Maslahat berish ishini quyidagicha sxematik tasvirlash mumkin


Psixolog maslahat berish ishlarida quyidagi ishlarni olib boradi


Download 135.03 Kb.
bet2/2
Sana04.02.2023
Hajmi135.03 Kb.
#1164841
1   2
Bog'liq
6-mavzu taqdimoti (2)

Psixolog maslahat berish ishlarida quyidagi ishlarni olib boradi:
  • Bolalar, o`qituvchilar, talabalar ta'lim va tarbiyasi bilan shug`ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma'muriyat, direktor, rektor, mudir, o`qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq, yaqqol maslahatlar berish.
  • Ta'lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, o`zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga yetmaganlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish.
  • Ma'muriyatga, bolalar, o`quvchilar, talabalarga (yotoqxonada, klublarda, kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar bo`yicha bolalar, o`quvchilar, talabalarning psixik o`sishi xususiyatlariga oid ma'lumot berishi, o`g`il va qizlarni asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarning g`amxo`rlik va vasiylik to`g`risidagi qabul qilgan qarorlariga munosabati, shaxs taqdirini hal qilishda qatnashishi va maslahatli fikr berishi lozim.
  • Ota-onalarga bolaning psixik rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida shakllanishi, o`zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlarning yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo`yicha ilmiy-amaliy maslahatlar beradi.
  • Yangi tipdagi maktablarga o`rta-maxsus va kasb-hunar kolleji o`quvchilari, akademik litsey talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli to`g`risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik konsultativ ishlar olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida maslahatchi sifatida ishtirok etish.

Psixologning maslahat berish ishlari asosan shaxs bilan birgalikdagi kelishuvi asosida shakllanadi. Psixolog maktabda, litsey, universitetda yoki tashkilotda faoliyat yuritmasin shaxs bilan ish olib boradi. Ishlash jarayonida ularga maslahat yoki yo`llanma beradi.
Psixologning maslahat berish rejasida quyidagi ishlar o ‘z aksini topishi zarur:
1. Bolalar, o ‘qituvchilar, talabalar ta’lim va tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan, ma’muriyat (direktor, rektor, mudir) o ‘qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq, yaqqol maslahatlar berish.
2. Ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, o‘zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga yetmaganlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish..
3. Ma’muriyat, bolalar, o‘quvchilar hamda talabalar va ota- onalarga ularning ruhiy o‘sishi xususiyatlariga oidma’lumotlar berishi, farzand asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish ishlarida qatnashish, tashkilotlaming g‘amxo‘rlik va vasiylik to‘g‘risidagi qabul qilgan qarorlariga munosabat bildirishi lozim.
4. Ota-onalarga bolaning mhiy rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida shakllanishi, o‘zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlaming yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo‘yicha ilmiy-amaliy maslahatlar beradi.
  • Maktab o‘quvchilari, o‘rta maxsus va kasb-hunar kolleji hamda akademik litsey talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli to‘g‘risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik maslahatlar berish: yoshlarni saralash, tanlash, kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida maslahatchi sifatida ishtirok etish.

Korreksion ta’sir etishdan avval aniq korreksion ta’sir etish modelini tuzish lozim: umumiy, tipik (odatiy), individual.
Korreksiyaning umumiy modeli - bu har bir shaxs taraqqiyoti bir butun olingan shartlar tarmog‘idir, deydi. U insonning tevarak-atrof, uni o‘rab turuvchi dunyo haqidagi farazlarini chuqurroq, haqqoniy, kengroq bolishiga, insonlar haqida, ular orasidagi munosabat, jamiyatdagi o‘zgarishlar, ularning faoliyatlarini analiz qila olish, kuzata olishiga sharoit yaratadi. Korreksiyaning bu modelida mijozning sog‘lig‘i, mashg'ulotning vaqti aniq belgilab olinadi.
Korreksiyaning tipik (odatiy) modeli - amaliy harakatlarni uyushtirishning turli negizlariga asoslanadi; harakatlarning turli komponentlarini o‘zlashtirishga va turli harakatlarni tadrijiy ravishda shakllantirishga qaratilgan.
Korreksiyaning individual formasi o‘z ichiga mijozning o‘ziga xos bo‘lgan individual tomonlarini hisobga oladi - uning qiziqishlari, psixik taraqqiyoti, o'rgana olish qobiliyatlari kabi.
Standartlashtirilgan va erkin korreksion dasturlar mavjud:
Standartlashtirilgan dasturda korreksiyaning har bir bosqichida materiallar, qatnashchilarga qo‘yiladigan talablar aniq belgilangan bo‘ladi.Korreksion ishni boshlashdan avval psixolog material berilishida mijozning kuchi va idrokini hisobga olgan bo‘lishi kerak.
Erkin dastur - bunda psixolog dasturni o‘zi tuzadi. Maqsad va vazifalarining bosqichlarini, bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tishini o‘zi belgilaydi. Markazlashtirilgan ta’sir kompleks psixokorreksion bloklardan iborat.
Bolalar uchun amaliy ish.
Xar bir bolaga bitta va kup sharlar tasvirlangan kogoz beriladi, bolalar sharlarni uzlari xoxlagan rangga buyaydilar. (1-rasm). Bolalar ishni tugatganlaridan sung tarbiyachi suraydi: Bitta sharni kanday rangga buyadingiz? Kup sharlarni kanday ranglarga buyadingiz?.
Doirani farqlaydi
Tarbiyachi: «Bolalar, stolda xar biringizga konvert kuyilgan, kani konvertlarni kuringlarchi, nima bor ekan? Tugri, doiralar bor ekan. Doiralar kanday rangda? Kursatkich barmogingizni doiraning chetidan yurgizib chiking. (Tarbiyachi topshirikni bajarishga kiynalgan bolalarga yordam beradi.) Endi katta doirani yumalatib kuringlar. YAxshi, yumaladimi? Kichkinasini yumalatinglar. Kurdingizmi, xamma doiralar yumalaydi.
Guruxiy ish.
Tarbiyachi: Bu doiralardan nimalar yasash mumkin? (Bolalarning javoblari). Kelinglar, bolalar doiralardan chiroyli gullar yasaymiz va guldasta xosil kilamiz.
Tarbiyachi va bolalar birgalikda doiralardan turli gullarni yasaydilar.
.
.
.
.
Download 135.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling