Mashinasozlik tenologiyasi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6511 uzsmart.uz
2.Texnologik qisim. 2.1 Vagon oldi karkazigi payvand konstruksiyasini yig‘ish va payvandlash texnologik jarayonini tuzish. Payvand konstruksiyasini yig‘ish va payvandlashning texnologik jarayoni deganda konstruksiyaning detallarini payvandlashga tayyorlashdan boshlab konstruksiyani tayyor holga kelgungacha bo‘lgan jarayonlar tushuniladi. Payvandlash texnologik jarayoni har bir yig‘iladigan konstruksiya uchun maxsus ishlab chiqilgan bo‘ladi. Bundan kelib chiqib Vagon oldi karkazi payvand konstruksiyasining ham o‘z payvandlash texnologik jarayoni tuziladi. Sisterna konteyneri vagon oldi karkazigi payvand konstruksiyasini yig‘ish va payvandlash texnologik jarayonini quyidagicha tuzamiz. Birinchi navbatda konstruksiya detallari payvandlashga tayyorlanadi. Bunda detallar yuzasi jilvirlanib, ortiqcha qirindi va notekisliklardan tozalanadi. Detallarni konstruksion jixatdan nuqsoni yo‘qligiga ishonch hosil qilinadi. Barcha detallar payvandlashga yaroqli ekanligi tekshiriladi. Vagon oldi karkazi konstruksiyasida 3 ta detall bo‘lib, bular vint, vstavfa va rukoyatkalardir. Bu detallarning barchasi qolibda quyish yo‘li bilan olinganligi sababli ularni barchasi asosan quyilgandan keyin qoladigan ortiqcha quyma qoldiqlari, begona jismlardan tozalanadi. Keyin esa birinchi bo‘lib payvandlanadigan detalni avaldan tayyorlangan maxsus payvand moslamalariga o‘rnatiladi va payvandlanadi. Vagon oldi karkazi payvand konstruksiyasida birinchi bo‘lib Vintning ikki qarama-qarshi tomonlariga vstavkalar kirgiziladi va payvandlanadi. Bunda oldindan tayyorlangan maxsus payvandlash stolidagi teshikka Vintning bir tomoni kirgiziladi, so‘ngra kirgizilgan tarafiga nisbatan ikki yon tomoniga vstavkalar kirgiziladi, vstavkalarning payvandlanuvchi yuzalari bir- biriga mos kelgandan so‘ng esa maxsus qisuvchi moslamalar orqali detallar mhkamlanadi. Payvandlangandan so‘ng ichki kuchlanishlar qolib ketmasligi uchun maxsus shaybali maxkamlovchi uskunalardan ham foydalaniladi. Bunda detal payvandlangandan so‘ng ham chiqarib olish oson kechadi. Keyingi bosqichda esa huddi shu uslubda, faqat Vintnig boshqa ikki tomonoga vstavkalar kirgizilib payvandlanadi. Tayyor holatdagi Vintga kirgizilib payvandlangan vstavkalarga vtulkalar payvandlanadi. Vtulkalar maxsus qirqilgan joylari vstavkaning payvandlangan nuqtlariga tushiriladi va payvandlanadi. Maxsus maxkamlovchi moslamalar yordamida Vint va vstavkalar maxkamlab olinadi. Vtulkalarni esa gaykali bo‘shatib-qatiriladigan qurilmalar yordamida qimirlamasliklarini ta’munlaganimizdan so‘ng vtulkani vstavkaga payvandlaymiz. Ikkinchi vtulkani ham shu usulda payvandlaymiz. Vtulkalar payvandlanib bo‘lgach Vagon oldi karkazi payvan konstruksiyasining payvandlash jarayoni o‘z nihoyasiga etadi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling