Maskur bitiruv ishida endigina tarix fanini qiziqib o`qishni boshlagan 5 sinf o`quvchilarining qiziqarli mavzusiga bag`ishlangan


Download 136.68 Kb.
bet5/8
Sana17.02.2023
Hajmi136.68 Kb.
#1206604
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Тайёр 7 Дунёнинг етти мужизаси

Darsning chizmasi



Dars bosqichlari

vaqt

1.

Tashkiliy qism

4 daqiqa

2

O`rganilgan mavzuni takrorlash.

6 daqiqa

2.

Hamma-hammaga o`rgatadi mashqi orqali mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

3.

O`rganilgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

4.

Darsdagi yakunlarni chiqarish

3 daqiqa

5.

Uyga vazifalar

2 daqiqa

Darsning borishi
I. Tashkiliy ishlar.
1. O`qituvchining salomlashishi, jurnalga yo`qlamani qilishi.
2. Sinfda o`quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
II. O`rganilgan mavzuni takrorlash.
Uyga berilgan topshiriqlar, savollar bo`yicha o`tkaziladi.

  1. Ilk davlatlar qayerda va qanday paydo bo`lgan?

  2. Davlatlar nima uchun tuzilgan?

  3. Sharqdagi qaysi qadimgi davlatlarni bilasiz?

Darsning mazmuni:

1. Yetti mo`jiza
2. Misr ehromlari
3. Bobil osma boq’lari
4. Olimp ilohi Zevs haykali
5. Ma’buda Artemida ibodatxonasi
6. Quyosh ilohi Gelius haykali
7. Aleksandr mayog`i
8. Galikarnas maqbarasi

III. Yangi mavzuni tushuntirish.
1. O`qituvchini yetti mo`jizani tashkil qiluvchi obidalarni sanab o`tadi.
2. O`quvchilar Misr ehromlari, Bobil osma boq’lari, Olimp ilohi Zevs haykali, ma’buda Artemida ibodatxonasi, Quyosh ilohi Gelius haykali, Aleksandr mayog`i, Galikarnas maqbarasi haqida ma'lumot yozilgan kartochkalar yordamida “hamma hammaga o`rgatadi” mashqi asosida yangi mavzuni tushunib oladi.
-O`qituvchi oldindan o`quvchilar sonidan kelib chiqqan holda tayyorlab qo`yilgan Misr ehromlari, Bobil osma boq’lari, Olimp ilohi Zevs haykali, ma’buda Artemida ibodatxonasi, Quyosh ilohi Gelius haykali, Aleksandr mayog`i, Galikarnas maqbarasi haqidagi ma'lumotlar yozilgan kartochkalarni bittadan har bir o`quvchiga beradi. O`quvchilar individual tartibda berilgan kartochkalar bilan tanishib chqadilar-5 daqiqa.
-O`quvchi o`qituvchi yordamida juftliklarga bo`linadilar va o`zlarining kartochkalarining mazmunini sherigiga so`zlab beradilar-5 daqiqa
-Keyin o`quvchilar sinf bo`lab yurib yangi juftliklarni hosil qiladi va o`zlarining kartochkalarining mazmunini sherigiga so`zlab beradilar. O`qituvchi o`quvchilarga ko`proq juftliklar hosil qilish va kartochkalarining mazmunini sherigiga so`zlab berishga yo`naltirib turadi-10 daqiqa.
-O`quvchilar joylariga o`tirganlaridan so`ng, hohlovchilardan kartochkalarning mazmunini so`raydi. Yetti mo`jizaning barchasi eslanganidan so`ng muhokamaga o`qituvchi yakun yasaydi-10 daqiqa.
IV. O`rganilgan mavzuni mustahkamlash. 5 daqiqa
Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.

  1. Dunyoning yetti mo`jizasidan hozirgacha saqlanib qolganlarini bilasizmi?

  2. Ularga nisbatan nega “mo`jiza” iborasi qo`llanadi?

U kim? Bu nima? metodi”. Ushbu metod o’quvchilarning tarixiy shaxslar, atamalar, toponimik tushunchalarni qanchalik o’zlashtirganliklarini tekshirish va mavjud bilimlarini mustahkamlash maqsadida qo’llaniladi. Buning uchun bir o’quvchi doskaga taklif qilinadi va undan o’zi istagan tarixiy shaxs, atama, toponimik tushunchaning ma’lum bir xususiyatlarini birma-bir sanab so’raydi. Qolgan o’quvchilar esa u sanayotgan belgi xususiyatlarga asoslanib, tarixiy shaxs yoki atamaning nomini topishlari talab etiladi.
Masalan: o’quvchi qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning ismini aytmagan holda unga oid ayrim tarixiy yoki biografik ma’lumotlarni sanashi mumkin. Chunonchi, “U Yunonistonda yashagan”, “U qadimgi yunon tarixchisi”, “U miloddan avvalgi V asrda yashagan” va hokazo. Bu metodni kichik guruhlarda musobaqa tarzida, ballik tizimda ham qo’llasa bo’ladi.
Masalan: Misr ehromlari xususida-
1. 5-ball-“Bu mo’jizamiz 4.8 gektar (12 akr) maydonni egallagan”.
2. 4-ball-“Har bir tomoni 233 metrni tashkil qilgan”.
3. 3-ball-“Uning oldida bu inshootni qo’riqlash uchun ulkan odam boshli she’r ham bo’lgan”.
Mazkur metodni qo’llashda o’quvchilar navbatma-navbat o’rin almashib, shu tarzda davom etishlari mumkin. Metod 5-9-sinflarga mo’ljallangan bo’lib, 10-15 daqiqa vaqt ajratilishi mumkin.
Ortiqchasini top” metodi. Ushbu metodni qo’llash uchun o’qituvchi tomonidan muayyan mavzuga doir atamalar, tarixiy sanalar, tarixiy shaxslar va h.k.lar ro’yxati tuziladi. Har bir ro’yxatga bittadan ortiqcha, ro’yxat tasnifiga aloqador bo’lmagan ma’lumot kiritilgan bo’ladi.
Masalan, quyidagi tuzilgan ro’yxatlarga e’tibor bering.

Astronomiya




Shimoliy Atlantika okeani

Grammatika




Janubiy Atlantika okeani

Mantiq




Shimoliy Tinch okeani

Musiqa




Janubiy Tinch okeani

Ritorika




Hind okeani

Geometriya




Arktika okeani

Arifmetika




Janubiy okean


Download 136.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling