Mashinalar detallarining birikmalari uchun joizliklar va o’tqazishlar tuzulishining uslubiyoti
Shponkali birikmalarning joizliklari va o‘tqazishlari
Download 0.53 Mb.
|
Mashinalar detallarining birikmalari uchun joizliklar va o
Shponkali birikmalarning joizliklari va o‘tqazishlari.
Shponkali birikmalar vallarni maxsus qurilmalar (muftalar) yordamida o‘zaro bir-biri bilan, shuningdek, turli aylanadigan jismlarning vallari, o‘qlari bilan biriktirish uchun mo‘ljallangan. Shponkali birikmalar standartlashtirilgan. Shponkali birikmalar ikki tipga: prizmatik va segmentli shponkali kuchlanishsiz va ponali shponkali kuchlanishli birikmalarga bo‘linadi. Birinchi tipdagi birikmalar ko‘p tarqalgan, chunki ular ulanadigan elementlarni ancha aniq markazlashtirish va harakatsiz va siljiydigan birikmalarni (yo‘naltiruvchi shponkalarni valda mahkamlagich bilan ishlatishda) olishga imkon beradi. Segmentli shponkalar faqat harakatsiz birikmalarni olishga imkon beradi. Ponali shponkali birikmalar kam uchraydi, masalan, biriktiriladigan detallarning o‘qlari mos kelishiga yuqori talablar qo‘yilganida ularni ishlatish mumkin emas, chunki ular bunda geometrik o‘qlarni o‘tqazish oraliqi o‘lchamiga o‘zgartiradi. Bunday birikmalar o‘qlarning og‘ishi katta ahamiyatga ega bo‘lmagan hollarda (shkivlar, maxoviklarda) ishlatiladi. ГОСТ 23360-78 valda mahkamlanmaydigan prizmatik shponkali birikmalarning o‘lchamlari, joizliklari va o‘tqazishlarini, ГОСТ 8790-79 - valda mahkamlanadigan prizmatik yo‘naltiruvchi shponkali birikmalarning o‘lchamlari, joizliklari va o‘tqazishlarini, ГОСТ 24071-80 - segmentli shponkali, ГОСТ 24068-80 - ponali shponkali, ГОСТ 24070-80 - tangensialli, normal va kuchaytirilgan shponkali birikmalarning o‘lchamlari, joizliklari va o‘tqazishlarini tartibga soladi. SHponkalar va shponkali pazlarning asosiy o‘lchamlari joizliklar va o‘tkazishlar bo‘yicha maxsus bildirgichlarda beriladi. Prizmatik shponkalarning turli o‘tqazishlarini olish uchun ГОСТ 23360-78 ga binoan 8 shponka, vallar va vtulkalar pazlari kengligiga joizliklar maydonlari belgilangan. Shponkalarning kengligi uchun h9 joizlik maydoni (Shponka balandligi uchun h11, uzunligi uchun h14) belgilanganki, bu ularni o‘tqazishlardan qatiy nazar markazlashtirilgan holda tayyorlashga imkoniyat yaratadi. Shponkali birikmalarning uchta tipi: erkin, normal va mustahkam tiplar belgilangan. 1-jadvalda prizmatik shponkali birikmalarning kengligi bo‘yicha chetki og‘ishishlar va o‘tqazishlarning maqsadi ko‘rsatilgan. 1-jadval
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling