Massaga ega va fazoda joy


Download 53.93 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.03.2023
Hajmi53.93 Kb.
#1271064
Bog'liq
Materiya - Vikipediya (1)



Materiya
Materiya massaga ega va fazoda joy
oluvchi obyektdir. Materiya
tushunchasining aniq taʼrifi yoʻq. Baʼzi
taʼriflarga koʻra, materiya elementar
fermionlardan iborat har qanday narsadir
(biroq bunda bir qator muammolar
tugʻiladi: elementar fermion boʻlmagan,
biroq massaga ega bozonlar mavjud;
fermiondan iborat neytrinolarning ayrim
tiplari massasiz boʻlishi mumkin).


Yorugʻlik (fotonlar) va baʼzi bozonlar
materiya, deb qaralmaydi.
Materiya (lot. materia — modda) —
borliqning moddiy shaklini ifodalovchi
umumiy tushuncha. Olamda "umuman
odam" boʻlmaganidek "umuman M." ham
boʻlmaydi, balki M.ning aniq, koʻrinishlari
uchraydi. Shu tarzda fikr yuritgan
faylasuflar barcha moddiy obʼyektlarga
xos xususiyatlarni umumlashtirib
ifodalash uchun M. tushunchasini
qoʻllashgan. M. tushunchasini moddiy
olamning substrati (asosi) sifatida Platon
va Aristotel ishlab chiqqan, shu bilan
birga M. sof potensiya (yashirin
imkoniyat) deb tushunilgan. M.ni R.


Dekart fazoviy koʻlam va boʻlinadigan
moddiy substansiya deb taʼriflagan va u
17— 18-asr materializmning asosi
boʻlgan. M. dialektik materiayaizmyaint
asosiy tushunchasidir. Materialist
faylasuflar M. tushunchasini bir yoklama
boʻrttirib, borliq tushunchasi bilan
aynanlashtirib talqin etishadi. Tabiat,
jamiyat va inson ta-fakkurining asosida
yotuvchi va ularni umumlashtiruvchi
tushuncha substansiya (mohiyat) deb
ataladi. Olamning asosida bitta
substansiya yotadi deb hisoblovchi oqim
monizm, ikkita substansiya yotadi deb
hisoblovchi oqim dualizm, koʻp
substansiyalar yotadi deb hisoblovchi
oqim plyuralizm deb atalgan.


Olamning asosida yotuvchi mohiyatni
axtarish tarixi uzok, oʻtmishga borib
taqaladi. Qad. Hindiston va Xitoyda, Misr
va Bobilda, qad. Oʻrta Osiyo va
Yunonistonda faylasuflar olamning
asosida qandaydir modda yoki unsur
yotadi deb hisoblashgan. Ularning
baʼzilari bu unsurni olov, boshqalari — suv
yoki havo, ayrimlari — tuproq deb
bilishgan. Baʼzi falsafiy taʼlimotlarda esa
olamning asosida 4 unsur — olov, havo,
suv va tuproq yotadi, barcha narsalar shu
4 ta unsurning birikishidan hosil boʻlgan,
deb taʼkidlanadi. Yunon faylasuflari
Levkipp, Epikur, Demokrit olamning
asosida eng kichik boʻlinmas unsurlar —
atomlar yotadi, ular oʻzlarining shakli,


harakatlanishi va vaznlari bilan birbiridan
farq qiladi, deb hisoblashgan. Shunday
qilib, moddiy olamning asosida dastlabki
yaratuvchi modda sifatida nima yotishini,
yaʼni ilk, azaliy M.ni, M.ning "bobokaloni"ni
axtarish vujudga keldi.
20-asr boshlarida markschi faylasuflar
M.ga sezgi aʼzolarimizga taʼsir etib, sezgi
uygʻotuvchi obyektiv reallikdir deb taʼrif
berishgan. Bu taʼrif aytilgan davrda M.
tuzilishining murakkab shakllari haqidagi
tasavvurlar u kadar rivojlanmagan edi.
20-asrning oʻrtalariga kelib, kvant
mexanikasi, nisbiylik nazariyasi va re-
lyativistik kosmologiya sohalaridagi ilmiy
yutuklar kishilarning obʼyektiv olam


haqidagi tasavvurlarini tubdan oʻzgartirib
yubordi. Natijada tabiat-shunos olimlar
sezgilarimizga bevosita taʼsir etishning
imkoni boʻlmaydigan realliklar haqida
ham tadqiqot olib bora boshladilar.
M. — dunyodagi cheksiz barcha obʼyekt
va sistemalar boʻlib, har qanday xususi-
yat, aloqa, munosabat va harakat
shakllarining substrati (asosi)dir. M.
tabiatda bevosita koʻz bilan koʻriladigan
obʼyektlar va jismlarnigina emas, balki
kuzatish vositalari va eksperi-mentning
takomillashishi asosida kelgusida
bilinishi mumkin boʻlgan narsalarni ham
oʻz ichiga oladi. M. oʻzining xossalari,
xususiyatlari orkali namoyon boʻladi.


Hozirgi zamon fanlarining xulosalariga
koʻra, har qanday jism molekulalardan,
molekulalar atomlardan, atomlar proton
va neytronlardan tashkil topgan va h.k.
Sifat jihatdan M. ikki: moddasimon va
nomodda koʻrinishida uchraydi.
Moddasimon koʻrinishi modda va
antimoddaga ajraladi. Bular bir-biri bilan
chambarchas bogʻlangan boʻlib, ular
toʻqnashganda keskin sifat oʻzgarishi roʻy
beradi, yaʼni modda nomoddiy
koʻrinishga, nomodda esa moddiy
koʻrinishga aylanadi. M.ning nomoddiy
koʻrinishi ham ikki: maydon va nurlanish
shaklida uchraydi. Muayyan maydondagi
nurlanishlar fizik vakuumda moddiy
zarralarning hosil boʻlishiga imkon beradi.


M.ning yuqorida qayd etilgan
koʻrinishlaridan boshqacha koʻrinishdagi
turlari ham boʻlishi mumkin. Ularning
tabiati hali fanga maʼlum emas. M.
tuzilish darajalariga koʻra, mikrodunyo,
makrodunyo va megadunyoga boʻlinadi.
Mikrodunyo — molekuladan kichik
zarralar (mas, atom, yadro, elementar
zarra va boshqalar). Makrodunyo —
molekuladan katta jismlar (mas, qum,
tosh, Yer, planeta, Quyosh, hayvon, odam
va boshqalar). Megadu-nyo — Yerdan to
Koinot miqyosigacha boʻlgan oʻlchovdagi
dunyo. Bu uchala dunyo bir-biri bilan
bogʻliq, shuningdek, ular bir-biriga
almashinishi mumkin.


Har qanday obʼyektning oʻziga xos
boʻlgan, uning shunday obʼyekt ekanligini
ifodalovchi ajralmas xususiyat
(atribut)lari boʻladi. M.ning ham bir
qancha atributlari mavjud: harakat, fazo,
vaqt, inʼikos, ong va h.k. Bu atributlar
birbiri bilan chambarchas bogʻliq boʻlib,
moddiy olamdagi eng umumiy va
universal aloqadorliklarni ifodalaydi, M.ni
jonlantiradi, namoyon qiladi, shakl beradi,
oʻzgartiradi, rivojlantiradi.(djmix) vakum
ham materiya kuchga teskari materiya
Materializm
Idealizm
Yana qarang


Falsafa, T., 1999; Filosofiya. Kurs
leksiy, T., 2002.
Baxtiyor Toʻrayev.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Adabiyot
Manbalar

Download 53.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling