«mashinasozlik texnologiyasi»


g) Payvandlash uchun asosiy va yordamchi jihozlarni tanlash


Download 66.55 Kb.
bet5/10
Sana14.05.2023
Hajmi66.55 Kb.
#1461309
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Diplom loyixa bajarish bo`yicha Sirtqi

g) Payvandlash uchun asosiy va yordamchi jihozlarni tanlash.
Berilgan konstruksiyani payvandlash va ishlab chiqarish turi uchun mos va uning samaradorligini oshirishi mumkin boʻlgan payvandlash (tok bilan ta’minlash manbaalari, avtomat va yarim avtomatlar, konstakt mashinalari, robototexnik komplekslar va boqalar) va unga yordamchi (jarayonning ish unumini, sifatini orttiruvchi, tannarxi va elektroenergiya va boshqa materiallar sarfini kamaytiruvchi) jihozlar tanlanadi (yangilari tavsiya etiladi). Tanlangan jihozlarning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari keltiriladi. Ba’zi aloxida e’tiborga molik jihozlarning sxemalari va ishlash prinsiplari yoritiladi.
Kerakli jihozlar sonining hisobi keltiriladi.
Ushbu boʻlimda yana ba’zi texnologik operatsiyalarni (qizdirish, yigʻish, sifat nazorati kabilarni), yordamchi jihozlarni (konduktorlar, kantovatellar, aylantirgichlar, qizdirgichlarni) kiritishning maqsadga muvofiqligi asoslanadi. Asoslashda ularni texnologik jarayon tarkibiga qoʻshilishi birgina ishning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaxshilab qolmasdan ishchilarning ish sharoitini ham yaxshilashi mumkinligiga alohida e’tibor beriladi. YOrdamchi jihozlar sifatida korxonada ishlatilayotgan, takomillashtirilgan, yangi standart, maxsus nostandart, talaba tomonidan yangi tavsiya etilayotgan jihozlardan foydalanish mumkin.
Yuqoridagilar asosida kerakli yordami jihozlar sonining hisobi ham keltiriladi.
Mavjud jihozlarni takomillashtirish deganda uni berilgan konstruksiyani payvandlashga mos keltirish uchun uning konstruksiyasiga qisman oʻzgartirish kiritish tushuniladi.
Ushbu konstruksiyani ishlab chiqish uchun tavsiya etilgan yangi yoki takomillashgan yordamchi jihoz uchun ixtiyoriy shaklda texnik topshiriq tuziladi. Unda jihozning sxemasi, umumiy ma’lumotlar va texnik tavsifnomasi keltiriladi.
d) Konstruksiya metalini va detallarini yigʻish va payvandlashga tayyorlash.
Bunda konstruksiya metalini va detallarini yigʻish va payvandlashga tayyorlash bilan bogʻliq operatsiyalar (metallni toʻgʻrilash, payvandlanadigan qirralariga kerakli shakl berish, mexanik yoki kimyoviy tozalash, konstruksiyani yigʻish va tashish imkonini beruvchi vaqtinchalik moslamalarni payvandlash va boshqalar) keng yoritiladi.

Download 66.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling