Mashg‘ulotning mazmuni. Organizmlarda va alohida organlarda har XIL qon aylanish buzilishlari bo‘lishi mumkin. Ko‘p qonlik


Download 0.96 Mb.
bet2/4
Sana26.02.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1233083
1   2   3   4
Bog'liq
1 amaliy

Qizil tromblar — o‘limdan keyin ivigan qon laxtalariga o‘xshaydi. To‘q-qizil rangada bo‘lib, zich fibrin tolalaridan, turidan va to‘rlarga ilinib to‘rgan eritrotsitlardan, leykotsitlardan tuzilgan. Bu tromblar qon harakatining juda sekinlashishidan hosil bo‘ladi. Vena tomirlarida
turg‘unlik ko‘pqonligida uchraydi.
Aralash tromblar — trombning bosh qismi trombotsitlardan tuzilgan bo‘lib, tomir devorida yopishib turadi. Trombning tanasi esa qavatli tuzilishga ega, dum qismi esa tomir yulida osilib turadi.
To‘ldirilgan tromblar - mayda vena va kapillyarlarda uchraydi. Ular butun tomir yulini berkitadi. Bu tromb yopishqoq eritrotsitlardan va plazma oqsilidan hosil bo‘ladi. Kuyishda, ba’zi yuqumli kasallikdazaharlanishlarda uchraydi.
Tomir devoriga nisbatan quyidagi tromblar farq qilinadi:
Qavatli tromblar- katta tomirlarda qon harakati bez bo‘lgandaular jarohatlangan endoteliy hujayralarda hosil bo‘ladi. Trombotsitlardan, leykotsitlardan va fibrindan tuzilgan.
To‘ldiruvchi tromblar - mayda tomirlarda uchrab, devorli tromblarda keyin hosil bo‘ladi va butun tomir devorini to‘ldiradi. O‘lgan gavdadagi ivigan qon laxtalaridan tromblar tomir devorida yopishqoqligi bilan farq qilinadi. Oq va aralash tromblar tomir devorida butunlay yopishib turadi. Qizil tromblar esa tomir devorida bosh qismigina ilinib turadi va osongina ajraladi. Tromblar erkin yuzasi notekis, fibrin ipchalari trombda yo'g'on bo‘ladi, o‘lgan gavdadagi qon laxtalarida esa ingichka bo‘ladi.
Oqibati va ahamiyati — tromb devordan o‘zilib tomir yulida harakatlansa, emboliyalarni hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Uzilmasa, yemiriladi. Bunda proteolitik fermentlar, yiringli mikroblar ishtirok yetadi. Ko‘p hollarda tromb tomir devorida mahkam ushlab qoladi va biriktiruvchi to‘qima bilan almashinadi. Ba’zi tromblar qurib, tuzlanib qoladi. Tromblar ishemiyani, infarktni yoki gangrenani chaqiradi.
Emboliya — qon tomir yulini qon bilan oqib kelgan yot moddalar bilan berqilishi. Embollar tromb qismchalaridan, to‘qima qoldiqlaridan, o‘sma hujayralaridan, yog‘ tomchilaridan, havo yoki gaz pufakchalaridan, gelmentlardan, mikroblardan hosil bo‘lishi mumkin. Embollar tomir bo‘ylab qon bilan harakat qiladi. Embollar qon harakatiga qarshi ham yunalishi mumkin.
Qishloq xo‘jalik hayvonlarida tromblarning yemirilishidan hosil bo‘ladigan tromboemboliyalar ko‘p uchraydi. Bo‘lar o‘pkada, buyrakda, taloqda va ichakda uchraydi.
Yog‘ emboliyasi - trubkasimon suyaklarning sinishidan hosil bo‘ladi.Bunda erkin holdagi yog‘ tomchilari harakterlangan vena tomirlariga kiradi va qon harakati bilan o‘pka kapillyarlariga keladi va emboliyalar hosil bo‘ladi. Dastlab bu bilinmay, agar o‘pka kapillyarlarining 3 dan 2 qismida emboliyalar hosil bo‘lsa, o‘limiga olib keladi.
Havo emboliyasi — jarohatlangan vena tomirlarida havoni kirishi. Bu vena orqali in’eksiya qilinganda ham hosil bo‘lishi mumkin. Bunda har xil hayvonlar turlicha reaksiya beradi. Masalan: otlar 1 kg og‘irligida 10 ml havoni, quyonlar 2-3 ml havoni o‘tkazib yuborishi mumkin. Ko‘p miqdorda havoni kirishi xavflidir, bunda qon aylanishi buziladi, yurakning o‘ng qismi kengayadi, xatto yurakning falajlanishi kelib chiqadi. Havoli emboliyaga taxmin bo‘lganda o‘lgan gavdani tezda yorib ko‘rish kerak (1 sutka o‘tkazmasdan). Bunda osongana havo pufaklarini yurak bo‘shlig‘ida o‘pka arteriyalarida ko‘rish mumkin. Tomirlarni suv ichida kesganda yaxshi nataja beradi. Yurakda ko‘piksimon qonni aniqlash ham diagnostik ahamiyatiga ega.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling