Mashg‗ulotlari uchun Ta‘lim berish texnologiyasining modeli


Download 5.01 Kb.
Pdf просмотр
bet5/26
Sana04.06.2018
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26

Bugungi kunda 
qanday global 
muammolar 
mavjud? 

 
Jumlani davom ettirish orqali talaba muhim iboralarga to‘g‘ri tahrif berishni o‘rganadi 
 
 
 
Immunitet bu: 
a) Biron narsadan ozod bo‘lish, qutilish mahnosini berib
b) ma‘naviy barkamol,irodasi baquvvat, iymoni butun shaxsni tarbiyalashda 
v) davlat va millatning ma‘naviy birligi, ma‘naviy sog‘lomligini 
g) o‘z mohiyatiga ko‘ra yot g‘oyalarning kirib kelishini 
 
6-ilova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
7-ilova: 
Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi 
1. Ma‘ruza matnini o‘qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo‘yib chiqing: 
Y – bilaman 
+ - men uchun yangi mahlumot 
        – - men bilgan mahlumotni inkor qiladi 
       ? – noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo‘shimcha mahlumot. 
 
    2. Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring. 
Mavzu savollari 


– 

1. 
 
 
 
 
2. 
 
 
 
 
3. 
 
 
 
 
4. 
 
 
 
 
5. 
 
 
 
 
6. 
 
 
 
 
7. 
 
 
 
 
 
 
MIFOLOGIYA. KADIMGI TURON MIFOLOGIYASI 
 
     1.Turonzaminda shakllangan ilk falsafiy g‘oyalar. Eramizdan avvalgi minginchi yillarning 
o‘rtalarida  eng  qadimgi  ajdodlarimiz  tomonidan  qahramonlik  mavzusida  juda  ko‘p  afsona  va 
rivoyatlar  aytilgan  bo‘lib,  ular  avloddan-avlodga  o‘tib  borgan.  Agar  ushbu  afsonalar 
zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» asari  mundarijasidan o‘rin olmaganda edi, biz 
ular haqida hech qanday ma‘lumotga ega bo‘lolmay qolaverardik. 
    «Avesto»  ta‘limotiga    ko‘ra  olam  qarama-qarshiliklar  kurashi  asosiga  qurilgan:  jismoniy 
narsalarda  yorug‘lik  va  zulmat,  tirik  tabiatda  hayot  va  o‘lim,  ma‘naviy  olamda  ezgulik  va 
yovuzlik,  ijtimoiy  hayotda  adolatli  qonunlar  bilan  qonunsizliklar  o‘rtasidagi  kurashlarda  o‘z 
ifodasini topadi.Yorug‘lik, ezgulik kuchlariga Axura Mazda boshchilik qilib, ezgulikni vujudga 
Jonlantirish uchun savollar: 
1.
 
Globallashuv tushunchasiga tahrif bering 
2.
 
Nima uchun globallashuv sharoitida milliy g‘oyaga ehtiyoj 
ortadi? 
3.
 
Globallashuv va milliy mahnaviyat 
4.
 
Globallashuvning instituttsionallashuvi deganda nimani 
tushunasiz? 

keltiraveradi,  yovuzlik  ruhi  bo‘lgan  Axrimon  unga  qarshi  kurashib,  odamlarni  yomon  ish  va 
yo‘llarga    boshlayveradi.  Imon-e‘tiqodli  odam  albatta,  ezgulik  tarafida  turadi.  Bu  kurashda 
yorug‘likning zulmat, ezgulikning yomonlik ustidan g‘alabasiga ishonch bildiriladi.   
 «SHiroq»  va  «Go‘ro‘g‘li»  dostonlarida  ota-  bobolarimizning  chet  el  bosqinchilariga 
qarshiVatan,  xalq  ozodligi  uchun  kurashlari  tasvirlangan.  «SHiroq»  hikoyati  shunday   
Axura  Mazda  odamlarni  bir-birlari  bilan  murosa  qilib  yashashni  odat  qilishlari,  g‘arazgo‘ylik, 
hasadgo‘ylik,  kalondimog‘lik,  shuhratparastlik,  qonunsiz  ishlardan  o‘zlarini  tiyib  yurish  uchun 
intilishga  chaqiradi.  Bergan  so‘zning  ustidan  chiqish,  unga  sodiq  qolish,  savdo-sotiqda 
shartnomalarga  amal  qilish,  qarzni  vaqtida  to‘lash,  aldamchilik  va  hiyonatdan  holi  bo‘lish- 
imonlilik alomatlari ekanligi   aytiladi.   Imonli  odam  o‘g‘irlik  va talonchilikdan, begonalarning 
molu-dunyosiga ko‘z olaytirishdan, o‘z-o‘ziga xiyonat qilish , ya‘ni o‘z imoniga xilof ishlardan 
o‘zini  saqlay  biladigan  komil  insondir.  Tanalaringizga  nisbatan  qalbingiz  haqida  ko‘proq 
qayg‘uring,  ya‘ni  avval  ma‘naviy  dunyoingiz    musaffo  bo‘lsa,  moddiy  turmushingiz  ham 
mukammal  bo‘lib  boraveradi,  deyiladi  «Avesto»da.  Jahon  tarixini  o‘qib  o‘rganar  ekanmiz, 
qiziqarli  manzaralarni  kuzatamiz.  O‘tmishda,  qadim  zamonlarda  ota  -  bobolarimiz  goh 
alohida  qabila  bo‘lib,  gohida  turli  qabilalarning  ittifoqi  tarkibida,  ba‘zan  esa,  kuchli, 
qudratli  davlat  tarkibida  yashab  kelganlar.  Herodot,  Ksenofont  kabi  tarixchilarning 
asarlarida, Kul Tegin obidasida, Urxun-Enasoy toshbitiklarida,«Alpomishrivoyatlardan biri 
bo‘lib, uning tarixiy ildizlari borligi isbotlangandir.  
     Ibtidoiy    kishilarning  tabiat  kuchlari    oldidagi  bunday  ojizligi,  ularning  sir  -  asrorlarini  
bilmasliklari  oqidatida  Oy,  Quyosh  va    yulduzlarga,  ayrim  hollarda  olov,  suv,  qushlar  va 
hayvonlarga, tog‘-tosh va hokazolarga jonli, muqaddas  narsalar deb qarash va ularga sig‘inish, 
topinish  hollari  urfga  aylangan.  
     Bunday    hodisani    ibtidoiy    kishilar  odatda    ikki      toifaga,    ya‘ni    do‘st    va  dushman  
kuchlarga,  yaxshi - yomonga, oq va qoraga bo‘lib tasavvur etganlar. Ana  shunday  tasavvurlar 
mahsuli  bo‘lgan  mifologiyada  tabiat va jamiyat hodisalari,  shuningdek,  g‘ayritabiiy hodisalar  
afsonaviy  qahramonlar, devlar, ajdaho, qushlar, bahaybat hayvonlar, jin, pari va hokazolarning 
obrazlari   timsolida  umumlashtirilib  tasvirlangan. Bundan tashqari,   ularda  ibtidoiy insonning  
o‘ziga  xos ojiz tomonlari bilan birga ulkan jasorati  va qahramonliklari,  ayniqsa,  yaxshilik va 
yovuzlik ustidan, yorug‘likning  zulmat  ustidan g‘alabasiga bo‘lgan ishonch tuyg‘ulari, olijanob 
maqsad  va intilishlari  o‘z ifodasini  topgan.  
       O‘zining g‘oyaviy-badiiy mukammalligi va chuqur insonparvarlik yo‘nalishlari bilan muhim 
va qimmatli madaniy –ma‘rifiy qadriyatlar qatoridan mustahkam o‘rin egallagan mif namunalari 
mavjud.  Ular  qadimgi  shumer-akkadlarning  «Gilgamish»  haqida  eposi,  Gomerning  «Iliada»  va   
«Odisseya»,  hindlarning  «Mahabhorot»,  «Ramayana»,  «Kalila  va  Dimna»,  Markaziy  Osiyo 
xalqlarining  «Go‘ro‘g‘li»,  «Alpomish»,    «Manas»,    «Qirq  qiz»  hamda  Gershasp  Elibek, 
Kayumars,  Jamshid,  Erxubbi,  To‘maris,  SHiroq,  Siyovush,  Rustam  va  b.  haqidagi  afsonalari, 
qalmiqlarning  «Jangar» qadimgi  islandlarning «Edda»,  gruzinlarning «Amiraniani»  va boshqa 
ko‘plab folьklor asarlaridir. 
      Ibtidoiy    jamoa    davrlarida,  asosan,    dunyo    mifologik    obrazlar  orqali    tasavvur  qilingan. 
Mifologik  obrazlar orqali  dunyoni  anglash jarayoni  o‘z oldiga  dunyoning  ibtidosi va intihosi 
to‘g‘risidagi tasavvurlarni qamrab olishni maqsad qilib qo‘ya olmaydi. Bunday tasavvurlarning 
tub  asosida esa kishilarning tevarak-atrofdagi  narsa va hodisalar to‘g‘risidagi  bilimlarining o‘ta 
sayozligi  va  o‘zlarining  tor  manfaatlaridan  kelib  chiqqan    holda  tabiiy  muhitdan  ajratib 
tushunmaganliklari  yotadi.      
    Mifologik    tasavvurlar    dunyoni    mifologik  obrazlar  orqali  anglash  jarayoni  sifatida  ob‘ekt 
bilan  sub‘ekt  o‘rtasida,  ijtimoiylik  bilan  tabiiylik    o‘rtasidagi    munosabatlarning    o‘ta    sodda  
ifodasi    bo‘lib,    o‘z  navbatida    totemizm,    fetishizm,    animizm,    shomonizm,    afsungarlik    va 
boshqa  qator  shakllarda  namoyon  bo‘ladi.  
     Har  qanaday  miflar  odatda  o‘zida  ikkita  aspektni mujassamlashtiradi.  Dioxronik  aspekt –
unda  o‘tmish voqea  va hodisalari to‘g‘risida bayon  qilishni va shuningdek, sinxronik- hozirgi 
va  kelgusi  zamon  voqea  va  hodisalari  to‘g‘risida  bayon  qilib  berishni  o‘z  oldiga  vazifa  qilib 

belgilab miflarning mazmuni  ibtidoiy kishining  ongi  uchun o‘ta real  deb hisoblangan CHunki  
unda (miflarda)  ajdodlari  tomonidan o‘zlashgan tajribalar  o‘z ifodasini topadi  va  sajda  qilish 
ob‘ektiga aylanadi. 
      Miflar va marosimlar ibtidoiy madaniyatning  ajralmas tarkibiy qismlari  hisoblanib, ular o‘z 
navbatida nazariya bilan amaliy tajribalarning  yaxlitligini  o‘zlarida  mujassamlashtiradi. Miflar 
dunyoni  g‘ayritabiiy  obrazlar orqali  tasavvur etadigan diniy dunyoqarashning  ham  dastlabki  
ko‘rinishi  bo‘lib, u esa kishilarda abstrakt tafakkurning, fantaziyaning  shakllanayotganligidan 
darak  beradi.  
      2.Turkiy  xalqlar  falsafiy,  ijtimoiy  -siyosiy  qarashlarining  yozma    manbalarda    ifodalanishi. 
Xalqlarimizning  o‘ziga  xos  turmush  tarzi,  tafakkur  va  dunyoqarashi,  hayotga  voqelikka 
munosabatining  ifodasi  bo‘lgan  bunday  xalq  og‘zaki  ijodi  namunalari  milliy  mafkuramizning 
oziqlanadigan manbalardir. O‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy mif va afsonalari turli mavzularda 
bo‘lgan.  CHunonchi  kosmogonik  miflar,  hayvonlar  va  qushlar  haqidagi  miflar  bo‘lib,  ularda 
yaxshilik, baxt-saodat, quyosh nuri va issiqlik, yomonlik, baxtsizlik, zulmat va dahshatli sovuqqa 
qarama-qarshi qo‘yilgan.SHunday  qilib,  xalq  og‘zaki  ijodi-miflarda xalq  najotkori va xaloskori 
tasvirlanadi,  kishilarning  ma‘naviy  g‘alabasi  va  o‘z  kelajagiga  ishonchi  tasvirlangan.    SHu 
asosda baxt o‘lkasi va baxtsizlik o‘lkasi degan miflar yuzaga kelgan.  Mifologik  dunyoqarash - 
ijtimoiy  taraqqiyotning  eng  boshlang‘ich  davriga  xos  bo‘lgan  xalq  og‘zaki  ijodi  -  naql  va 
afsonalarda gavdalantirilgan ijtimoiy ongning asosiy shaklidir.  
     Mifologik    dunyoqarash    ilm  -  fan  taraqqiy  etmagan  vaziyatda  keng  tarqalgan  ijtimoiy 
ongning  shakli  bo‘lib,  uning  kelib  chiqish  sababining  asosini  insonning  o‘zini  qurshab  turgan 
olamdan    ajralib  qarashga  ojizligi  tashkil  etadi.  SHuning  uchun  ham  mifologik  dunyoqarashda 
jamiyat bilan tabiat, jonli bilan jonsiz  narsalar bir xil tarzda ifodalanadi. 
    Rivoyat,  afsonalar  tashqi  olamni  izohlashga  qaratilgan  bo‘lib,  unda  dunyo  qanday  paydo 
bo‘ldi, uning asosini nima tashkil qiladi, narsa va hodisalarning bir-biri bilan aloqadorligi va bir-
biriga aylanishi haqida so‘z yuritiladi. Buni biz bushmenlarning oyning paydo bo‘lishi haqidagi 
mifologiyasidan  yaqqol  ko‘rishimiz  mumkin.  Rivoyat  qilishlaricha,  yomg‘irdan  keyin  sehrgar 
gulxan yoqib, oyog‘idagi namlangan sandalni quritishga  qo‘yadi. Ko‘p  o‘tmasdan qarasa, bitta 
sandali batamom kuyib kulga aylanib qolibdi, ikkinchisining esa yarmi kuyib bitibdi.  
    
 
 
 
 
 
 
 
 
1.1. Ta‘lim berish texnologiyasining modeli 
 
Mashg„ulot vaqti 
2 soat 
Talabalar soni: 25 – 65 gacha 
Mashg„ulot shakli 
Ma‘ruza  
 
 
Ma‟ruza rejasi 
1.
 
Markaziy Osiyodagi g‘oyalar takomili, eng qadimgi falsafiy 
qarashlar.  
2.
 
Ilk o‘rta asrlar falsafasining mohiyati va hususiyatlari.  
 
 
O„quv  mashg„ulotining  maqsadi:  Talaba  yoshlarga  jamiyat  taraqqiyotining  muayyan 
g‗oyalar, mafkuralar bilan bog‗liqligi,  g‗oya va  mafkuralarning inson va jamiyat  hayotiga tahsiri 
MA‟RUZA MASHG‟ULOTLARINING TA‟LIM TEXNOLOGIYASI 
 
 
мавzu 
 
G„OYALAR FALSAFASINING SHARQONA ILDIZLARI 

haqida bilim va tushuncha berish  
 
pedagogik vazifalar
 
jamiyat  taraqqiyotining  muayyan  g‗oyalar, 
mafkuralar 
bilan 
bog‗liqligi, 
g‗oya 
va 
mafkuralarning inson va jamiyat hayotiga tahsiri 
haqida bilim berish; 
 
G‗oyalarning vujudga kelishi, bunyodkor 
va  vayronkor  g‗oyalar,  ularning  jamiyat 
taraqqiyotidagi  ahamiyati  haqidagi  bilimlarini 
tizimlashtirish,  taqqoslash,  umumlashtirish  va 
xulosalar chiqarish ko‗nikmalari shakllantirish. 
O„quv faoliyati natijalari: 
 
jamiyat  taraqqiyotining  muayyan  g‗oyalar, 
mafkuralar  bilan  bog‗liqligi,  g‗oya  va 
mafkuralarning  inson  va  jamiyat  hayotiga 
tahsiri haqida bilimga ega bo‗ladi; 
 
G‗oyalarning 
vujudga 
kelishi, 
bunyodkor  va  vayronkor  g‗oyalar,  ularning 
jamiyat  taraqqiyotidagi  ahamiyati  haqidagi 
bilimlarini 
tizimlashtirish, 
taqqoslash, 
umumlashtirish 
va 
xulosalar 
chiqarish 
ko‗nikmalari shakllanadi. 
 
Ta‟lim berish usullari 
―Archa‖, 
―Nega‖, 
―FSMU‖, 
―Insert‖ 
texnologiyalarni  qo‗llagan  holda  gurux  bilan 
ishlash,  suhbat,  aqliy  hujum,  munozara, 
namoyish qilish 
 
Ta‟lim berish shakllari 
Jamoaviy, guruxlarda 
Ta‟lim berish vositalari 
Ma‘ruza  matni,  o‗quv  materiallari,  slaydlar, 
tarqatma materiallar. 
Ta‟lim berish sharoiti 
Auditoriya  
Monitoring va baholash 
Og‗zaki nazorat: savol-javob  
 
 
―G‗OYALAR FALSAFASINING SHARQONA ILDIZLARI‖  
TEXNOLOGIK XARITASI. 
 
Ish 
jarayonlari 
vaqti 
Faoliyat mazmuni 
O„qituvchi 
Talaba 
1 bosqich. 
Kirish 
(10 daqiqa) 
1.1.  Ma‘ruzaning  mavzusi,  rejasini  e‘lon  qiladi,  o‗quv 
mashg‗ulotining  maqsadi  va  o‗quv  faoliyat  natijalarini 
tushuntiradi (1-ilova) 
Tinglaydi, 
mavzu nomini 
yozib oladi 
1.4.  Mashg‗ulotni  o‗tkazish  shakli  va  baxolash  mezonlarini 
e‘lon qiladi (2- ilova) 
Yozib oladi 

2 bosqich. 
Asosiy 
jarayon 
(60 daqiqa) 
2.1. Mavzu rejasining birinchi ‗unkti rejasi bo‗yicha ma‘ruza 
qiladi  (3-ilova)  Ma‘ruza  bo‗yicha  ―Archa‖  texnologiyasidan 
foydalangan  holda  talabalarga  quyidagi  savol  bilan  murojaat 
qiladi:  Jamiyat  taraqqiyotiga  xizmat  qiluvchi  qanday 
bunyodkor g‗oyalarni bilasiz? (4-ilova) 
2.2. Mavzu rejasining ikkinchi ‗unkti bo‗yicha ma‘ruza qiladi 
(5-ilova).  Ma‘ruza  bo‗yicha  «NEGA‖  usulidan  foydalangan 
xolda talabalarga quyidagi  savol  bilan murojaat  qiladi: Nega 
ayrim  g‗oya  va  mafkuralar  jamiyat  taraqqiyoti  yoki 
tanazzuliga sabab bo‗lgan? (6-ilova) 
Yozadi, 
savolga javob 
beradi. 
 
 
 
Yozadi, 
savolga javob 
beradi. 
2.2.  Mustaqillik  xalqimizning  buyuk  tarixiy  g‗alabasini 
aniqlashni  «Kichik  guruhlarda  ishlash»  orqali  amalga 
oshirilishini  e‘lon  qiladi.  ―FSMU‖  texnikasidan  foydalangan 
holda  guruhlarga  topshiriqlar    beradi  (7-ilova).  Guruhlarda 
ishlashga  yordam  beradi  Qo‗shimcha  ma‘lumotlardan 
foydalanishga  imkon  yaratadi.  Diqqatlarini  kutiladigan 
natijaga  jalb  qiladi.  Har  bir  guruh  topshiriqlarini    - 
qog‗ozlarga tushirib, taqdimotini o‗tkazishga yordam beradi, 
bilimlarini  umumlashtiradi,  xulosalarga  alohida  ehtibor 
beradi.  Topshiriqlarning  bajarilishini  qay  darajada  to‗g‗ri 
ekanligini 
diqqat 
bilan 
tinglaydi 
Fikrlarini 
tinglab, 
umumlashtiradi. 
Savollarga 
javob 
beradilar, erkin 
bahs-munozara 
yuritadilar. 
Guruhlarda 
ishlaydilar.  
 
 
 
 
 
3 bosqich. 
Yakuniy 
bosqich 
 (10 daqiqa) 
3.1 Mavzu bo‗yicha umumiy xulosa qilinadi.  
Tinglaydilar 
3.2. Talabalarning olgan baholarini e‘lon qilinadi 
Yozib oladi 
3.3. O‗z-o‗zini nazorat qilish uchun savollar beradi (8-ilova) 
Javob yozadi 
3.4.Navbatdagi  mashg‗ulotda  ko‗riladigan  mavzuni  e‘lon 
qiladi  va  ―Insert‖  usulidan  foydalanib  jadvalga  mustaqil 
ta‘limga tayyorgarlik ko‗rishlarini so‗raydi (9-ilova) 
―Insert‖ 
usulida 
jadvalni 
to‗ldiradilar 
 
 
 
 
 
 
1-ilova 
 
MAVZU:    ―Ijtimoiy taraqqiyot g‗oyalar va mafkuralar tarixi sifatida‖ 
Reja.  
1.
 
Markaziy Osiyodagi g‘oyalar takomili, eng qadimgi falsafiy qarashlar.  
2.
 
Ilk o‘rta asrlar falsafasining mohiyati va hususiyatlari.  
O„quv  mashg„ulotining  maqsadi:  Talaba  yoshlarga  jamiyat  taraqqiyotining  muayyan 
g‗oyalar, mafkuralar bilan bog‗liqligi, g‗oya va mafkuralarning inson va jamiyat hayotiga tahsiri 
haqida bilim va tushuncha berish 
O„quv  faoliyatining  natijasi:  Talabalar  jamiyat  taraqqiyotining  muayyan  g‗oyalar, 
mafkuralar  bilan  bog‗liqligi,  g‗oya  va  mafkuralarning  inson  va  jamiyat  hayotiga  tahsiri, 
g‗oyalarning vujudga kelishi, bunyodkor va vayronkor g‗oyalar, ularning jamiyat taraqqiyotidagi 

ahamiyati haqidagi bilimlarini tizimlashtirish, taqqoslash, umumlashtirish va xulosalar chiqarish 
ko‗nikmalari shakllanadi. 
 
 
2-Ilova 
Baholash mezoni va ko‗rsatkichlari 
 
Guruhlar  
Savolning  to‗liq 
va aniq yoritilishi  
0-5 ball 
Misollar 
bilan 
muammoga  yechim 
to‘ishi 0-5 ball 
Guruh  ahzolarining 
faolligi  
0-5 ball 
Jami ball 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5- ball – «a‘lo». 
4- ball – «yaxshi». 
3 ball – «qoniqarli». 
 
3-ilova 
 
1.
 
Markaziy Osiyodagi g‘oyalar takomili, eng qadimgi falsafiy qarashlar.  
 
Jamiyatda  ezgu  g‗oyalar  barcha  davrlarda  insonni  yuksak  orzular  bilan  yashashga, 
olijanob  maqsadlar  yo‗lida  ehtiqod  bilan  kurashishga    o‗rgatadi.  Inson  va  jamiyat  bor  ekan, 
ezgulik  g‗oyalarining    ziddi  bo‗lgan  zulm  va  zo‗ravonlik,  qabohat  va  jaholat  yangi-yangi 
shaklarda  namoyon  bo‗lishi  xam  mumkin.  Lekin  ular  insoniyatning  adolat,  tenglik,  tinchlik, 
qardoshlik,  rivojlanish  va  farovonlik  g‗oyalariga  tayanib,  yuksak  maqsadlar  sari  intilishlarini 
to‗xtata  olmaydi.  Ezgu  va  yuksak  g‗oyalar  odamlarni  hamisha  olijanob  maqsadlar  sari 
yetaklayveradi.  Bunyodkorlik  g‗oyalari  yurtni  obod,  xalq  hayotini  farovon  qilishdek  olijanob 
maqsadlar  bilan  ajralib  turadi.  Ular  insoniyat    taraqqiyotga  erishgan  davrlardan  buyon  jamiyat 
hayotining  eng ezgu g‗oyalari sifatida  yashab  kelmoqda. Vayronkor  g‗oyalar - jamiyat,  xalq  
va davlatlarning     tanazzuliga     sabab  bo‗ladi,    g‗ayriinsoniy    maqsadlarga   xizmat qiladi. 
Insoniyat  tarixida  ezgulik  va  bunyodkorlik  g‗oyalari  bilan  yovuzlik  va  buzg‗unchilik  g‗oyalar 
o‗rtasida  hamisha  kurash  bo‗lganligi  tarixdan  ma‘lum.  Yovuzlik  g‗oyalari  esa  tarixda  hamisha 
salbiy va yovuz kuchlar faoliyati va hukmronligini ifodalaydi. Salbiy yurishlarga turtki bo‗lgan 
g‗oyalar,  irqchilik,  «kommunizm»,  fashizm,  terrorizm,  mustamlakachilikni  targ‗ib  qiluvchi 
g‗oyalar bunga misol bo‗ladi 
 
4-ilova 
―ARCHA‖ texnologiyasi 
 
SAVOL:  1. Jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi qanday bunyodkor g„oyalarni bilasiz? 
1.
 
Jamiyatni tanazzulga olib keluvchi qanday vayronkor g„oyalarni bilasiz? 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
5-ilova 
Ilk o‘rta asrlar falsafasining mohiyati va hususiyatlari.  
Har    qanday    jamiyat    o‗ziga     xos rivojlanish    yo‗lini   tanlar    ekan, oldiga muayyan 
maqsad  va  vazifalarni  qo‗yadi.    Zero,    bu      vazifalar      jamiyat,davlat,    xalq      va      millat   
taraqqiyoti  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  ma‘rifiy,  ta‘lim-tarbiya  va  mafkuraviy  jarayonlarning 
uzviy birligi asosida amalga oshadi. Hayotda maqsadi, yuksak  g‗oyasi, ezgu  orzu – intilishlari 
bo‗lmagan  inson  va  jamiyat  ahzolari  tabiiy  ehtiyojlar  doirasi  bilan  chegaralanib,  ma‘naviy 
yuksaklikka erishishi  qiyin.  Insoniyat  tarixidan ma‘lumki,  yer  yuzida dastlabki  odamzod ‗aydo 
bo‗lib,  uning  urug‗,  qabila  jamoa  yoki  xalq  sifatida  shakllanishi  ro‗y  bergan  dastlabki 
davrlardayoq ularni birlashtirib turadigan umumiy g‗oya va mafkuraga ehtiyoj tug‗ilgan.  G‗oya 
va  mafkura  inson  va    jamiyatning  o‗z  oldiga  qo‗ygan  aniq  maqsadi  bo‗lib  busiz  jamiyat  o‗z 
yo‗lini  yo‗qotadi.  SHu  sababli  ham  insonlar,  xalqlar,  jamiyat  hayotida  mafkura  muhim  rol 
o‗ynaydi.  Mafkuraning   hayotbaxsh  kuchi,  avvalo  insonning  jamiyatdagi  o‗rni va ahamiyatini 
qanday tushunishi va uni qanday ijtimoiy maqomda tasavvur etishiga bog‗liq. CHunki, insonni 
ijtimoiy  harakat  va  faoliyatga  undash  va  shu  tariqa  ko‗zlangan  muayyan  maqsad-vazifalarga 
erishish dunyodagi barcha ezgu mafkuralarning ma‘no-mohiyatini tashkil etadi. 
 
 
6-ilova 
«NEGA» organayzerini to‗ldiring 
 
 
                                                               Nega? 
 
 
 
 
 
                                         Nega? 
 
                              
 
 
 
 
 
         Nega? 
                         Nega? 
 
Nega?             Nega?   
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
           Nega? 
Nega?  Nega?? 
 
 
 
 
 
 
 
        Nega? 
                                                               
    7-ilova  
2-o‗quv topshiriq 
FSMU texnologiyasi 
 
 
 
 
 
  
 
Ushbu  texnologiya  munozarali  masalalarni  ҳal  etishda  xamda  o‘quv  jarayonini  baxs-
munozarali ўtkazishda қўllaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini ximoya қilishga, 
erkin fikrlash va o‘z fikrini boshқalarga o‘tkazishga, ochiқ xolda baxslashishga xamda shu bilan 
birga baxslashish madaniyatini ўratadi.Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini 
aniқ va qisқa xolatda ifoda etib, tasdiқlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga 
yordam beradi. 
F – fikringizni bayon eting 
S – fikringiz bayoniga sabab kўrsating 
M – kўrsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring 
U – fikringizni umumlashtiring  
 
Nega ayrim g‟oya va 
mafkuralar jamiyat 
taraqqiyoti yoki 
tanazzuliga sabab 
bo‟lgan? 

 
Jadvalni to‗ldiring 
 
 
 
 
 
Savol 
Mustaqillikni mustahkamlashda sizning 
shaxsiy ishtirokingizni belgilang  
(F) Fikringizni bayon eting 
 
(S) Fikringiz bayoniga sabab ko‗rsating 
 
(M)  Ko‗rsatgan  sababingizni  isbotlovchi 
dalil keltiring 
 
(U) Fikringizni umumlashtiring 
 
 
8-ilova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
9-ilova 
Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi 
1. Ma‘ruza matnini o‗qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo‗yib chiqing: 
V – bilaman 
+ - men uchun yangi ma‘lumot 
-
 
- men bilgan ma‘lumotni inkor qiladi 
? – noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo‗shimcha ma‘lumot. 
2. Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring. 
Mavzu savollari 




1. 
 
 
 
 
2. 
 
 
 
 
3. 
 
 
 
 
4. 
 
 
 
 
5. 
 
 
 
 
6. 
 
 
 
 
7. 
 
 
 
 
 
MAVZU:  G‘OYaLAR FALSAFASINING SHARQONA ILDIZLARI 
 
1.
 
Markaziy Osiyodagi g‘oyalar takomili, eng qadimgi falsafiy qarashlar.  
2.
 
Ilk o‘rta asrlar falsafasining mohiyati va hususiyatlari.  
3.
 
Islom va Kalom falsafasi. Tasavvuf va uning tariqatlari.  
 
Tarixni bilish, undan to‘g‘ri va xolis xulosalar chiqara olish inson ma‘naviy kamoloti uchun 
nixoyatda  muhim.  Tapix  buyuk  muallim,  o‘tmishdan  saboq  beradigan  tarbiyachidir.  Gap  eng 
Umumlashtiruvchi savollar
1. Davlat va jamiyatlarning o‘z taraqqiyotiga milliy g‘oyasiz erishishi mumkinmi?. 
2. Inson va jamiyat hayotida muayyan g‘oyalarni alohida o‘rni nimada?   
3. Shovenizm,buyuk millatchilik shovenizmi, fashizm, rasizm g‘oyalarini izohlang? 
4.Hukmronlik qilishga intiluvchi qanday mafkura shakllari bor? 
 

qadimgi  davr  falsafasi  haqida  borar  ekan,  bu  masala    yanada  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Ayrimlar 
«Bizga ming yillar qa‘rida yotgan madaniyat va falsafadan nima foyda, yaxshisi, bugunning gapidan 
gapiring?",  «O‘tmish  qa‘ridan  tashbex  izlagandan  ko‘ra,  bugungi  muammolar  ustida  bosh  qotirgan 
ma‘qul  emasmi?»  degan  xayollarga  borish  mumkin.  Bir  qarashda  ularning  gapida  ham  jon  borga 
o‘xshaydi. Ammo bir narsa aniq: o‘tmishni bilmasdan turib, kelajakni to‘g‘ri tasavvur etish mumkin 
emas.  Zero,  o‘tmishsiz  kelajak  yo‘q.  SHu  ma‘noda,  biz  falsafa  tarixini  azbaroyi  o‘tmishga 
qiziqqanimiz uchun o‘rganmayapmiz. Biz uni turli zamonlarda ro‘y bergan  xilma-xil voqea va 
hodisalarning falsafiy fikr va ongida qanday  aks  etgani, ularni  qanday  g‘oyalarning tugilishiga 
sabab bo‘lgani, qaysi ta‘limotlar insoniyat taraqqiyotiga qanday ta‘sir ko‘rsatgani,  qaysi  mafkura 
odamzodni  ko‘proq  rivojlanish  yoki  tanazzul  tomon  yetaklagani  kabi  haqiqatlarni  bilib  olish 
uchun o‘rganamiz. Tarixni o‘rganmoq va undan saboq olmoq har bir inson uchun zarurdir. Bu 
falsafa  bilan  shug‘ullanayotgan  mutaxassis  uchun  ham,  uni  o‘rganayotgan  talaba  uchun  ham 
birdek muhim ahamiyatga ega. Tarixni falsafasiz to‘g‘ri tushunib bo‘lmagani kabi, falsafani ham 
tarixsiz to‘g‘ri anglab bo‘lmaydi. SHularni nazarda tutib, quyida biz mamlakatimiz tarixida muayyan 
iz qoldirgan ayrim falsafiy qarashlar va ta‘limotlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
Zardushtiylik ta‘limoti. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning  VII  asrlarigacha  bo‘lgan  davr 
mahsuli  bo‘lgan  diniy-falsafiy ta‘limotlardan biri zardushtiylikdir.  Bu  ta‘limotga  Zardusht  asos  solgan 
bo‘lib, SHarq va G‘arbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari bilan mashhurdir. Manbalarga ko‘ra, Zardusht 
eramizdan avvalgi VI asrning birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonaviy shaxs 
ekanli haqida aniq bir to‘xtamga kelingani yo‘q. U o‘zini payg‘anbar deb e‘lon qilgan. Lekin uning 
payg‘anbarligi iloxiy asosga ega emas. Ya‘ni bu haqikat iloxiy kitoblarda o‘z tasdig‘ini topmagan. 
Keyingi  yillarda  olib  borilgan  tadqiqotlar  shuni  ko‘rsatmoqdaki,  bu  ta‘limot  Vatanimiz 
xududida,  xususan,  Xorazm  zaminida  paydo  bo‘lgan.  U  o‘z  davrida  xalqni  ezgulik  va  adolat 
g‘oyalariga da‘vat etish, hayotbaxsh an‘analarni shakllantirish, dehqonchilik va shahar madaniyatini 
rivojlantirishda  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lgan,  uning  g‘oyalari  bilan  bog‘liq  qadriyatlar  bugungi 
kungacha  yashab  kelmoqda  va  xalqimiz  turmush  tarzining  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  belgilashda 
o‘lkan himmat kasb etmoqda. 
Zardushtiylikning  bosh  kitobi  «Avesto»dir.  Unda  qadimgi  xalklarning  dunyo  to‘g‘risidagi 
tasavvurlari, o‘ziga xos qadriyat va urf-odatlari aks etgan. Unda olamning azaliy qarama-qarshi kuchlari 
yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik, hayot va o‘lim borasidagi qarashlar 
o‘z ifodasini toptan. «Avesto»da, shuningdek, tabiat falsafasi, tarix, etika, tibbiyotga oid ma‘lumotlar ham 
berilgan. 
Falsafa  tarixida  makedoniyalik  Aleksandr  istilosi  va  Grek-Baktriya  davri  falsafasi  ham 
xalqimizning  taraqqiyot  tarixida  muhim  o‘rin  tutgan.  Manbaalarda  Aleksandr  qo‘shini  mahalliy 
xalqlarning qattiq, qarshiligiga uchragani, u «Avesto»ning ko‘pgina qismini yondirib yuborgani haqida 
ma‘lumotlar bor. Bugungi kungacha ham ayrim tarixchilar Aleksandr «Avesto»ning tilini bilmagani, uni 
o‘qiy  olmagani  sababli  bu  kitobning  qadr-qimmatini  tushunmagan  va  uni  yoqish  to‘g‘risida  ko‘rsatma 
bergan, degan fikrlarni bayon etadilar. Aslida  unday  emas.                    Bu  tarixiy  haqikatni,  garchand  u 
kimlar uchundir achchiq va kimlar uchundir ibratli bo‘lsa-da, xaspushlashga o‘rinishdan boshqa narsa 
emas.  Negaki,  Aleksandr  o‘z  zamonida  fanlarning  otasi  deb  nom  olgan  falsafani  fan  darajasiga 
ko‘targan, buyuk donishmand sifatida yetti iqlimda tan olinga Arastudan 20 yil mobaynida muttasil ta‘lim 
olgan  edi.  Binobarin, 
 
Filippning  o‘g‘li  Aleksandrni  savodsiz,  kitobning  qadrini  tushunmaydigan  bir 
kimsa deb ta‘riflash tori, haqiqatiga to‘g‘ri kelmaydi. 
To‘g‘ri, u «Avesto»ni o‘tda qo‘ydirgan bo‘lishi mumkin. Lekin buni kitobning qadrini tushunmagani 
uchunmas, balki yerli xalqlarni birlashishga da‘vat etib turuvchi, ular e‘tiqod qo‘ygan milliy, g‘oyalar 
timsoli bo‘lgan va o‘z saltanatiga qarshi muttasil qurish olib boruvchi vatanparvarlarni tarbiyalaydigan 
manba ekanini, nazarda to‘tib, shu ishni amalga oshirgan. Qolaversa, o‘zini dunyodagi eng rivojlangan 
xudud  madaniyatini  jahonga  yoyish  uchun,  mas‘ul  deb  bilgan,  to‘g‘rirog‘i,  o‘sha  madaniyatdan 
boshqasini  tan  olmagan  mashxur  jahongir  uchun  zabt  etilgan  xalqning  «Avesto»dek  buyuk  kitobi 
bo‘lishi kutilmagan xol edi.                  U, yuqorida ta‘kidlanganidek, maskur kitob omon tursa, u ushbu 
zamin  farzandlari  uchun  o‘zlikni  anglash,  binobarin,  kuch-kudrat  manbaai  bo‘lib  qolaverishini 
nixoyatda yaxshi tushungan. Aleksandrdan keyin yashagan Rim imperatorlari ham Misr va Vizantiyaga 

qarshi urush  qilib, yaxudiylarning yerini bosib olganida tub aholining madaniy  boyliklarini  yo‘q qilishi, 
«Zabur»  va  «Tavrot»ning  qadimgi    nushalarini  ko‘ydirib  yuborgani  yuqoridagi  misolning  tasodifiy 
emasligidan dalolat beradi. 
Umuman, har qanday sharoitda ham istilochilarning birinchi ishi xalq va millatlarni zo‘rlik bilan 
bosib olish, boyliklarini talash bo‘lsa, keyingi asosiy faoliyati millatni o‘z tarixi  va an‘analaridan 
uzib  qo‘yish,  madaniy  merosini  talon  taroj qilish, uning ma‘naviyatini  yo‘qotishdan iborat bo‘ladi 
Tarixning  bu  achchiq  sabog‘i  mustamlakadan  ozod  bo‘lgan,  o‘z  mustaqilligini  saqlab  kolish  va 
mustahkamlashga  intiladigan  hech  qanday  xalq,  taraqqiyoti  uchun  eng  muhim  xulosa  bo‘lib  xizmat 
qiladi. 
Iskandarga  qarshi  ko‘rashda  xalqimizning  milliy  qahramoni  Spetamen  beqiyos  mardlik  va 
jasorat  ko‘rsatadi.  U  Iskandarga  qarshi  ayovsiz  qarshilik  ko‘rsatgan  vatanparvar  lashkarboshlaridan 
biridir. Aslida, uning qahramonligi millatimizning o‘sha davrdagi o‘z davlatchiligini, o‘zi  yashaydigan hudud 
daxlsizligini  saqlab  qoldi.  Albatta,  bu  lashkarboshi  ortidan  xalq  ergashsa,  elning  ozodlik  va 
mustaqillikka intilishi tuyg‘usi kuchli bo‘lmasa, Spetamenning nomi bu qadar mashxur bo‘lib ketmas 
edi. Negaki, inson naqadar kuchli, tadbirqor va omadli bo‘lmasin, agar xalq bilan birga bo‘lib, 
uning dardlariga darmon izlamasa, xurriyat  g‘oyalarini bayroq qilib ko‘tarmasa, haqikiy milliy 
qahramon  bo‘lolmaydi.  Spetamen  esa 
o‘sha  xalqimizning  ruxi,  orzu-umidlari, 
mustamlakachilarga qarshi matonati ramzi sifatida tariximiz qatiga mangu muxrlanib qolgan. 
Markaziy Osiyoda buddaviylik ham o‘z o‘rniga ega. U diniy-falsafiy ta‘limot sifatida qadimgi 
Xindistonda eramizdan avvalgi VI asrning oxiri va V asr boshlarida vujudga kelgan. U jaxonda keng 
tarqalgan  dinlardan  biridir.  Bu  ta‘limotga  asos  solgan  donishmand  Sidharta  urig‘idan  chiqqan 
Gao‘tama  hisoblanadi.  Keyinchalik  u  «Budda»,  ya‘ni  nurlangan  degan  laqabga  ega  bo‘lgan. 
Buddaviylik islomga qadar O‘rta Osiyoda tarqalgan qadimgi dinlar orasida mavqei jihatidan juda 
katta  o‘rin  tutadi.  Bu  ta‘limot  O‘rta  Osiyoga  eramizdan  avvalgi  II-  1  asrlarda  kirib  kelgan. 
Tarixiy manbalarga ko‘ra, uni Toharistonga balxlik savdogarlar olib kelishgan. Kushonlar davrida 
buddaviylik  dini  xukmron  dinga  aylangan  edi.  «Xalqchil  bo‘lganligi  uchun  O‘rta  Osiyoga  keng 
yoyilgan. Buddaviylikning O‘rta Osiyoga yoyilishi quyidagi to‘rt bosqichdan iborag. 
 
Birinchi bosqich.  Kushonlardan oldingi davr.  Bu  eramizdan  avvalgi  I asrga to‘g‘ri keladi. 
Bu davrga oid yozma manbaalar bizgacha yetib kelmagan. 
 
Ikkiichi bosqich. Bu davrda buddaviylik Urcha Osiyoga keng tarqalgan edi. Ayniqsa,   uning  
ahloqga  oid  masalalar,   xalq  ommasini  sabr qanoat va bardoshga da‘vat etuvchi g‘oyalarni ilgari 
surganligi muhim ahamiyat kasb etgan. 
 
Uchinchi bosqich. Bu davrda O‘rta Osiyoda buddaviylik ta‘limotining manbalari yoyilgan. 
 
To‘rtinchi   bosqich.   (IX-XIV   asrlar)   islom   O‘rta   Osiyoda xukmron dinga aylanishi 
bilan bu din siqib chiqarilgan juda zaiflashib ketgan. 
Buddaviylikning  O‘zbekiston  va  Xindiston  xalqi  o‘rtasida  o‘z  davrida  ma‘naviy  ko‘prik 
bo‘lib  xizmat  qilganligi  aniq.  Xalqlarimiz  orasidagi  do‘stlik  va  birodarlikning  ildizlari  u    davrga 
borib  taqaladi  va  bugungi  kunda  aksariyat  kishilar,  ayniqsa,  yoshlarimizning  hind  xalqi,  uning 
madaniyat va san‘atiga qiziqishi tasodifiy emas. 
2 masala.  
Maskur  mavzuga  asos  bo‘lgan  davr  falsafasi  arab  istilosi  va 
mamlakatimizda islam dinining tarakiy etishi bilan uzviy bog‘liqdir. Bu falsafa, ba‘zi chet ellik 
mutaxassislar aytgani kabi, faqat arablar madaniyatining bir qismi emas. Balki bizning Vatanimiz 
farzandlari  ulug‘  boboqalonlarimizning  islom  diniga,  islom  falsafasiga,  butun  arab  dunyosi  va 
jaxon tsivilizatsiyasiga katta ta‘sir ko‘rsatgan ta‘limotlari dunyoga kelgan davr falsafasi hamdir. 
SHu  bilan  birga,  bu  ajdodlarimizning  bosqinchilarga  qarshi  ko‘rashini  aks  ettirgan, 
xalqimiz  madaniyati  va  ma‘naviyati  nixoyat  darajada  rivojlanganini  butun  jaxonga  yaqqol 
namoyon qilin davr falsafasidir. 
Bu Mukanna kabi milliy qahramonlarimiz keng xalq ommasiga bosh bo‘lib ozodlik ko‘rashi olib 
borgan paytlarda elning ruxini ko‘tarib, ilxomlantiruvchi ezgu g‘oyalar shakllangan davr falsafasidir. 
Bu Amu va Sirdaryo bo‘ylarida  yashagan xalqning daxosi eng  yuksak  darajaga ko‘tarilgan, 
uning amoklu namoyandalari jaxon madaniyati saxifalariga o‘zlarining uchmas nomlarini muxrlab ketgan 
davr  falsafasidir.  Bu  falsafaning  xususiyatlari  o‘sha  davrda  kechgan  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlarning 

o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. 
Maskur  mavzuni  o‘rganishdan  maqsad,  Prezidentimiz  Islom  Karimov  ta‘biri  bilan 
aytganda,  yosh  avlod  qalbida  mafkuraviy  immunitetni  shakllantrish,  «Yoshlarimizning  iymon-
e‘tiqodini  mustahkamlash,  irodasini  baquvvat  qilish,  ularni  o‘z  mustaqil  fikriga  ega  bo‘lgan 
barkamol  insonlar  etib  tarbiyalash.  Ularning  tafakkurida  o‘zligini  unutmaslik,  ota  bobolarning 
muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va xurmat qilish fazilatini qaror toptirishdan iborat. 
 
Arab  boskini  va  islom  dini.  Movarouinaxr  arablar  tomonidan  zabt  etilishi  arafasida  Turk 
kogonoti  tizimiga  kirar  edi.  U  mayda  amirliklardan  iborat  bo‘lib,  ular  o‘rtasida  tinimsiz 
to‘qnashuvlar  ro‘y  berib  turar  edi.  Ayniqsa,  Turk  kogonoti  bilan  sosoniylar  Eroni  o‘rtasidagi 
to‘qnashuvlar o‘ta shiddatli tusda yuz berar edi. XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida bu 
xudud  arab  halifaligi  tomonidan  bosib  olindi.  Bunga  Movarounnaxr  xududida  yashovchi  xalqlar, 
ijtimoiy  kuchlar  orasida  siyosiy  hamjihatlikshshg  yo‘qligi,  o‘zaro  kirginbarotlarning  avj  olishi 
sabab bo‘ldi. 
Movarounnaxrga arablar bosqini bilan birga islom dini ham kirib keldi. Islom so‘zi arabcha 
tangriga o‘zini topshirish, itoat, buysunish, tinchlik kabi ma‘nolarni anglatadi. Islom dini bayrog‘i 
ostida  keng  xududga  arab  kabilalari  birlashgan,  mavjud  tarqoqlikka  chek  qo‘yilgan,  yagona 
markazlashgan arab halifaligi tashkil topgan. 
Qur‘on va xadislarda islomiy ta‘limotning asosi bayon qilingan. Qur‘on muqaddas kitob. 
Unda  islom  qonun-qoidalari,  iymon-e‘tiqod  talablari,  xuquqiy  va  ahloqiy  me‘yorlar  o‘z  ifodasini 
topgan. U 114 sura va ular targ‘ibidagi oyatlardan tashkil topgan. 
«Sunna»  esa  xadislar  majmui  bo‘lib,  Qur‘ondan  keyin  turadi  va  uni  to‘ldiradi.  Unda 
Muhammad payg‘anbarning so‘zlari xatgi-harakatlari naqllar va xadis shaklida jamlangan. Qur‘on 
va sunnadan keyingi muhim manba  shariatdir SHariat (to‘g‘ri yo‘l, iloxiy yo‘l demakdir) islomda 
xuquq    ahloqiy  me‘yor  va  amaliy  talablar  tizimidir.  Islomdash  asosiy    yo‘nalishlar  sunniylik, 
shialik  va  xorijiylik.  Ular  diniy  ta‘limot,    marosimchilik,    ahloqiy-xuquqiy  me‘yorlarga    oid 
masalalarda o‘zaro farqlanib turadi. 
Xorijiylar  yo‘nalishi  o‘rta  asrlar  davrida  ko‘pgina  oqimlarga  bo‘linib,  keyinchalik  yo‘qolib 
ketgan. Faqat ibodiylar (abodiylar) oqimi saqlanib qolgan. 
 
Sunniylik  va  shialik  xokimiyat  masalasida  (sunniylik    halifalik  xokimiyati,  shialik  esa 
imomat xokimiyati tarafdori) ayrim diniy marosim va an‘analarda bir-biridan farq  qiladi. 
Islomdagi  oqimlar  aqidaviy  ta‘limot  va  marosimchilk  masalalarida  bir-biridan  ajralib 
turadigan  diniy    guruhlardir. SHialikdan qarmatlar, ismoiliylar, zaydiylar, nusayriylar,  aliiloxiylar va 
boshqalar ajralib chiqqan. 
Sunniylikdan  ravshaniylar,  axmadiya,  jangari  vaxxobiylar,  maxdiylar  ajralib  chiqqan. 
Mazxabchilik iloxiyot masalalari bo‘yicha yuzaga kelgan o‘zaro kelishmovchiliklar natijasidir. 
Islomda xanafiylik, ash‘ariylar, jabariylar, qadariylar, sifatiylar, murji‘iylar, mu‘taziliylar kabi 
mazxablar  mavjud.  Qadariylar  inson  iroda  erkinligini  yoqlab  chiqib,  uni  tan  olmagan  jabariylarga 
qarshi  chiqqan.  Mo‘takallimlar  aristotelchilik  falsafasi  uzil  va  vositalaridan  foydalanib,  islomning 
diniy-aqidaviy ta‘limotini asoslab berishga o‘ringan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling