Mashhur o’zbek olimi, matematik, astronom va tabiatshunos O’zbekistonning Xorazm oblastidan bo’lib, fan tarixida alohida o’rin tutadi


Download 20.03 Kb.
bet2/13
Sana09.01.2022
Hajmi20.03 Kb.
#267637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mashhur o’zbek olimi, matematik, astronom va tabiatshunos O’zbek-fayllar.org

Markaziy Osiyolik matematik olimlar orasida eng mashhurlaridan biri Abu Abdulloh Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy (783-850). Yuqorida zikr etilgan Bag’doddagi Donishmandlik uyida matematika bilan shug’ullandi. Uning matematika bo’yicha yozgan risolalari: «Kitob al-jabr val muqobala», «Hind hisobi haqida qisqacha kitob», «Astronomik jadvallar», «Kitobul-suratul-arz». «Hind hisobi haqida qisqacha kitob» asari Evropada hind pozision sistemasining tarqalishida muhim rol o’nadi. «Kitob al-jabr val- muqobala» asarida algebra mustaqil fan sifatida (matematikaning bir bo’limi) birinchi bo’lib o’rganib chiqildi. Bu risola ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismida algebraik miqdorlar ustida amallarni hisoblash bajarish qoidalari, birinchi va ikkinchi darajali tenglamalar ko’rib chiqilgan. Qoidalar va yechimlar so’z bilan bayon etilgan. Noma’lum ildiz yoki buyum deb noma’lumning kvadrati - kvadrat deb atalgan. Kvadrat tenglamalar geometrik usulda yechilgan. Ikkinchi qismda esa geometrik masalalar bayon etilgan. Unda 3 va 10 sonlarining bir-biriga yaqinligi hamda bundan tashqari, 3,1416 kabi qiymatlari keltirilgan. By asar lotin tiliga XII asrda tarjima qilingan va ko’p vaqtlar davomida Yevropa mamlakatlarida matematika bo’yicha asosiy qo’llanma bo’lib keldi. Al-Xorazmiyning nomi dastlab matematika olamiga hind hisob sistemasiga asoslangan arifmetika muallifi sifatida tanilgan bo’lsa, so’ngra qat’iy qoidalar asosida bajariladigan har qanday hisob sistemasining umumiy nomi (algoritm) sifatida mashhurdir. Al-Xorazmiyning nomi bilan Oyning ko’rinmas tomonidagi krater ataladi.


Download 20.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling