Mashinalardan foydalanish asoslari


 Yonilg‘i-moy mahsulotlarini tashish, saqlash va tarqatish


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

 
12.2. Yonilg‘i-moy mahsulotlarini tashish, saqlash va tarqatish 
yonilg‘ini tashib keltirish. 
Yonilg‘i ATK va AYOQSHlarga neft bazalaridan avtotsisternalarda 
tashib keltiriladi. Avtotsisternalar MAN, MAZ, KaMAZ mashinalar shassisi 
bazasida yig‘ilgan bo‘lib 4 dan 10 ming.l gacha sig‘imga ega.
Yo‘nilg‘i dala sharoitida tashilganda va tarqatilganda yonilg‘i haydash 
nasosi va tarqatgich bilan jihozlangan Mashina-yonilg‘i quygichlardan 
foydalaniladi. 
Neftbazasidan yonilg‘i tarqatilayotganda unga sifat pasporti beriladi. 
Neftbazasida avtotsisternalarga quyilgan yonilg‘i miqdori mashina 
tarozilarida tortilib yoki sisternaga quyilgan yonilg‘ini solishtirma og‘irligi 
bo‘yicha hajmda, sisternadan olingan namunaga asosan aniqlanadi. 
12.1-jadval
Moylash materiallarining me’yoriy sarfi 
Moylash 
materiallarining 
turlari 
O‘lchov 
birligi 
100 l yonilg‘iga to‘g‘ri keladigan moylash 
materiallarining me’yoriy sarfi 
Benzinda 
ishlaydigan 
mashinalar 
Dizel yonilg‘isida 
ishlaydigan 
yuk 
mashinalari
Dizel yonilg‘isida 
ishlaydigan 
o‘zi 
to‘kkich mashinalar 
Motor moylar 

2,4 
3,2 
5,0 
Transmission 
moylar 

0,3 
0,4 
0,5 
Maxsus moylar 

0,1 
0,1 
1,0 
Surkov moylar 

0,2 
0,3 
0,2 
Neftbazasida yoki ATKda yonilg‘ini qabul qilishda hujjatlarning 
mavjudligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, sisternalarda teshikning yo‘qligi, 
yonilg‘ining miqdori va sifati tekshiriladi. Buning uchun sisternadagi 
yonilg‘ining solishtirma og‘irligi, balandligi hamda yonilg‘i 10 min. 


170 
tinitilgandan so‘ng suvning mavjudligi tekshiriladi. Amalda quyilgan yonilg‘i 
miqdori tovar-transport nakladnoyida ko‘rsatilgandan farq qilsa yoki 
sisternada suv borligi aniqlansa, qabul qilingan yonilg‘i miqdori ko‘rsatilgan 
neft mahsulotini topshiriyotgan va qabul qilayotganlar tomonidan imzolangan 
dalolatnoma tuziladi. Yonilg‘i sisternadan sig‘imlarga oqizish yo‘li bilan
yoki nasos yordamida to‘kiladi. 
Yonilg‘ini saqlash. Yonilg‘ilar sisternalarda er usti, yarim er osti va er 
osti usullarda saqlanadi. 
Er osti saqlash usuli keng tarqalgan bo‘lib qator afzalliklarga ega: 
yong‘indan xavfsizroq, ekspluatatsiyada arzonroq, kam joyni egallaydi, 
yonilg‘ini to‘kishda nasos qurilmalarga extiyoj yo‘q va eng muhimi, 
yonilg‘ini bug‘lanishdagi eng kam yo‘qotishini hamda saqlash jarayonida 
sifat yomonlashuvini kamayishini ta’minlaydi (12.3-rasm). 
Ma’lumki, havoda 2,4…5% benzin bug‘lari (hajmi bo‘yicha) bo‘lgan 
holda portlash xavfi vujudga kelishi mumkin. Benzin va havonin g bunday 
nisbati havo haroratining 
0
S va undan past holatlariga xosdir. 
Benzin rezervuarlarda saqlanganda yong‘in xavfsizligini to‘la ta’minlash 
uchun turli tizimlar qo‘llaniladi. Shulardan yong‘inga qarshi saqlagichlar 
tizimi eng ko‘p tarqalgan. Bunda rezervuar tashqi muhit bilan bog‘lanadi, 
havo esa unga yong‘inga qarshi saqlagich orqali o‘tishi mumkin. Statik
elektr chaqnashini oldini olish uchun rezervuar erga ulangan bo‘lishi kerak. 
Yong‘inga qarshi saqlagichlar bir biridan kichik oraliqda joylashgan ikkita 
latun to‘rlardan iborat (1 sm
2
to‘rlarda 144…200 ta teshiklar bo‘lishi kerak). 
Dizel yonilg‘isini tarqatish punktlari va yonilg‘i saqlash qurilmalari 
yuqorida ko‘rilganlaridan deyarli farq qilmaydi. Faqat, yonilg‘ini 10 kunlik 
tindirlishini ta’minlaydigan qo‘shimcha rezervuarlar, dizel yonilg‘isining 
yuqori qatlamlaridan so‘rib olish uchun kalkovuchli so‘rgich va tarqatish 
kolonkasi bilan rezervuar orasiga qo‘shimcha filtrlar o‘rnatilgan bo‘ladi. 


171 
12.3-rasm. Atrof-muhitni ifloslanishini kamaytiuvchi qurilmalar bilan ta’minlangan 
er osti yonilg‘i saqlash ombori. 
Yonilg‘ini tarqatish. Mashinalar yonilg‘i tarqatish kolonkasi yordamida
yonilg‘i bilan to‘ldiriladi. 
Kolonkalarni 
ish 
unumdorligi 
25…250 
l/min. 
tashkil 
etadi. 
Kolonkalarning aniq ishlashi atrof-muhitning harorati-40 dan +46
0

oralig‘ida va havoning nisbiy namligi 80%dan oshmaganda kafolatlanadi. 
Yonilg‘i saqlash joylarida ochiq olovdan foydalanish mumkin emas. 
Mashinaga yonilg‘i qo‘yish faqat dvigatel ishlamay turganda ro‘yxat beriladi. 
AYOQSH o‘t o‘chirgichlar va qumli sandiqlar bilan jihozlangan bo‘lishi 
kerak. Tashqi yoritgichlar tayanchlarida chaqmoq o‘tkazgichlar o‘rnatilgan 
bo‘lishi kerak. Yonilg‘i tarqatgich kolonkalarida ularni tashqi elektr 
ta’minotidan uzib qo‘yish mumkinligi ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. 
Magnitli yuritgich yopiq xonada joylashtiriladi. Elektr jihozlari va 
kolonkalarni tok yuritgich va metall qismlari erga ulangan bo‘lishi kerak. 
Siqilgan va suyultirilgan gazlarni tashish, saqlash va tarqatish. 
Suyultirilgan gazning o‘ziga xosligi shundaki, gaz holatidan suyuq 
holatga oddiy haroratda va past bosimda o‘tadi shuning uchun uni 1,6…2,0 
MPa bosimga hisoblangan zich rezervuarlarda yoki ballonlarda saqlash va 
tashish mumkin. Mashina dvigatellarida suyultirilgan gaz sifatida engil
uglevodorodlar-propan, butan va ularning aralashmasi qo‘llaniladi.


172 
Mashinalar suyultirilgan gaz bilan gaz to‘ldirish stansiyalarida 
rezervuarlardan mashina ballonlariga qo‘yib to‘ldiriladi. Bunda suyultirilgan 
gaz bilan to‘ldirilgan sisterna mashina ballonidan yuqorida joylashgan 
bo‘lishi kerak. 
Mashina balloni suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilayotgan paytda: gaz 
to‘ldiruvchi shlang oldida turish, birikmalar, gaykalarini qotirish, chekish, 
dvigatelni sozlash va ta’mirlash ta’qiqlanadi. 
Siqilgan tabiiy gaz (metan) bosim ko‘tarilganda gaz holatidan suyuq 
holatga o‘tmaydi. Shuning uchun mashina yurishining zarur zahirasini 
ta’minlash maqsadida Mashina kuzovi tagida joylashtirilgan maxsus qalin 
devorli ballonlar 20 Mpa bosim ostida gaz bilan to‘ldiriladi. Mashina gaz 
to‘ldirish kompressor stansiyalariga gaz katta bo‘lmagan bosim (0,4-1,2 
MPa) ostida yuborilib, mexanik chiqindilardan tozalanadi, kompressorlar 
yordamida 26-35 MPA bosimgacha siqiladi va qator tozalash tizimlaridan 
o‘tib gaz tarqatish kolonkalariga yuboriladi. 

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling