Mashqlarini taxlil qilish
Oriental Renaissance: Innovative
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
nutqni-tinglab-tushunishga-o-rgatish-va-nutq-mashqlarini-taxlil-qilish (1)
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 486 w www.oriens.uz April 2021 nazariya (leksikalogiya, grammatika, fonetika)dan hamda ularning barchasini o‟rganish metodikasidan iborat murakkab sistemada tuzilishini tashkil qiladi. Talaba bilim, malaka va ko‟nikmlarga o‟qituvchi yordamida yoki mustaqil ishlash orqali erishadi. Chet tilida mashqlarni bajarish o‟qituvchi ishtiroki nuqtai nazaridan uch yo‟l bilan o‟qituvchi rahbarligida (bevosita ishtirok) va o‟qituvchi ishtirokisiz (bilvosita ishtirok) va o‟qituvchi topshirig‟iga binoan olib boriladi. O‟qishlar o‟zbek tilida olib boriladigan maktablarda chet tillar o‟qitish metodikasi oldida “rus tili” interferensiyani hisobga olish bilan leksik minimum ishlash bilan va og‟zaki nutqqa, yozishga o‟rgatish metodikasini rivojlantirsh bilan bog‟liq bo‟lgan muammolar turibdi. XULOSA Demak mavzudan kelib chiqib, qisqacha xulosa qilish mumkin: Hozirgi zamon chet tillarni o‟qitish metodikasida ta‟lim oluvchilarning chet tiliga bo‟lgan qiziqishlarini yanada oshirish uchun turli xil metodlardan foydalanilmoqda.Bu metodlardan biri og‟zaki nutqni o‟stirishga oiddir. Ko‟pchilik olimlar muloqot funksiyalarini ikki guruhini: ijtimoiy va ijtimoiy- psixologik, ba‟zilari esa uch guruhni informatsion- kommunikativ, relatsion- kommunikativ, effektiv- kommunikativ, yana boshqalari bilim beruvchi, emotsional va tarbiyaviy vazifalarni ko‟rsatib o‟tadilar. Bizning fikrimizcha, umumta‟lim maktablari va o‟rta maxsus ta‟limda o‟quv darsliklari va qo‟llanmalarida ifodalangan ta‟lim mazmunida kelib chiqqan holda muloqotning uch asosiy va muhim vazifasini: ta‟lim beruvchi tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi vazifalarni alohida ta‟kidlab o‟tish lozim. Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishda dars jarayonida qo‟llaniladigan interfaol metodlar va didaktik o‟yinlar muhim ahamiyat kasb etadi. Darsda inetrfaol metodlardan foydalanish va didaktik o‟yinlarni tashkil etilishi va uni muvaffaqiyatli o‟tkazilishi o‟quvchilar ongli faoliyatining faollashuvi, bilimlarni puxta egallash vositasi sifatida muhim rol o‟ynaydi, shuningdek, o‟quvchilarning chet tiliga bo‟lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi. Bunday o‟yinlarda ishtirok etish o‟quvchilarda jamoa bo‟lib ishlash, do‟stona munosabatda bo‟lish, diqqat- e‟tiborni jamlash, xotirani mustahkamlash xususiyatlarini shaklantiradi va rivojlantiradi. Dars jarayonida interfaol metodlar va didaktik o‟yinlar o‟quvchilarning chet tilidagi nutqni eshitish, undan xulosa chiqarish qobiliyatlarini tarbiyalaydi, o‟quvchilarning nutq madaniyatini oshiradi. Yoshga doir matnlar tanlash, tanlangan matnlar ustida savol- javob uyushtirish, dialoglar tuzish, mazmunli o‟yinlar, ayniqsa kundalik maishiy xizmat mavzuidagi rolli o‟yinlar ko‟p o‟ynatiladi.Taqlid qilish o‟yinlari ham o‟rganish faoliyatini rivojlantirishga yordam beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling