O`zbekiston janubiga Laurus Nobilis L ni introduksiya qilish istiqbollari.
Bobonazarova S.R., Yoziyev L.X. Termiz DU QDU 50-52 bet.
Lavrdoshlar oilasiga mansub Laurus Nobilis L. tabiiy holda O`rta yer dengizi atrofida o`sadi. Uni intraduksiya qilish juda qadim zamonlardan boshlangan. O`rta yer dengizi atrofida yashaydigan chaqmoqdan saqlanish uchun shu daraxtni tagida panoh topishgan va uni iloxiy daraxt sifatida qadrlashgan. Lavr lot. “Faxr”, “Maqtov” ma’nosini bildirib, “Laureat” so`zining o`zagi hisoblanadi. Italiyada qadimdan hozirgacha o`z qahramonlariga “Lavrli gulchambar” taqishadi.
L.Nobilis madaniy holda tropik va suptropik iqlimga mansub o`lkalarda, xususan Qrim va Kavkazda Yevropaning janubidagi mamlakatlarda va Shimoliy Amerikada keng tarqalgan, O`rta Osiyoga dastlab 1936 yilda Tojikistonning Vaxsh tajriba stansiyasiga keltirilib, introduksiya qilingan. Denovga ushbu tur 1954 yilda Qrimdan keltirilgan. Ular muttasil sovuqdan zararlanganligi sababli saqlanib qolmagan. Surxondaryodagi eng keksa daraxt hozir 40 yoshda.
Introduksiya sharoitida Amorpha fruticosa L. (Fabaseal)ning antogenez davrida novdalar tizimining shakllanishi.
Jabborova M.A. O`zRFA “Botanika” ilmiy ishlab-chiqarish markazi. 67-72 bet.
Amorpha L turlari AQShda 1724 yildan boshlab madaniylashtirilgan. 1749 yilda esa turkumning 8 ta turi sobiq Ittifoq davrlarida O`zRFA “Botanika” bog`ida IICHM ning F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog`i sharoitida olib borildi.
Rosmarinus officinalis L.ni Qarshi vohasi sharoitiga introduksiya qilish istiqbollari.
Nasriddinova M.R., Yoziyev L.X. QDU 152-154 bet.
Rosmarinus officinalis L. – dorivor rozmarin labguldoshlar – (Lamiaceae) oilasiga mansub, ko`p yillik dorivor o`simlik. Yevropaning Italiya, Fransiya, Ispaniya, Avstraliya mamlakatlarida Shimoliy Amerikada, shuningdek, Qrim va Kavkazda keng tarqalgan. Rosmarinus officinalis L. O`rta Osiyo Respublikalariga 30 yillarda keltirilgan va dastlabki tadqiqotlar olib borilgan. S.N.Kudryashov bu o`simlikni ushbu sharoitda introduksiya qilish keng istiqbolga ega deb yozadi. Keyingi yillarda bu o`simlik O`zFA Botanika bog`ida introduksiya qilingan. Qarshiga ega Toshkentda introduksiya qilingan o`simliklardan olingan qalamchalar 2009-yil aprel oyida olib kelib o`stirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |