Mashqlarini taxlil qilish


Oriental Renaissance: Innovative


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana09.04.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1343477
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
nutqni-tinglab-tushunishga-o-rgatish-va-nutq-mashqlarini-taxlil-qilish (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
482 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
Ключевые слова: педагогическая технология, учебный процесс, устная и 
письменная речь, диалогическая речь, восприятие речи на слух, 
непосредственная помощь, самостоятельное обучение. 
KIRISH 
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning markazida ta‟lim jarayonining ham 
subyekti, ham obyekti bo„lgan o„qituvchi va o„quvchi turadi. Talabalarning bir-birlari 
bilan o„zaro aloqalari, muloqotlari interaktiv metodlarni qo„llaganda, tabiiy, erkin 
bo„lishini tajriba ko„rsatmoqda. Ingliz tilini o„rgatish murakkab jarayondir. Oliy 
ta‟limda ingliz tilini o„rgatish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarini tadbiq 
etish eng muhim masalalardan biridir. Ingliz tilini davr talabiga mos ravishda 
o„qitishda zamonaviy ta‟lim texnologiyalaridan foydalanish muhimdir.Bunda axborot 
manbalari, jihozlari, audiovizual vositalar kompyuterga kiritilgan o„yinlar, 
o„qitishning zamonaviy kompyuter tizimlari, multimedia, audio va video kassetalar, 
disk, fleshkalardan va boshqa yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish 
o‟quvchilarni bilimini mustahkamlashda va oshirishda muhim o„rinni egallaydi. 
Talabalarning ingliz tili faniga bo„lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida axborot 
texnologiyalari bilan bir qatorda pedagogik texnologiyalarning interfaol usullaridan 
aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, hamkorlikda o„qish va tarjima qilish, bahs-
munozara, davra suhbati, klaster va boshqa ko„pgina usullardan foydalanilgan holda 
og„zaki va yozma nutqqa o„rgatiladi. 
Pedagogik texnologiyada talabaning tanqidiy tafakkur yuritishi asosiy 
maqsad hisoblanadi. Ilg„or pedagogik texnologiyalarning juda ko„p usullari mavjud. 
Bu usullaridan o‟quvchilarning yoshi, psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab 
foydalanish mumkin. Ta‟limni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etishning 
negizida ta‟lim texnologiyasi, tarbiya texnologiyasi hamda axborot texnologiyalari 
shakllanadi. Chet tillarni mukammal egallagan mutaxassislarga ehtiyoj ortmoqda. 
METODLAR 
Chet tilidagi nutqni eshitish, tushunish, so‟zlashuv deb ataladigan nutq faoliyati 
turini o‟zida aks ettiradi.Shu bilan ular eshitib o‟qishda ham ma‟lum tajriba 
orttiradilar.Ular darsda o‟qituvchining nutqini, javoblarini eshitadilar.Ba‟zan 
o‟qituvchi ularga ovoz chiqarib o‟qib beradi, ba‟zan esa gapirib beradi. Lekin chet 
tilini 
eshitish 
odatda 
gapirishga 
nisbatan 
ikkinchi 
darajali 
faoliyat 
hisoblanadi.Eshitish odatda o‟quvchilarni yangi til materiallaridan tanishtirish uchun 
yoki qayta esga olish uchun tegishli nutq mazmunini bayon etish uchun xizmat 
qiladi.Eshitib tushunishga o‟rgatish bilan bog‟liq bo‟lgan mustaqil maqsad 
qo‟yilmaydi.Eshitib idrok etishni maxsus mashq qilishni talab etadigan materiallar 
tanlanmaydi.



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling