Uglerodli po’latlarni xossalariga uglerodning ta’siri.
Uglerod bu po‘latning
asosiy elementi va uning tarkibiga atayin kiritiladi. Uglerod miqdori ortishi bilan
po‘latning mustahkamligi ancha ortadi. (po‘latni fazoviy tarkibida tsementitni
ortishi hisobiga, 4.4-rasm).
4.4-rasm.Fe - Fe
3
C fazalar holat diagrammasi
Kam uglerodli po‘latlar tarkibida uglerod miqdori 0,25% gacha bo‘ladi Bu
po‘latlar
yetarli yumshoq, plastik, issiq va sovuq holatda yaxshi
deformatsiyalanadi.
O‘rta uglerodli po‘latda uglerod miqdori 0,3-0,6% bo‘ladi.
Bular yaxshi
mustahkamlik xossalariga ega:
katta emas plastiklik va
qovushqoqligida. Bu
po‘latlar keng tarqalgan
konstruktsion materialdir; oddiy kuchlar ostida
ishlaydigan detallar uchun.
Yuqori uglerodli po‘latlar tarkibida uglerod 0,6-1,4% bo‘ladi;
buni hisobiga
yuqori qattiqlikka va juda past plastiklikka va qovushqoqlikka ega. Tarkibida 1,3
% uglerod bo’lgan po‘lat juda mo‘rt bo‘lib uni qo‘llash chegaralangan bo‘ladi.