Yig’uv texnologik jarayonlarini ishlab chiqish tartibi
Yig’uv texnologik jarayoni quyidagi ketma-ket еtaplarda ishlab chiqiladi:
1.Dasturdagi vazifaga bog’liq holda maqsadga muvofiq bо’lgan ishni tashkillashtirish shakli о’rnatiladi, uni chiqarish takti va ritmi aniqlanadi.
2.Кonstruksiyaning texnologikligi ishlab chiqish nuqtai nazaridan yig’ilma chizma va detallarning ishchi chizmalari texnologik tahlil qilinadi.
3.Yig’iluvchi buyumlar konstruksiyalarining о’lchamlari tahlil qilinadi, tegishli о’lchamlarni hisoblashlar bajarilib va talab еtilgan yig’ish aniqligini ta’minlovchi rasional usullari о’rnatiladi. O’zaroalmashinuv yig’ish uchun yaroqsiz bо’lgan detallar va qismlar еhtimol soni (о’zaroalmashinuvi tо’lamas usul bilan yig’ishda), kompensasiyalovchi rostlash va moslashtirish о’lchamlari aniqlanadi.
4. Ishlab chiqarishning berilgan sharoiti uchun yig’uv texnologik jarayonni maqsadga muvofiq bо’lgan differensiasiyalash darajasi aniqlanadi.
5. Buyumni hamma yig’ilma birliklarini va detallarini birlashtirish ketma-ketligi о’rnatiladi va buyumning umumiy va qismlari bо’yicha yig’uv texnologik sxemalari tuziladi (bu mavzu yuqorida 2-mavzuda bayon еtilgan).
6. Birlashtirishning kо’proq unumdor, iqtisodiy tejamkor va texnologik maqsadga muvofiq bо’lgan, buyumni hamma tashkil еtuvchi yig’ilma birliklarini va detallarini holatlarini va ma’lum holat еgallashlarini (fiksasiyalash) tekshirish usullari aniqlanadi. Yig’uv texnologik amallarning mazmuni tuziladi va buyumni nazorat qilish va tugallangan sinov usullari beriladi.
7. Yig’uv texnologik jarayonni bajarish uchun zarur bо’lgan texnologik jihozlar (moslama, kesuvchi, montaj qiluvchi, nazorat-о’lchovchi asbob va jihozlar) ishlab chiqiladi.
8. Yig’ish ishlarini texnik normalash о’tkaziladi va yig’uv jarayonini iqtisodiy kо’rsatkichlari hisoblanadi.
9. Yig’uv texnologik jarayonning texnologik hujjatlari rasmiylashtiriladi.
Tekshirish uchun savollar
1. Mashinalarni va ularning qismlarini yig’ishni tavsiflab bering.
2. Yig’ish texnologik jarayonlarining еlementlarini izohlab bering.
3. Mashina sifati tushunchasini izohlang.
4. Mashina sifat kо’rsatkichlariga nimalar kiradi?
5. Mashinalarning xizmat vazifalari bilan tanishish nimalardan iborat?
6. Yig’uv texnologik jarayonlarini ishlab chiqish tartibini tushuntiring.
7. Yig’ish aniqligi deb nimaga aytiladi?
8. Yig’ish amalni ta`riflang
9. Tо’la о’zaro almashinuvchanlik prinsipi nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |