Rostlash xarakteristikasi. Generator qismlaridagi kuchlanishni o„zgarmaydigan qilib saqlash uchun parallel uyg„otishli generatordagi EYuK ni o„zgartirish lozim. Bu parallel uyg„otish chulg„amidagi tokni o„zgartish yo„li bilan bajariladi. Kuchlanish o„zgarmay turishi uchun uyg„otish tokini qanday o„zgartirish lozimligini ko„rsatuvchi egri chiziq rostlash xarakteristikasi deb ataladi:
U=const; n=const; Iy=f(I).
Yuklama o„zgarganda parallel uyg„otishli generatordagiga qaraganda aralash uyg„otishli generatorda kuchlanish kamroq pasayganligi uchun aralash uyg„otishli generatorlarda uyg„otish toki kamroq o„zgartiriladi (8.22-rasm).
-
Do'stlaringiz bilan baham: |