Mashinasozlik detallari va qoplamalari uchun yangi polimer kompozit materiallarni tarkibini tanlash va asoslash
Download 16.02 Kb.
|
1-Maqola yangisi
Mashinasozlik detallari va qoplamalari uchun yangi polimer kompozit materiallarni tarkibini tanlash va asoslash Mazkur maqolada jahonda zamonaviy mashinasozlik sanoatini takomillashtirish, ishlab chiqarishning turli sohalari uchun jahon talablariga mos, raqobatbardosh va import o‘rnini bosadigan texnologiyalar, mashinalar va mexanizmlarning yangi takomillashgan detallari va qoplamalarini yaratish, chuqur fundamental tadqiqotlarni olib borish, dolzarb ilmiy-texnik masalalarni hal etishning muhim ahamiyat kasb etayotganligi tahlil qilib o’tilgan Kirish Ma'lumki, Bugungi kunda jahon miqyosida mashina va mexanizmlarning samaradorligi, ishlashi va mustahkamligini oshirishga katta e'tibor qaratilmoqda.Avtomobil qismlarining aksariyati plastik materiallardan tayyorlangan. Polimerlar o'zlarining strukturaviy xususiyatlariga ko'ra ko'plab qimmat va nodir materiallarning o'rnini bosishi mumkin, ba'zan esa ulardan ham oshib ketadi, bu esa ularning keng qo'llanilishiga olib keldi. Ulardan foydalanish iqtisodiy jihatdan ham foydalidir, masalan, moddiy xarajatlar kamayadi, qismlar, detallar tayyorlash uchun mehnat sarflari ancha yengillashadi, kapital va ekspluatatsiya xarajatlari (moylash, ta’mirlash) kamayadi va hokazo.Kompozit polimer materiallardan tayyorlangan qoplamalarning yopishqoqlik va mustahkamlik xususiyatlarining oshishi va ularning ishqalanish va eskirish koeffitsientining pasayishi alohida ahamiyatga ega, bu esa mashina va mexanizmlarning ishchi organlarining ishlash muddatini ko'paytirishni ta'minlaydi. Mashinasozlikda mavjud detallari va qoplamalarining ekspluatatsion ishonchliligini ta‘minlashda yuqori samarali kompozitsion polimer materiallardan maqsadli foydalanish hamda texnologik jixozlarining ishchi sirtlariga ko‘rsatilayotgan salbiy ta‘sirini yangi kompozit polimer materiallar qo‘llash orqali kamaytirish murakkab masala bo‘lib, tadqiqot va sanoat sohalariga qiziqish uyg‘otdi. Shunga qaramay, ba‘zi mashinasozlik detallarining ishlash qobiliyati ta‘minlanishi uchun materiallarning berilgan parametrlari detalning bir hajmi bo‘yicha emas, sirt qatlamidagina bajarilsa kifoya. Bu avvalo, yeyilishga chidamlilik, elektrokimyoviy korroziyaga va oksidlanishga bardoshlilik kabi muhim tavsiflarga tegishli. Mashina detallarining sirt qatlamini modifikatsiyalashda, detal sirtiga shunday xossa beriladiki, u detal hajmini tashkil etgan materiallarga, alohida olib qaralganda, xos emas.. Buyumlarning sirti xossalarini berilgan yo‘nalishda o‘zgartirish uchun, termik va kimyoviy-termik usullardan tashqari, qoplama berish usulidan ham foydalanish mumkin. Bunda, talab etilgan xossali materialdan yupqa qatlam beriladi, u buyum (detal) sirti bilan adgeziyali bog‘lanib ketadi . Kompozit qoplamalar berish texnologiyasi ham rivojlanib bormoqda.Bular – metallar va qotishmalar, polimerlar, oksidlar va boshqa kimyoviy birikmalar. Kimyoviy va elektrokimyoviy yog’dirish usullari bilan beriladigan metall qoplamalar metall buyumlarning korroziyaga bardoshliligini va yeyilishga chidamliligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Vazifasi bo‘yicha mashinasozlikda keng tarqalgan qoplamalar korroziyabardosh, katta haroratga bardoshli, antifriktsion va dekorativ qoplamalar bo‘ladi. Hozirgi vaqtda berilayotgan polimer qoplamalar elektr izolyatsiyalovchi, dekorativ va boshqa xossalarni optimal tarzda mujassam etadi. Download 16.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling