39. Oliy ta’limni masofadan tashkil etish bosqichlari?
O‘zbekiston Respublika Oliy va O‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2018 yil 21 mayda “Maxsus sirtqi ta'limda o‘quv jarayonini elektron ta'lim resurslari asosida qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi 447-sonli buyrug‘iga asosan yangi o‘quv yilidan boshlab pedagogika yo‘nalishidagi maxsus sirtqi bo‘lim talabalari o‘quv jarayonini tashkil etishda masofadan turib mustaqil ta'lim olishi belgilangan.
O‘zbekistonda elektron ta'limning ilk bor oliy ta'lim tizimida amaliyotga joriy qilinishi rasman e'lon qilindi. Elektron darslarni tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlar oliy ta'lim tizimi amaliyotida ilk bor qo‘llanilayotgani sababli, tizimni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq qator savollar paydo bo‘lishi tabiiy, deyiladi Ta'lim muassasalarida elektron ta'limni joriy etish markazi axborot xizmatida.
Xo‘sh elektron ta'limni yo‘lga qo‘yishdagi tashkiliy jarayonlar qanday amalga oshiriladi?
Barcha tashkiliy jarayonlar beshta bosqichda amalga oshirildi.
Birinchi bosqichda 15 ta oliy ta'lim muassasasidan jami 450 nafar professor – o‘qituvchilar va xodimlarni elektron o‘quv resurslarni yaratishga o‘rgatish uchun vebinar texnologiyasidan foydalanilgan holda masofaviy o‘quv kurslari orqali o‘qitiladi. Bu jarayon avgust oyining so‘ngiga qadar amalga oshirib bo‘linadi.
Ikkinchi bosqichda mas'ul professor-o‘qituvchilar va xodimlar tomonidan 8 xil pedagogika yo‘nalishidagi 144 ta fan elektron o‘quv resurslari yaratiladi. Hozirda yaratiladigan elektron o‘quv resurslarning tarkibi quyidagicha bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Unga ko‘ra, 1247 ta video ma'ruza, 1247 ta mustaqil o‘rganish uchun nazariy ma'lumot, 12000 ta glossariy, 25920 ta bilimlarni nazorat qiladigan interfaol elementlar, 87 ta labaratoriya ishlarini bajarish uchun interfaol elementlar, 24940 ta test sinovlar bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Uchinchi bosqichda mas'ul professor – o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan o‘quv resurslar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan ko‘rib chiqiladi. Elektron o‘quv resurslar Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan tasdiqlangach, resurslar professor –o‘qituvchilar tomonidan platformaga (mooc.edu.uz) joylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |