Massa-spektrometrik gaz analizatorlari


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 106.74 Kb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi106.74 Kb.
#1489767
1   2   3   4
Bog'liq
Mirjalilov

Foydalanilgan adabiyotlar;

  1. Sparkman DO, Penton Z, Kitson FG (2011 yil 17-may). Gaz xromatografiyasi va massa spektrometriyasi: Amaliy qo'llanma. Akademik matbuot. ISBN 978-0-08-092015-3.

  2. Jons M. "Gaz xromatografiyasi-massa spektrometriyasi". Amerika kimyo jamiyati. Olingan 19-noyabr 2019.

  3. Fang M, Ivanisevich J, Benton HP, Jonson CH, Patti GJ, Hoang LT va boshq. (Noyabr 2015). "Kichik molekulalarning termal degradatsiyasi: global metabolik tadqiqotlar". Analitik kimyo. 87 (21): 10935–41. doi:10.1021 / acs.analchem.5b03003. PMC 4633772. PMID 26434689.

  4. Hites RA (2016 yil iyul). "Gaz xromatografik massa spektrometriyasining rivojlanishi". Analitik kimyo. 88 (14): 6955–61. doi:10.1021 / acs.analchem.6b01628. PMID 27384908.

  5. "MSL Science Corner: Marsdagi tahlil namunalari (SAM)". msl-scicorner.jpl.nasa.gov. Olingan 2019-06-25.

  6. Unuh MH, Muhamad P, Vaziralilah NF, Amran MH (2019). "Gazli xromatografiya-massa spektrometriyasi (GCMS) yordamida transport vositasining aqlli suyuqligining tavsifi" (PDF). Suyuqlik mexanikasi va issiqlik fanlari bo'yicha ilg'or tadqiqotlar jurnali.

  7. Skarysz A (iyul 2018). "Xom gazli xromatografiya-mass-spektrometriya ma'lumotlarini avtomatlashtirilgan maqsadli tahlil qilish uchun konvolyutsion neyron tarmoqlari". Neyron tarmoqlari bo'yicha xalqaro qo'shma konferentsiyalar (2018) Rio-de-Janeyro, Braziliya: 1–8. doi:10.1109 / IJCNN.2018.8489539. ISBN 978-1-5090-6014-6.

  8. Hübschmann HJ (2015 yil 22-aprel). GC-MS qo'llanmasi: asoslari va qo'llanmalari (3 nashr). John Wiley & Sons, shu jumladan. p. 735. ISBN 9783527674336. Olingan 22 yanvar 2018.

  9. Hübsmann HJ (2015 yil 22-aprel). GC-MS qo'llanmasi: asoslari va qo'llanmalari (3 nashr). John Wiley & Sons, shu jumladan. p. 731. ISBN 9783527674336. Olingan 22 yanvar 2018.

Gaz analizatori — gazlar aralashmasi tarkibini miqdor va sifat jihatidan aniqlash uchun ishlatiladigan asbob. Dastaki va avtomatik xillari bor. Dastaki (absorbsion) G.a.da maʼlum hajmdagi gaz aralashmasi turli eritmalar toʻldirilgan bir necha idishdan birin-ketin oʻtkaziladi; bu eritmalar gazlarni yutib ogʻirlashadi. Masalan, kaliy ishqor eritmasi karbonat angidridni, pirogallol eritmasi kislorodni, mis (U)-xloridning ammiakli eritmasi uglerod (77)-oksidni yutadi. Koʻpincha, gaz aralashmasidagi yonuvchi gazlarni turli sharoitlarda mis (/U)-oksid bilan birga qizdirib yondirish usulidan ham foydalaniladi. Maye, vodorod, uglerod (UU)-oksid va metan miqdori shu tariqa aniqlanadi. Avtomatik G. a.da asosan gaz aralashmasining turli fizik xossalari (mas, elektr oʻtkazuvchanligi, bosimi, massasi, hajmi, temperaturasi, magnitlanish xususiyati) uzluksiz qayd qilib boriladi. Ishlash tarziga koʻra, volyumetrik (kimyoviy G. a.), termokimyoviy, termokonduktometrik (elektr G. a.), elektr-kimyoviy, densimetrik, magnit, optik, radioaktiv xillari boʻladi. Bulardan tashkari, ultrabinafsha G. a. ham bor. Bunday asbobda gazlar aralashmasi tarkibidagi galogenlar, simob bugʻlari, baʼzi organik birikmalar miqdori aniklanadi. G. a. sanoatda, tibbiyotda, ilmiy tadqiqot ishlarida qoʻllaniladi.



Mass-spektroskopiya, mass spektrometriya — modda tarkibidagi atom va molekulalar spektri boʻyicha ularning massasini tekshirish usullari. Atom va molekulalari ionlashgan har bir modda t/ye nisbat bilan bir-biridan farq qiladi, bu nisbat (bunda t – massa, ye – ion zaryadi) mass-spektrometrlar bilan oʻlchanadi. Olingan spektrga koʻra, modda massasi va jism tarkibidagi boshqa moddalar miqdori topiladi. Mass-spektroskopiya tatbikiy fizika, kimyo, biol. tibbiyot, geol. va texnikada asosiy analitik usullardan biri hisoblanadi. Jism (yoki suyuk,lik) tarkibidagi modda massasini aniqlashning har xil usullari bor. Mas, dublet usuli bilan dispersion chiziqlar orasidagi masofa anikdanadi va shu masofa boʻyicha massalar farqi topiladi. Ionlar tokini oʻlchash usuli bilan moddalar massasi aniqlanadi.
Gaz tarkibini aniqlash uchun ham Mass-spektroskopiyadan foydalaniladi. Gazlar toʻliq bugʻlatish, izotopga ajratish, vakuumda uchqunlatish va ionlar bilan bombardimon qilish usullari orqali tekshiriladi. Maʼlum miqdordagi moddani Mass-spektroskopiya bilan tekshirib, undagi elementlar miqdori – gaz aralashmalaridagi komponentlari miqdori nazorat kilinadi va aniqlanadi, izotoplar olinadi. Kimyo sanoatida Mass-spektroskopiya bilan texnologik jarayonlar boshqariladi, atom yuqori qatlamining tarkibi oʻrganiladi, zaryadli zarralarning toʻqnashishidagi jarayonlar kuzatiladi, kimyoviy reak-siyalar kinetikasi tekshiriladi. Mass-spektroskopiya koʻp sohalarda yagona usul hisoblanadi. Mass-spektroskopiya yordamida Yer yuqori atmosferasining neytral va ion tarkibi oʻlchangan (boshqa sayyoralarning atmosfera tarkibini ham shu usulda oʻlchash mumkin).
Foydalanilgan adabiyotlar;
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent
Download 106.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling