Masofaviy ta’lim kafedrasi O‘qish darslarida matn ustida ishlash mavzusida yozilgan


Download 136.06 Kb.
bet6/45
Sana04.11.2021
Hajmi136.06 Kb.
#170818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
oqish darslarida matn ustida ishlash Kurs ishi Xotamova T

Mavzuning ishlanganlik darajasi. Har bir davr o’z adabiyotini yaratgani kabi istiqlol davri adabiyoti ham tasvir uslubi hamda muammoga yondashilishiga ko’ra o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Agar sho’ro payti adabiyotida to’g’ridan-to’g’ri nasihatbozlik keng ko’lamda yoritilgan bo’lsa, istiqlol davri adabiyotida har qanday mavzuning estetik tarbiyaviy mohiyatiga alohida e’tibor qaratilayotganini ko’rish mumkin.

O’quvchilar dasturdagi muayyan mavzu ustida ishlab, o’qiganlari, ko’rgan, eshitgani, kuzatganlari haqida o’z fikr-mulohazalarini dalil va erkin aytish imkoniyatlariga ega bo’lsinlar. Masalan, ma’lum bir mavzuni yakunlab o’tkazilgan umumlashtiruvchi darsda bolalar kitobdan shu mavzuga oid o’qigan hikoya va maqolalardan qaysi biri qiziqarliroq ekanini, shuningdek, biror hikoya yoki maqoladagi qatnashuvchi shaxslar, ularning xulq-atvorlari haqida o’z fikrlarini aytadilar, zarur bo’lsa, o’qilgan asar mazmunini qisqa bayon qiladilar. Agar mavzuni o’rganish jarayonida o’quvchilar bilan ekskursiya o’tkazilgan bo’lsa, ular ekskursiyadan ko’rganlaridan nimalar qiziqarli bo’lganini, qaysilari kuchli taassurot qoldirganini aytib berishlariga o’qituvchi yordam beradi. Bular o’quvchilar tafakkurini faollashtiradi, ularni faol fikrlashga o’rgatadi, o’stiruvchi ta’limning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.

Ma’lumki, nutq tafakkur bilan bog’liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy bog’liq holda o’stiriladi. Darsda o’qilgan asarni o’quvchilar ongli tushunishi

asosiy mazmunini, g’oyasini anglab etishi uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi logik priyomlar qo’llanadi. O’qilgan asarni analiz qilishda har xil ish usullaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar, o’qituvchi rahbarligida asarning sxematik rejasini tuzadilar (tugun, kulminatsiya, yechim).




Download 136.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling