  mos  jamiyat  rivojlanish  modelini 
qurishni,  dunyo  xalqlarini  «yagona  andoza»  shakliga  olib  kirishni  maqsad  qilib  qo‘yadi.  O‘z 
maqsadlarini  boshqa  xalqlarning  milliy  xususiyatlarini  hisobga  olmasdan,  qanday  yo‘l  bilan 
bo‘lmasin unga «sindirishga» urunadi.  
Fanning predmeti, ob‟ekti, maqsadi va  vazifalari 
 G‘oyalar    o‘z - o‘zidan insonning   ongiga,   tafakkuriga   singib, ishonch  va  e‘tiqodiga 
aylanib    qolmaydi.    Bunga  har  bir  inson  o‘z  hayoti  davomida  erishib  boradi.  Uning  qanday 
darajada odamlarning ishonch va e‘tiqodidan, turmush  hayotidan joy olishi  bir qator omillarga 
bog‘liq.  Demak,  unda  ham  muayyan  qonuniyatlar  amal  qiladi.  Milliy    g‘oyasining  fan  sifatida  
o‘qitilishi, uning o‘ziga xos predmeti, ob‘ekti, maqsad va vazifalari mavjudligini anglatadi.  
Birinchidan,  boshqa  ijtimoiy-gumanitar  fanlar  qatori  «Milliy    g‘oyasi»  fanining  ham 
muayyan bilimlar tizimi xos bo‘lganidek, uning ham o‘ziga xos mavzulari, tushunchalari, qonun 
va kategoriyalari mavjud.  
Ikkinchidan,  uning  barcha  boshqa  fanlar  qatori  o‘z  predmeti,  ob‘ekti  va  maqsad  hamda 
vazifalari  bor.  Avvalo,  har  bir  fan  oldida  qo‘yiladigan  umumiy  talablar  milliy    g‘oyasiga  ham 
bevosita daxldor. Ayni paytda milliy g‘oyaning jamiyat, xalq milliy madaniyati negizlari asosida 
shakllanish,  ishonch  va  e‘tiqodga  aylanishi  bilan  bog‘liq  o‘ziga  xos  xususiyatlari  mavjudligini 
ham  hisobga  olish  kerak.  Bunda  har  bir  inson  yoki  shaxsning  individual  xususiyatlari,  uning 
o‘ziga xos dunyoqarashi, shunga mos tafakkur va hayot tarzi, milliy ong, o‘zligini anglaganligi 
darajasi  alohida  o‘ringa  ega.  Milliy  an‘analarga,  tarixi,  ona  tili,  madaniyatiga  bo‘lgan 
munosabatda  shakllangan  va  mustahkamlangan  qalbdagi  ruhiyati,  e‘tiqodi,  sadoqati  bilan 
Vatanparvarlik  va  millatparvarlik  tuyg‘ulari  o‘zining  va  millatining  sha‘ni,  qadr-qimmatini 
hurmat qilishda namoyon bo‘ladi. SHuningdek, har bir insonda umuminsoniy qadriyatlar boshqa 
xalqlar  va  millatlarning  madaniy  yutuqlariga  ham  o‘zaro  manfaatdorlik  hamda  milliy 
taraqqiyotida  uni  mustahkamlash  nuqtai  nazaridan  qarash,  baholash  ko‘nikmalari,  sa‘y 
harakatlari  orqali  o‘z  ifodasini  topadi.  Ushbu  fanning  predmetini  milliy  madaniy  meros  va 
umuminsoniy  qadriyatlarning  o‘zaro  munosabati  milliy    g‘oyasini  xalqning  ishonch  va 
e‘tiqodiga aylanishi «g‘oya» va «mafkura» tushunchalari, ularning xalqlar, millatlar va davlatlar 
taqdiriga  ta‘sirini  o‘rganish  tashkil  etadi.  Milliy    g‘oyasi  fanining  predmetini  faqat  «g‘oya  va 
mafkura»  tushunchalaridan  iborat  deb  qabul  qilish  ushbu  fanni  tor  doirada  tushunishga  olib 
keladi.  Bu  fanning  predmetini  hozirgi  zamondagi  mafkuraviy  jarayonlar,  uning  ma‘no-
mazmunidagi  o‘ziga  xos  jihatlari  ta‘sir  etish  qonuniyatlari,  ma‘lum  bir  makonda  va  davrda 
namoyon bo‘lish xususiyatlari, uni ko‘p millatli davlatimiz fuqarolari ongi va qalbiga singdirish 
yo‘llari hamda uslublarini aniqlash ham tashkil etadi.  
Bu jarayon, birinchidan, fan talablari asosida, muayyan andoza, tartib va qoidalarga, bilim 
va  tajriba  tizimiga  shunchaki  tushavermasligi  bilan  ham  alohida  ajralib  turadi.  Uning  ana 
shunday  xususiyatga  ega  bo‘lishi  milliy  g‘oyasi  kishilarning  ong  va  tafakkuri,  dunyoqarashi, 
maqsad  va  intilishlari  milliy-ma‘naviy  merosga  munosabatning  ishonch  va  e‘tiqodlari  orqali 
jamiyat  hayotida  namoyon  bo‘lish  xususiyatlari  bilan  bog‘liq;  Ikkinchidan,  milliy  g‘oyasining 
shakllanishi  kishilar  (xalq,  millat,  avlodlar)  amaliy  faoliyatida  hamda  o‘zaro  munosabatlarida 
ishonch va e‘tiqodga aylanishining namoyon bo‘lishi «bir chiziqli»,  yagona tartib, me‘yorlarga 
osonlikcha  tushavermaydi.  Ayni  paytda  fuqarolar,  turli  ijtimoiy  guruhlar  yoki  qatlamlar,  millat 
va elatlarni o‘zaro mushtarak maqsadlar, g‘oyalar  birlashtirib turmas ekan, ular o‘rtasida o‘zaro 
hamjihatlik, totuvlik ham bo‘lmaydi. SHuning uchun ham, milliy g‘oyasining predmeti umuman, 
har  qanday  g‘oyalarning  shakllanishi  uning  jamiyat  hayotiga  ta‘sirini  emas,  O‘zbekistonning 
milliy  g‘oyasining  shakllanishi,  mamlakatda  keng  jamoatchilikning  ishonchi  va  e‘tiqodiga 
aylanishi uning milliy-madaniy negizlarini keng jamoatchilikning ong va taffakuriga, intilishlari, 
xulq atvori, ko‘nikmalariga aylanishi, hamda ijtimoiy hayot, mehnat faoliyatida namoyon bo‘lish 
shart-sharoitlarini, omillarini, qonuniyatlarining, ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganishdir.  

Milliy  g‘oyasi  -  mustaqillikni  qo‘lga  kiritish,  uni  mustahkamlash  va  rivojlantirish 
o‘zbekistonning  dunyo  hamjamiyatida  o‘ziga  xos  va  mos  tarzda  o‘z  nufuziga  ega  bo‘lishiga 
undaydigan, xalqni, millatni jipslashtirib turadigan maqsadlar, manfaatlar majmuidir. 
 
Milliy  g‘oyasini  o‘rganishning  ob‘ekti  avvalo,  O‘zbekistonning  o‘ziga  xos  tabiiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy,    milliy-madaniy  rivojlanish  xususiyatlarini,  qadriyatlarini  o‘zida 
qamrab oladi va unga asoslanadi. SHuningdek, uning bunda xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, 
tili,  madaniyati,  milliy-madaniy  merosi,  unga  odamlarning  munosabati,  ishonch  va  e‘tiqodlari, 
ong va tafakkuri, dunyoqarashi bilan bog‘liq maqsadlarini jamiyat hayotida namoyon bo‘lishini 
tahlil etish ham muhimdir.  SHuningdek, fanning ob‘ektini O‘zbekiston tanlagan taraqqiyot yo‘li 
va milliy rivojlanishning milliy-ma‘naviy negizlari va umumbashariy tamoyillar tashkil etadi. 
Milliy  g‘oyasi  asosan  dunyo  xalqlari  tajribasi  va  yutuqlarini  hisobga  olgan  holda 
o‘zbekistonning  milliy  rivojlanish  yangi  yo‘nalishi  modelining  milliy-nazariy  asoslaridir. 
Negaki,  o‘zbekiston  xalqining  o‘ziga  xos  shunday  milliy-madaniy  merosi  va  qadriyatlari 
mavjudki, mamlakatda yashayotgan har bir fuqaro, oila, xalq va millat uni o‘z hayotining barcha 
jabhalaridan chuqur o‘rin olishi muhim. Ular orqali shu xalq, millatning «o‘zligini», «borlig‘ini» 
boshqa  xalqlar  yoki  millatlardan  farqini  anglab  olish  mumkin.  SHu  xususiyatlarni  saqlab 
qolingan  holda  «o‘zbekiston  o‘ziga  xos  va  mos  taraqqiyot  yo‘lidan  rivojlanishi  mumkin». 
Buning  uchun  uning  o‘z  milliy  g‘oyasi  jamiyat  hayoti  sohalari  bilan  o‘zaro  uyg‘unlashmog‘i 
muhim  ahamiyatga  ega.  Ana  shunday  ishonch,  e‘tiqod,  milliy  g‘ururlanish,  o‘zligini  namoyon 
etish  va  qadrlash  tuyg‘ulari  milliy  g‘oyasini  xalqning  ishonch  va  e‘tiqodiga  aylanganligini 
ko‘rsatuvchi  muhim  mezondir.  Ana  shu  ishonch  va  e‘tiqod  o‘zbekiston  taraqqiyotining 
kafolatidir.  
 
G‘oyalar falsafasining asosiy tushunchalari va qonunlari 
Milliy  g‘oyasi  muayyan  tushunchalarga  asoslanadi.  Ular  turli    xil  bo‘lib,    jamiyatda  
shakllangan    va    mavjud  bo‘lgan        fikrlar      xilma-xilligi      bilan  kishilarning  o‘zaro  ijtimoiy 
munosabatlari asosida amaliy hatti-harakati orqali namoyon bo‘ladi.  
 
Milliy g‘oyasini o‘rganishda quyidagi tushunchalarni hisobga olish zarur:  
 -  turli  jamiyatlar,  xalqlar  hayoti,  milliy-madaniy  qadriyatlari,  maqsadlari  bilan  bog‘liq 
bo‘lgan turli xil ma‘no-mazmunga ega umumiy tushunchalar:  «g‘oya»,  «mafkura»,  «g‘oyaning 
turli  xil  ko‘rinishlari»,  «bunyodkor  g‘oyalar»  va  «yovuz,  tajavvuzkor  g‘oyalar»,  «milliy 
g‘oyalar» va «umumbashariy g‘oyalar»;  
- jamiyatning siyosiy hayoti, turli xil jamoat birlashmalari faoliyati bilan bog‘liq maqsad va 
intilishlarni ifoda etadigan turli-xil siyosiy mafkuralar ko‘rinishlari;  
- O‘zbekiston xalqi hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan, uni o‘zida aks ettiradigan va unga xizmat 
qiladigan  «milliy  g‘oyasi»,  «milliy  g‘oyasining  ma‘naviy  negizlari»,  «milliy  rivojlanish 
g‘oyasi»,  «milliy  mafkurasi»,  «milliy  g‘oyasining  asosiy  g‘oyalari»,  «milliy  g‘oyasining  bosh 
g‘oyasi», «milliy g‘oyasining umumbashariy tamoyillari» v.b. tushunchalar. 
 
Milliy  g‘oyasi  bilan  bog‘liq  tushunchalarning  o‘ziga  xos  xususiyati  shundan  iboratki  u 
asosan O‘zbekiston xalqi ijtimoiy, hayot sohalari rivoji bilan, uning milliy-madaniy merosi, urf-
odatlari, qadriyatlari, tili, madaniyati, tarixi,  falsafasi,  diniy  ruhiyati bilan uzviy bog‘liq. Milliy 
g‘oyasi milliylikni, milliy rivojlanish xususiyatlarini e‘tirof etadi va unga hurmat bilan qaraydi. 
Milliy  g‘oyasi  «sinfiylik»,  «partiyaviylik»  tamoyillariga  asoslanmaydi.  Boshqa  mamlakat 
xalqlari  hayotiga  o‘z  g‘oyalarini  singdirishni  da‘vo  qilmaydi.  Bu  bilan  u  «kommunistik 
g‘oyadan» tubdan farq qiladi.  
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1.1. Ta‘lim berish texnologiyasining modeli 
 
Ma‘ruza  mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi: 
 
Vaqti –4 soat 
  
O‟quv mashg‟ulotining shakli
 Talabalarning bilimlarini chuqurlashtirish, ko‘nikmalarini 
rivojlantirish bo‘yicha Ma‘ruza mashg‘uloti 
Ma‟ruza  mashg‟ulotining rejasi 
1. ―Mafkura‖ tushunchasi.  
2. Mafkuralarning shakl va ko‘rinishlari.  
 
 
O‟quv  mashg‟ulotining  maqsadi:      Talabalarning  mavzuga  doir  bilmlarini  takomillashtirish. 
Mafkuralarning turli ko‘rinishlari va ularni o‘zaro aloqadorligiga doir ko‘nikma va malakalarini oshirish 
 
pedagogik vazifalar: 
 
 - 
Ma‘ruzadan 
olgan 
bilimlarini   
mustahkamlash,        ular  asosida    vizual 
materiallardan  foydalanish  ko‘nikmalarini  
hosil qilish; 
-g‘oyalar  tarixiga  oid  nazariyalarni  tahlil 
qilish; 
-darslik  bilan  ishlash    hamda    turli 
nazariyalar  va  qarashlarni    tahlil  qilish 
ko‘nikmalarini rivojlantirish.  
O‟quv faoliyatining natijalari: 
Talaba: 
-  Ma‘ruzadan  olgan  bilimlarini  mustahkamlaydi,      guruh 
bilan hamkorlikda ish olib boradi; 
-     Vizual materiallar vositasida 
 guruhga 
ajratilgan rejadagi savolga javob tayyorlaydi; 
-   fanga  oid turli nazariya va qarashlarni tahlil qiladi; 
-    test savollariga javob to‘adi. 
O‟qitish uslubi va texnikasi 
 Kichik  guruhlarda  ishlash,  taqdimot,    savol-javob,  
klaster usuli, test 
 
O‟qitish vositalari 
Ma‘ruzalar  matni,    tarqatma  materiallar,  slaydlar, 
proektor, marker, vatman, doska, bo‘r 
O‟qitish shakli 
Guruh bilan, individual va  jamoada ishlash 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling