Massovaya introduksiya
Download 110 Kb.
|
o\'zbekiston sharoitiga introduksiya qilingan dorivor o\'simlik turlarini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Probkali eman va Yevropa bagryanigi
Sarvi daraxti (Cupressus sempervirens) subtropik iqlimga mansub о‘lkalarda juda qadimdan о‘stiriladi. Qrimga uni Aleksandr Makedonskiy davrida keltirilgan. Keyinchalik ular kirilib ketgan va 17 asrda u kaytadan introduksiya qilingan. Avg‘oniston, Eronda, shuningdek, Ashgabad va Dushanbeda kо‘plab о‘stiriladi.
Denov dendrariysiga sarvi 1946 yilda keltirilgan. Ayni paytda Surxondaryo viloyatida keng tarqalgan. Bu yerda juda yaxshi usadi va rivojlanadi. Denovda о‘sayotgan 60 yoshli daraxtlarning bо‘yi 34 m ga, tanasining diametri 50 sm ga yetgan. Ayniksa yoshlik davrida tez usadi, 8 yoshli daraxtlarning bо‘yi 7,2 m ga yetadi. 5 yoshidan boshlab yiliga 1m dan ortik usadi. Har yili meva va yuqori sifatli urug hosil kiladi. Uruglarining unuvchanligi 80-90% ni tashkil kiladi. Qarshi shahrida keyingi yillarda keng tarqala boshladi. 2004-2005 yillarning kishida harorat -18°S tushganda yosh novdalari sovuqdan zararlandi. Shunisi e’tiborliki mahalliy sharoitda hosil bо‘lgan uruglardan о‘stirilgan daraxtlar sovuqdan juda kam zararlandi. 2007-2008 yillarning kishida Qarshida harorat -30°S gacha pasaydi. Shaharda о‘sib turgan barcha daraxtlarni sovuq urib ketdi. Qar qatlami qalin bо‘lgan joylarda daraxtlar tanasining pastki kismidagi kurtaklar omon qolganligi sababli sovuqdan zararlangan ayrim daraxtlar qayta kо‘karib chiqdi. Lavr (Laurus nobilis) daraxti Janubiy О‘zbekistonga 1954 yilda keltirilgan. Lekin ayni paytda eng keksa daraxtlar 40 yoshga kirgan, chunki dastlabki о‘simliklar Qrim va Kavkazdan keltirilgan urug‘lardan yetishtirilgan bо‘lib, ular qish sovuq kelgan yillari muttasil sovuqdan zararlanishgan. SH.Mametzyanovning ma’lumotlariga qaraganda Lavr daraxtining 3-avlodi mahalliy sharoitdagi issik-sovuqqa tо‘la bardosh bera olgan. Denov dendrariysida lavrdan katta alleya va bargini tо‘plash maqsadida plantatsiya tashkil etilgan. Bu yerda u har yili meva va urug‘ beradi. Urug‘ining unuvchanligi 90-100%. Denovdan keltirilgan urug‘lardan Qarshida bir nechta daraxt о‘stirilgan. 2007-2008 yilning qishida barcha daraxtlarni sovuq urib ketdi. Bahorda esa ular ildiz bо‘g‘zidan kaytadan kо‘karib chiqdi. Bizning sharoitimizda bulardan tashqari anjir, Kavkaz xurmasi, Olmoniya mespelesi, jiydabargli nok, murch daraxti, skumpiya, kizil pirakanta, jiydabarg yasen singari О‘rtayer dengizi florasidan kelib chiqqan turlar xam juda yaxshi usadi, tо‘q urug‘ hosil qiladi, issik sovukka bar doshli. Shu sababli biz ularni Janubiy Uzbeki ston sharoiti chun istiqbolli turlar qatoriga qо‘shamiz va amaliyotga olib chiqishni tavsiya etamo. Shu floristik oblastdan Probkali eman va Yevropa bagryanigi bizning sharoitimizda yaxshi о‘smaganligi, issik va sovuqdan qiynalishi, meva va urug‘ hosil qilmasligini e’tiborga olib biz ularni istiqbolsiz turlarga kiritamiz. Shunday qilib, О‘rtayer dengizi floristik oblastidan keltirilib introduksiya kilingan turlarning aksariyati ekologik jihatdan gemikserofit, termofil guruhlarga mansub. Shu sababli bizning sharoitimizda ular bemalol о‘sib rivojlanadilar va kimmatli xо‘jalik ahamiyatiga ega. Ulardan kо‘kalamzorlashtirishda, о‘rmon xо‘jaligida, xalk xо‘jaligining boshqa sohalarida keng foydalanish mumkin. О‘rtayer dengizi floristik oblastining introduksion imkoniyati hali yetarlicha foydalanilgani yо‘q va bu viloyat, ayniqsa uning Sharqiy О‘rtayer dengizi va Qrim-Yangi Rossiya provitsiyalari Janubiy О‘zbekistonda daraxt va butalarni introduksiya qilish uchun asosiy manbalardan biri hisoblanadi. ADABIYOTLAR 1. Yoziyev L.X. Opit introduksii drevesnix rasteniy v Yujniy Uzbekistan. Tashkent: Fan, 2001. 210s. 2. Taxtadjyan A.L. Floristicheskiye oblasti Zemli. L.: Nauka, 1978. 248s. Download 110 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling