Mashhur shifokor Ahadbek Murodovning uyiga intervyu olish uchun jurnalist keldi
Download 15.83 Kb.
|
Ajoyib sovg'a
Ajoyib sovg’a Mashhur shifokor Ahadbek Murodovning uyiga intervyu olish uchun jurnalist keldi. Assalomu alaykum, Ahadbek aka, yaxshimisiz? Valaykum assalom. Rahmat, yaxshiman? Avvalo, qimmatli vaqtingizni ayamay men bilan suhbatlashishga rozilik bildirganingiz uchun rahmat. Bilasizmi, bizning gazetamiz muxlislari sizning hayotiy faoliyatingizga juda qiziqish bildirishyapti. Xush kelibsiz. Kelganingizdan men ham xursandman. Marhamat, ichkariga kiring. Ahadbek aka jurnalistning bergan savollari birin-ketin erinmasdan javob berdi. Jurnalistning bir savoli, ya’ni “Sizning mana shunday mashhur shifokor bo’lishingizga kim yoki qanday voqea sabab bo’lgan?” deya bergan savoli uni o’yga toldirib, olis bolalik sari yetakladi. Ahadbek o’shanda o’n ikki yoshda edi. U uyda o’tirib zerikdi, ko’chaga chiqdi. Ko’chadagi bolalar shovqin qilib koptok tepishayotgandi. Ahadbek ham ularga qo’shildi. Koptok o’ynab charchab uyga kirdi. Televizor qarshisida yotib kino ko’ra boshladi. Uning yozgi ta’tilda odatdagi kun tartibi ana shunday o’tayotgan edi. Beshinchi sinfni tugatgan bo’lsa-da, bolalarcha o’yinqaroqligini tashlay olmayotgandi. Onasi Feruza opa o’g’lining ta’til kunlari vaqti behuda o’tayotganidan bezovta edi. Uni qanday qilib biror foydali ishga jalb qilishi mumkinligini o’ylardi. O’g’lining tug’ilgan kuni yaqinlashib qolgan edi, bozordan unga niyatlab ajoyib sovg’a keltirdi. O’g’lim, senga ajoyib sovg’am bor. Tug’ilgan kuning bilan tabriklayman,- deya Feruza opa o’sha kuni keltirgan sovg’asini berdi. Rahmat, oyi, - chiroyli qadoqlangan sovg’ani qo’lida ushlab xursand bo’ldi Ahadbek. Ichini ochib qarasa, Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib” asari edi. To’g’risi, kitob o’qishga uncha ishtiyoqi yo’q edi. Lekin baribir sovg’a-da. Feruza opa o’g’lining kitobni o’z xohishi bilan o’qimasligini bilar edi. U ko’proq koptokka qiziqar edi. Onasi o’g’lining ana shu qiziqishidan foydalanmoqchi bo’ldi. O’g’lim, kechagi kitobni o’qidingmi? Senga yoqdimi? Yo’q, hali o’qimadim, oyijon. Senga bir taklifim bor. Yangi koptok xohlayotganding, shunaqami? Agar o’sha kitobni o’qib menga mazmunini so’zlab bersang, yangi koptok olib beraman. Rostdanmi, oyijon? Mayli men roziman taklifingizga. Ahadbek xursand bo’lib xonasiga kirdi, oyisi sovg’a qilgan kitobni topdi. Uni qo’liga olib xafsalasizgina o’qiy boshladi. Lekin keyinchalik asar qahramoni Hoshimjonning sarguzashtlariga qiziqib ketganini bilmay qoldi. Ahadbekning orzusi shifokor bo’lish edi. Shifokorlarga qandaydir havas bilan qarardi. Boshqa tengdoshlari shifoxonaga borishdan qo’rqsa, u, aksincha, biror joyi og’risa darrov oyisiga shifokorga olib boring derdi. Lekin orzusini amalga oshirish uchun harakat qilishi kerakligi xayoliga kelmasdi. Hoshimjon haqida o’qib uning orzularini ko’rib, kitob o’qimasa, hech bir orzuga erisha olmasligini bilib, bundan keyin bo’sh vaqtini kitob o’qishga bag’ishlaga qaror qildi. Ana shundan keyin u juda ko’plab badiiy kitoblar, ilmiy kitoblar o’qigan. Jurnalistning savoliga u shunday javob berdi: Hayotimda katta burilish yasagan, meni shunday mashhur shifokor bo’lib yetishishimga sababchi bo’lgan voqea o’n ikki yoshimda onamning tug’ilgan kunimga ajoyib sovg’a, ya’ni kitob sovg’a qilganligi va uni o’qishimga undaganligi bo’lgan. Download 15.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling