Massivlar va satrlar (dasturlash)
Javascriptda boshlang'ich ko'nikmalar - Massiv (1-qisim)
Download 37.07 Kb.
|
20 MASSIVLAR VA SATRLAR
Javascriptda boshlang'ich ko'nikmalar - Massiv (1-qisim)
Siz massiv haqida eshitgan bo'lsangiz kerak, chunki bu tushuncha har bir dasturlash tilida mavjud yoki matematika fanida (matritsa deb balki) eshitgandirsiz. Ko'pchilik array atamasini ishlatishni ma`qul ko'radi. Dasturlashda: missiv bu — ko'p sondagi o'zgaruvchilarni bitta o'zgaruvchi ko'rinishida ifodalash. Javascriptda u quyidagicha ko'rinishda e`lon qilinadi. var array-name = [item1, item2, ...]; /* Bu yerda: 1. array-name - massiv nomi 2. [] - massiv tanasi, oddiy qilib aytganda uning ichida massiv elementlari yoziladi 3. item1 va item2 - massiv elemntlari */ Javascriptda massiv o'zgaruvchisini e`lon qilishning 2 usuli bo'lib ular quyidagicha: var cars = ["Saab", "Volvo", "BMW"]; var cars = new Array("Saab", "Volvo", "BMW"); Ikkalasi ham yangi massivni yaratadi, ikkala usul ham to'g'ri, lekin 1-usulni ishlatish maslahat bariladi. Chunki uning ko'rinishi oddiy, tushunishga oson va yozishga qulay. var arr = new Array(2,3); // massiv yaratildi, qiymati: [2, 3] arr = new Array(2); // massivda [2] element aniqlandimi ? alert(arr[0]); // yo'q! bizning massiv qiymati: [undefined, undefined] Massivda elementlar sanog'i 0 dan boshlanadi cars[0] degani bu massivdagi 1-elemantga muroajat qilish bo'ladi. Massiv elementlariga muroajat quyidagija amalga oshiradi: var name = cars[0]; // massiv elementini boshqa o'zgaruvchiga o'zlashtirish cars[1] = "Opel"; // massiv elementini o'zgartirish. Agar massivni 2-elementi aniqlanmagan bo'lsa, bu ifoda massivda yangi element qo'shish bo'ladi. Javascriptning boshqa dasturlash tillaridan farqli bir hususiyatlaridan biri massiv elementlari turlari har xil bo'lishi ham mumkin. Javascript bunga imkon beradi, masalan: myArray[0] = Date.now; myArray[1] = myFunction; myArray[2] = myCars; Massiv ustida amallar va massivga tegishli funksiylar Berilagan misollarni albatda o'zingiz ham amalda sinab ko'ring. Download 37.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling