7. Iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblashga misol.
TJ ko’proq maqsadga muvofiq bo’lgan variantini tanlash misolini keltiramiz. Silindrik tishli g’ildirak 80 mm-li chiviqdan tayyorlanishi mumkin (bazaviy variant) yoki shtamplash uslubida olingan tanavorlardan (loyihalanuvchi variant). Sex ishlash rejimi va ishni razryadli tarifi ikkala variant uchun ham bir xilda qabul qilingan. Bazaviy variantda ishlov berish 1B290-4К stanogida olib boriladi, ishlab chiqiluvchi variantlar uchta 1708, 2A125, 7A540 stanoklarida. Qolgan birlamchi berilganlar quyidagi jadvalda keltirilgan:
7. Asosiy ko’rsatkichlar jadvali
Iqtisodiy ko’rsatkichlar
|
Yangi variant
|
Bazoviy variant
|
Yillik chiqarish hajmi, dona
|
15000
|
5000
|
Tanavor ko’rinishi
|
Shtamplangan
|
Prokat
|
Tanavor massasi, kg
|
1.04
|
1.42
|
Ishlov berish sermehnatliligi, min
|
1.30
|
1.42
|
Detallarni yiliga chiqarish uchun sarflanuvchi kapital mablag’, sh.b.
|
2055
|
1140
|
Tannarxi sh.b.
|
|
|
Detalni yillik chiqarish uchun sarflanuvchi kapital mablag’i, sh.b.
|
3657
|
1613
|
Bitta detal uchun.
|
0.24
|
0.32
|
Texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblaymiz. Mayli, detalni massasi 0.59 kg ga teng bo’lsin. Unda materiallarni ishlatish koеffisienti
Кi.t.b. = md/ mz.b.= 0.59/2.45 = 0.24;
Кi.m.ya. = md/ mz.ya. = 0.59/1.04 = 0.57.
Tanavor sifatida shtamplanganini qo’llashda sermateriallikni pasayishi.
M =(mz.b.-mz.ya.)Vya = (2.45 -1.04)*15000 = 21150.
Yillik iqtisodiy samaradorlik
Еg = (Sb + Кb)Vya/ Vb - (Sya +Кya) = (1613 +1140)*(15000/5000)-(3667+2055) = 2537 sh.b.
Shunday qilib, TJ yangi variantida shtamplanganini qo’llash tannarxi 1.3 marotaba pasaytirishi va 21 t metalni tejash imkonini berdi. Bu erda yillik iqtisodiy samaradorlik 2537 sh.b. ni tashkil еtdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |