Mashinalarni kalonnalarda haydash tartibi


Download 20.29 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi20.29 Kb.
#1193953
Bog'liq
mashinalarni kalonnalarda haydash


MASHINALARNI KALONNALARDA HAYDASH TARTIBI
Mashinalar kolonnada harakatlanganda kolonna kattasi etib harakatlanishni amalga oshiruvchi harbiy qism (bo‘linma) komandiri tayinlanadi. O‘ mashinalardan to‘g‘ri foydalanish, haydovchilar tomonidan Yo‘l harakati qoidalariga hamda mashinalarda bo‘lgan shaxsiy tarkib tomonidan intizom va xavfsizlik choralariga amal qilishi uchun javobgardir.
Kolonnaning harakatlanish tezligi nizomlar talablari va bajarilayotgan vazifaga muvofiq o‘rnatiladi. O‘ bosh mashinaning harakatlanish rejimi bilan belgilanadi. Mashinalar o‘rtasidagi oraliq masofalar kolonna kattasi tomonidan o‘rnatiladi va qoidaga ko‘ra, ular metrlarda kilometrlarda o‘lchanadigan harakatlanish tezligining son qiymatiga teng bo‘lishi kerak (masalan, harakatlanish tezligi 30 km/s bo‘lganda, mashinalar o‘rtasidagi oraliq masofa 30 m ga teng bo‘lishi kerak).
Marshni tunda amalga oshirayotganda, vaziyatdan kelib chiqqan holda harakatlanish tezligi, mashinalar o‘rtasidagi oraliq masofa va yorug‘likni niqoblash rejimi kolonna kattasi tomonidan o‘rnatiladi. Bunda, qoidaga ko‘ra, harakatlanish tezligi pasaytiriladi, mashinalar o‘rtasidagi oraliq masofalar kamaytiriladi.
Yo‘lda to‘xtaganda kolonna boshi va oxiri yaqqol ko‘rinuvchi yorug‘lik signallari bilan belgilanadi.
Havodagi dushmanning hujum qilish xavfi mavjud bo‘lganda va u hujum qilganda tezlik va mashinalar o‘rtasidagi oraliq masofalar ko‘paytiriladi. Imkon qadar mashinalar yo‘ldan chetga olinadi, tabiiy joyning himoya xususiyatlarini hisobga olib tarqoq holda joylashtiriladi va panada yashiriladi.
Harakatlanish yo‘nalishlaridagi zararlangan zonalari odatda aylanib o‘tiladi, aylanib o‘tish imkoni bo‘lmaganda esa – eng qisqa yo‘nalishlar bo‘yicha maksimal tezlikda va mashinalarni o‘zaro changlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan mashinalar o‘rtasidagi oraliq masofalarda yengib o‘tiladi. Mashinalarning lyuklari, jalyuzilari, yon va shomol oynalari bekitiladi, yuklar yopiladi, shaxsiy tarkib individual himoya vositalarini qo‘llaydi. Zararlangan uchastkalarda to‘xtab qolgan mashinalar shamolga teskari tomondan aylanib o‘tiladi.
Mashinalar kolonnada harakatlanayotganda haydovchilar va mashinalar kattalari kolonnada berilayotgan signallarni kuzatishga va ularni darhol bajarishiga majburdir.
Harakatlanish tartibining har qanday o‘zgarishlari, shuningdek, kolonnaning to‘xtashlari faqatgina kolonna kattasining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Kolonna to‘xtatilganda mashinalar komandir tomonidan o‘rnatilgan, biroq kamida 10 m ga teng mashinalar o‘rtasidagi oraliq masofada, kolonnaning harakatlanishi uchun qabul qilingan tartibda, yo‘lning o‘ng chetida yoki yo‘lning tashqarisida to‘xtatiladi.
Alohida mashinalarning to‘xtashi kolonna harakatlanishini to‘xtatib qo‘ymasligi kerak. Majburiy to‘xtaganda haydovchi belgilangan signal beradi va mashinasini yo‘lning o‘ng chetiga qo‘yadi. Kolonnada harakatlanayotib to‘xtab qolgan mashinani ortidagi ilgagida yuklamasi bo‘lmagan mashina nosoz mashinani shatakka olib harakatlanishni davom ettiradi. Bunda qolgan mashinalar o‘z harakatlanishini sekinlashtirmaydi.
To‘xtagan mashinalarning haydovchilari kolonna kattasining ruxsati bilan faqatgina to‘xtashlarda yoki yo‘lda dam olish uchun to‘xtashlarda kolonnada o‘z o‘rnini boshqatdan egallaydi. Harakatlanayotgan kolonnani quvib o‘tish taqiqlangan.
Past-baland tabiiy joyda mashinalar o‘rtasidagi oraliq masofalar harakatlanishning eng qulay rejimini va tik ko‘tarilishlarni yengib o‘tish uchun tezlashishni qo‘llash imkonini ta’minlash hisobi bilan tanlanadi.
Kolonnani temir-yo‘l kesishmalari va yo‘nalishning yurish qiyin bo‘lgan uchastkalaridan to‘siqsiz harakatlanishini ta’minlash uchun ushbu joylarga tartibga solish postlari va navbatchi evakoshataklar oldindan yuboriladi.
Download 20.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling