Mashinalardan foydalanish asoslari


 Qishloq xo‘jalik mashinalarida resurslarni tejash


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

12.3 Qishloq xo‘jalik mashinalarida resurslarni tejash 
MT parklari ekspluatatsiya jarayonida yangi mashinalar, agregat va 
uzellar, ehtiyot qismlar, avtoshinalar, akkumulyator batareyalari, texnologik 
jihozlar, asbob-uskunalar, yonilg‘i, moy va boshqa maxsus suyuqliklar, 
materiallardan iborat moddiy va energetik resurslardan keng foydalaniladi. 
Bular birlamchi resurslarni tashkil etadi (12.4). Bundan tashqari, MTPda ko‘p 
miqdorda issiqlik va elektr energiyasi hamda suv iste’mol qilinadi. 
O‘z xizmat muddatini tugatgan, mashinadan echib olingan agregat, uzel 
va qismlar, akkumulyator batareyalari, shinalar, ishlatilgan motor va 
transmission moylar, texnik suyuqliklar, qora va rangli metallarning 
qoldiqlari va boshqalar ikkilamchi resurslarni tashkil etadi. Bu ikkilamchi 
resurslar mashinalar ishlashi va ularga MTPda TXK va JT jarayonida vujudga
keladigan chiqindilarning bir qismidir (12.4- rasm) qolgan ikki qismi 
utillashtiriladigan va utillashtirilmaydigan chiqindilardan iboratdir.. 


173 
Utillashtiriladigan qayta ishlashga yaramaydigan chiqindilarga ishlatilgan 
va qaytarilmaydigan turli idishlar, koks va payvandlash shlaklari kiradi. 
Utillashtirilmaydigan chiqindilarga atrof-muhitga tarqaladigan gazsimon SO
3

S
x
N
x
, NO
2
, SO
2
chiqindilar, shinalar, tormoz va ilashish muftasi nakladkalari 
eyilishidan chiqadigan kukunlar, Mashina agregat va tizimlaridan erga 
to‘kilgan neft mahsulotlari kiradi. 
MTPlarda qaytadan ta’mirlangan dvigatellar, uzatmalar qutisi
reduktorlar, shinalar va boshqa ikkilamchi resurslardan foydalanish birlamchi 
resurslarni sarfini kamaytirish imkonini beradi. 
MTPlarda birlamchi resurslarni tejash yuqori ishonchli mashinalar sotib 
olish, sifatli ekspluatatsion materiallardan foydalanish hamda mashinalarni 
texnik holatini amaldagi tizimning me’yorlari, qoidalari va talablariga rioya 
qilgan holda TXK va ta’mirlash ishlarini to‘la hajmda o‘z vaqtida bajarish 
hisobiga talab darajasida ushlab turish bilan amalga oshiriladi. Natijada 
harakatdagi mashinalarning xizmat davrini oshishi, ehtiyot qismlar, 
ekspluatatsion materiallarning sarfini kamayishini MTPda birlamchi 
resurslarga bo‘lgan talabni salmoqli tarzda kamaytiradi. Bulardan tashqari 
mashinalarga TXK va ta’mirlash jarayonida hosil bo‘lgan ikkilamchi 
resurslardan qayta ishlash va so‘ng ulardan foydalanish ham birlamchi 
resurslarni tejash imkonini beradi. 
Mashinalarni ekspluatatsiyasi jarayonida resurslarni tejashga quyida 
keltirilgan tadbirlar hisobiga erishish mumkin: 
- Mashinalarni texnik holatini, ta’minot tizimini soz holda ushlab tu rish, 
siqilgan va suyultirilgan gazlardan motor yonilg‘isi sifatida foydalanish
yuqori sifatli benzinlardan masalan, metiltretbutillin efir (MTBE) q o‘shilgan 
etillanmagan benzindan foydalanish, Yonilg‘ilarni tashish, saqlash va 
tarqatishdagi yo‘qotishlarni isrofgarchiliklarni oldini olish va boshqalar; 
- Mashinadan echib olingan nosoz agregat, uzellarni, yonilg‘i nasoslarini 
akkumulyator batareyalarini, shinalarni qayta ta’mirlash, silindr bloklari, 


174 
tirsakli va gaz taqsimlash vallari, shatunlar, klamanlanlar, ilashmalar, 
uzatmalar qutisi va reduktorlarni tiklash va boshqalar; 
- Ishlatilgan motor va transmission moylarni regeneratsiya qilish (qayta 
tiklash) yoki ATKda qozonxonada Yonilg‘i sifatida foydalanish yoki neftni 
qayta ishlash zavodlariga qayta ishlash uchun topshirish. 

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling