Mashina startyorlarining tuzilishi, ishlashi va elektromexanik tavsifnomasi Reja
Download 22.01 Kb.
|
1 2
Bog'liqMashina startyorlarining tuzilishi, ishlashi va elektromexanik tavsifnomasi
2.5-rasm. CT130-A3 belgili startyor:
I-tortish relesining kontaktlari; 2-o't oldirish g'altagning qo'shimcha qarshiligni ulovchi kontakt; 3-tortisl relesining chulg'amlari; 4—tortish relesining yakori; 5-rostlash vint-tortqichi; 6-himoya qobig'i; 7-pishang, 8—shes ternyaning yurish doirasini rostlash vinti; 9—yuritma tomondagi qopqoq; I O-tiralish halqasi; 11—shesternya, 12-erkin yurish mliftasi; 13—prujma; 14-yetaklash muftasi; ]5—qobiq; ]6-yakor; 17—hirnoya tasmasi; JS-kollektor, 19-kollektor tomonidagi qopqoq; 20-yakor chulg 'ami; 21-uyg'otish chulg'ami; 22-qlitb boshmog'i. kichik va tannarxi pastligi bilan tavsiflanadi Ammo bu turdagi yuritma mexanizmlarid. Ilashuvjarayoni shesternyani maxovikning tishi gardishiga kuchli uriUsh hollari bilan bog'liq Shuning uchun bu turdagi yuritma mexanizm laning qo 'Hash doirasi quvvati I kVt gachi bo'lgan startyorlar bilan cheklangan. Elektrodvigatel qutblarining magnit-yuritisi kuchlari ta'sirida yakomi harakatga keltirib, shesternyani ilashtirish prinsipiga asoslangan star tyorlar, asosan, xorijiy rnamlakat avtomobillaridi tatbiq topgan. Bu yuritma mexanizmi quvvati 3-5 kVt bo'lgan startyorlarga o'rnatiladi. BundaS yuritma mexanizmi o'rnatilgan startyorlarning tuzilishi ixcham, dvigatelga mahkamlash qulay bo'ladi, ammo ularda qimmatbaho mis nisbatai ko'p ishlatilishi va avtomobillar qiyalikda turganda yuritma mexanizmining ishonchlilik darajasin pasayishi yakorning og'irlik kuchi ta'sirida. ulaning asosiy kamchiliklari hisoblanadi.. Startyor qobig'i yaxlit tortilgan quvurdan yok po'lat tilimni kavsharlash yo'li bilan tayyorlanib elektrodvigatel magnit sistemasining bir qismin tashkil qilishi bilan birga, startyor qopqoqlar mahkamlanuvchi qurilma xizmatini ham bajaradi. Qobiqning ichki yuziga vintlar yordamida to'rtt! qutb boshmoqlari 22 mahkamlanadi. Yakor vi qutb boshmoqlari orasida doimiy tirqish bo'li shini ta'minlash maqsadida qutb o'zagining ichk yuzi yo'niladi. Qutb boshmoqlariga Hyg otisi chulg'amining g'altaklari 27 o'rnatilgan G'altaklar soni qutblar soniga teng, ya'ni ular har to'rtta. Ketma-ket ulangan uyg'otish chulg'amining g'altaklari ko'ndalang kesimi to'rtburchak bo'lgan, izolatsiya qilinmagan MM markali mis simdan o'raladi. Ba'zan misni kamroq ishlatsa va startyorning massasini kamaytirish maqsadida g'altaklar aluminiy simlaridan o'raladi. Bunda g'altaklar bir-biriga sovuq kavsharlash yo'li bilar ulanadi. Soni uncha ko'p bo'lmagan g'altak o'ramlari bir-biridan 0,2-0,4 mm qalinlikdagi elektrkartor bilan ajratiladi. G'altaklar tashqi tomonidan lot singdirilgan paxta ip yoki polimer tasmalar bilar izolatsiya qilmadi. Ketma-ket uyg'otish tizimli startyorlarda g'altaklar ketma-ket, juft-parallel yoki parallel usulda ulanishi mumkin. Aralash uyg'otish tizimli startyorlarda parallel ulangan uyg'otish chulg'amining g'altaklari emal izolatsiyali, yumaloq kesimli mis simdan o'raladi. Tok uyg'otish chulg'amiga elektrmagnit tortish relesining asosiy kontaktlari I orqali qobiq yoki kollektor tomondagi qopqoqqa o’rnatilgan izolatsiya vtulkadan o'tgan ko'p tolali sim (yoki mis shina) bo'ylab keladi. Startyor yakori 16 po'lat valning ariqchalari bo'ylab o'rnatilgan,qalinligi 1,0-1,2 mm bo'lgan po'lat plastina paketlardan iborat o'zak, paket o'zaklar oralig'iga joylashtirilgan asosiy chulg'am 20 va startyor valigapresslangan kollektor. 18 dan iborat. Yakor o'zagini yupqa plastina paketlardan tayyorlanishi, ulardagi uyurma toklarga bo'ladigan isrofni kamaytiradi. Startyor elektrodvigateuning yakorlarida bir va ikki o'ramli seksiyadan iborat oddiy to'lqinsimon yoki halqasimon chulg'amlar qo'llaniladi. Bir qator afzalliklari borligi tufayli startyor yakorlarida ko'proq to'lqinsimon chulg'amlar tatbiq topgan. Yakor chulg'amining bir o'ramli seksiyasi izolatsiya qilinmagan, kesim yuzi to'rtburchak bo'lgan ITMM markali simdan tayyorlanadi. Ikki o'ramli seksiya chulg'amlari esa yumaloq kesimli izolatsiya qilingan simdan o'raladi. Yakor ariqchalari ochiq, yarim ochiq holda tay-yorlanib, ular to'g'ri to'rtburchak yoki noksimon ko'rinishga ega bolishi mumkin (2.6- rasm). To'g'ri to'rtburchak ko'rinishdagi ariqchalarga kesim yuzi to'rtburchak bo'lgan simlar yaxshi joylashadi. Bu holda simlar ikki qatlam ko'rinishida joylashtiriladi va ular bir-biridan va yakor o'zagidan"S"simon shakidagi elektrkarton yoki polimer plyonka yordamida izolatsiya qilinadi. Noksimon ko'rinishga ega bo'lgan ariqchalar, asosan, chulg'amlari ikki seksiyali o'ramlarga ega bo'lgan, quvvati katta bo'lmagan startyorlarda qo'llaniladi. Yakor chulg'amlarining kollektor tomonidagi qismiga (peshanaqismiga) bir necha o'ram po'lat simdan, sintetik lok singdirilgan paxta ip yoki shisha tolasidan tayyorlangan chilvirdan belbog' qo'yiladi. Yakor chulg'ami seksiyalarining uchi kollektor plastinalari orasidagi ariqchaga laritiladi, chekiladi va payvandlanadi. Startyorlar ishonchli ishlashi nuqtayi nazaridan elektrodvigatellarning eng muhim qismi, mis plastinalardan yig'ilgan kollektor hisoblanadi. Yakoning aylanishlar chastotasi yuqori, cho'tkali kontaktlardan o'tayotgan tok zichligi katta va vibratsiya mavjud bo'lganligi tufayli kollektorlarga qiymati ancha katta bo'lgan mexanik, issiqlik va elektr yuklamalar ta'sir ko'rsatadi. Startyorlarda metall vtulkaga joylashtirilgan yig'ma silindrsimon, plastmassa asosli silindrsimon va ko'ndalang kollektor ishlatiladi (2.7-rasm). Quvvati katta bo'lgan startyorlarda qo'llaniladigan yig'ma silindrsimon kollektorlar (2.7-<3, rasm) alohida mis plastinalardan yig'ilib, bir-biridan qalinligi 0,4- 0,9 mm bo'lgan mikant, slyudinit yoki slyudoplastdan tayyorlangan qistirmalar, yakor valiga presslangan metall vtulka 3 dan esa, silindrsimon mikant vtulka 4 yordamida izolatsiya qilinadi. Kollektorning mis plastinalari 5 ikkala tomonda joylashgan konussimon siquvchi metall halqalari I, konussimon izolatsiya halqalari 2va gayka 6 yordamida siqib mahkamlanadi. Quvvati 3,5 kVt gacha bo'lgan startyorlarda o’rnatiladigan plastmassa asosli silindrsimon kollektorlarda (2.7-b rasm) plastmassa - koliektorni shakllantiruvchi element bo’lib, mis plastinalarni yakor validan izolatsiya qiladi va yuklama ta'sirini qabul qiladi. Kollektorning mustahkamligini oshirish maqsadida plastmassa asosga metalldan ishlangan sinch halqalar 7 joylashtirilgan. 4Ko'ndalang kollektorlarning (2.7-c rasm) ishchi yuzasi yakoning aylanish o'qiga tik holda joylashtiriladi 1(2.8-rasm).... Ularning o'lchamlari kichik va mis nisbatan kam ishlatiladi. Kollektorning bar bir plastinasining orqa tomonida halqa bo'ylab tayanch tumshuqlar ishlangan va ularga plastmassa asos presslangan. Bu kollektorning yuqori mexanik mustahkamligini ta'minlaydi. Bu turdagi kollektorlarda cho'tkali kontaktlar uzoq va barqaror ishlaydi. Ko'ndalang kollektorlarni qo'llanilishi startyorlarning umumiy uzunligini va massasini kamaytirish imkonini beradi. Download 22.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling